К содержанию
РецензированоUZ2026

ONA TILI DARSLARIDA BADIIY MATNLARDAN FOYDALANISHNING O‘RNI

Alisher Navoiy nomidagi · Yaxshilikova Ziyodaxon G‘ulomjon qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article analyzes the didactic, educational and aesthetic value of using literary texts in native language lessons. It also discusses the possibilities of developing oral and written speech skills, forming aesthetic taste, and instilling a spirit of respect for national values in students with the help of literary texts on a scientific and theoretical basis. Kalit so‘zlar: ona tili, badiiy matn, metodika, nutq madaniyati, til o‘rgatish, estetik tarbiya, didaktika Keywords: native language, literary text, methodology, speech culture, language teaching, aesthetic education, didactics. Ona tili darslari – nafaqat tilshunoslik bilimlarini egallash, balki o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish, ularni estetik tarbiya ruhida kamol toptirish, milliy qadriyatlarni anglashga yo‘naltirilgan muhim ta’limiy-tarbiyaviy maydondir. Bu jarayonda badiiy matnlardan foydalanish alohida o‘rin tutadi. Chunki badiiy adabiyot til boyligini, ifoda vositalarini, uslubiy rang-baranglikni eng mukammal tarzda namoyon etadi. “Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funksional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, oʻzida turli uslub koʻrinishlarini muallif ixtiyoriga koʻra erkin jamlay oladigan, kishilarga estetik zavq berish xususiyatga ega boʻlgan gʻoyat murakkab butunlik hisoblanadi. Badiiy matnda boshqa matn uslublarida boʻlganindek qatʼiy mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga toʻla-toʻkis amal qilinavermaydi. Unda badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Taʼsirchanlik birinchi planga koʻtariladi. Ohangdor, jozibador soʻzlar koʻp qoʻllaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikka mos musiqa, ichki bir garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan toʻlqinlantirish, yigʻlatish- kuldirish mujassamlashgan boʻladi”.[1] Shuni aytish mumkinki, ona tili darslarida qo‘llaniluvchi badiiy matnlarning aksariyat qismlari adabiyot kitoblari tarkibidan yoki https://scientific-jl.com 7 1 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan olinishi bilan xarakterli hisoblanadi. Bunda, asosan, badiiylik bo‘yog‘ini olgan so‘zlar va badiiylik bo‘yog‘ini topish yo‘llari va qolaversa, badiiy matnning tarkibiy qismlaridan biri sanaluvchi kirish so‘zlar, iboralar va boshqalar bilan ham xarakerli xususiyatlarni o‘zida jam etadi. Badiiy matnlarning ona tili darslaridagi didaktik ahamiyati: 1. Til vositalarini o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Badiiy matnlar tilning leksik, grammatik va stilistik imkoniyatlarini amaliy tarzda ko‘rsatadi. Misol uchun, maqollar, iboralar, metafora, epitetlar kabi ifoda vositalari o‘quvchilar tomonidan badiiy kontekstda tezroq va aniqroq o‘zlashtiriladi. 2. O‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi. Matn tahlili jarayonida o‘quvchilar sabab-natija bog‘lanishini aniqlash, muallif fikriga baho berish, muqobil fikr bildirish kabi faol aqliy jarayonlarga jalb qilinadi. 3. Estetik tarbiyani ta’minlaydi. Yozuvchi va shoirlarning san’atkorga xos uslubi orqali o‘quvchi go‘zallikni anglaydi, obrazli tafakkurini boyitadi. 4. Ma’naviy va axloqiy tarbiya vositasi. Badiiy asarlar orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, sadoqat, halollik, mehr-oqibat kabi ijobiy fazilatlar shakllanadi. 5. Analitik ko‘nikmalarni rivojlantirish. Matnni tahlil qilish, asosiy g‘oyani ajratish, obrazlarni tavsiflash o‘quvchining tahliliy fikrlashini kuchaytiradi. 6. Nutq madaniyatini shakllantirish. Badiiy nutq namunalarini o‘rganish orqali o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqda aniq, ravon, obrazli ifoda topishga odatlanadilar. Badiiy adabiyotlar orqali o‘quvchi: a) So‘z boyligini kengaytiradi; b) Ifoda vositalarini anglaydi va ulardan foydalanishni o‘rganadi; c) Estetik didini rivojlantiradi; d) Til strukturasi va uslubiy xususiyatlarni amaliyotda ko‘radi; e) Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va tarixiy tafakkur bilan tanishadi. Badiiy matnlar o‘quvchilarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini birgalikda rivojlantiruvchi kuchli vositadir. Ayniqsa, o‘zbek adabiyoti namunalaridan foydalanish o‘quvchilarda milliy o‘zlik va madaniy ongni shakllantiradi. Badiiy matnlardan foydalanishda quyidagi metodlar samarali: a) Dialogik o‘qish va savol-javob asosida tahlil; b) Rolli o‘yinlar (personajlar o‘rtasidagi suhbatlarni jonlantirish); c) Matn asosida yozma topshiriqlar (xulosa, izoh, insho); d) Lug‘at ustida ishlash (so‘z ma’nosini tushuntirish, sinonim-antonim topish); https://scientific-jl.com 7 2 45-son_4-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi e) Matn ustida grammatik mashqlar (gap tuzilmasi, so‘z turkumlari, fe’l zamonlari va h.k.). O‘quvchilarning yoshi, qiziqishlari, psixologik tayyorgarligi hamda darsning maqsadiga qarab badiiy matnlar quyidagi mezonlar asosida tanlanadi: 1. Matn mazmunining o‘quvchilar yoshiga mosligi; 2. Til va uslubning aniqligi, ravonligi; 3. Ma’naviy-tarbiyaviy mazmunning mavjudligi; 4. Grammatik jihatdan o‘rganilayotgan mavzuga mos ke

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the didactic, educational and aesthetic value of using literary texts in native language lessons.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the didactic, educational and aesthetic value of using literary texts in native language lessons. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
native language, literary text, methodology, speech culture, language, metodika, til o‘rgatish, nutq madaniyati, estetik tarbiya, badiiy matn, Kalit so‘zlar: ona tili, didaktika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники