К содержанию
РецензированоUZ2026

ISLOM MOLIYA TIZIMIDA SOLIQQA TORTISHNING AN’ANAVIY IQTISODIYOTDAGI SOLIQLARDAN FARQLI JIHATLARI

Yoqubjonov Javohir Farhodjon o‘g‘li

Образовательные инновации и интеграция · 2 · 61-17 · 2026

Аннотация

Islom moliyasida soliqlar tushunchasi azaldan an’anaviy moliyadagi soliqlar bilan tubdan farq qilgan. Ushbu maqolada, islomda soliqlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini, an’anaviy soliqlar bilan solishtirib, tahlil qiladi. Kalit so‘zlar: zakot, jizya, doriba, xaroj, daromad solig‘i. Annotation. The concept of taxation in Islamic finance has fundamentally differed from that of conventional finance since its inception. This article analyzes the nature and socio-economic significance of taxes in Islam, comparing them with conventional taxation systems. Keywords: zakat, jizya, doriba, kharaj, income tax. Islom dinida barcha mulk Allohnikidir. Shu nuqtai nazardan islom dinida mol- mulkning taqsimlanishi, soliqlar va boshqa to‘lovlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy masalalar hamdir. Soliqlar islomning ilk davrlaridan beri mavjud; Madinada payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) jizya deb nomlangan soliq tizimini joriy qilgan va xaroj esa xalifa Umar bin al-Xattob davrida joriy etilgan1. Jizya deganda Madinada payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hukmronligi davridan beri Qur’on va Sunnat asosida qo‘llaniladigan Ahli Zimma (Islom davlati fuqarosi bo‘lgan boshqa din vakillari yoki dinsizlar) tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq nazarda tutilgan.2 Jizya Muhammad payg‘ambar davridan keyin xalifalar tomonidan ham qo‘llanilgan. Xaroj Umar ibn al-Xattobning g‘oyasi bo‘lib, boshida bir qancha odamlar bu baytul molning asosiy daromad manbasiga aylanganiga taxmin qilishgan.3 Jizya ham, Xaroj ham islomning dastlabki davrida musulmonlar uchun eng katta daromad manbalari edi. Islom soliqdan tashqari, zakot deb nomlangan majburiy to‘lovni ham targ‘ib qiladi. Zakot soliqdan ham muhimroqdir, chunki u Qur’on oyatlari va hadislar asosida 1 Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 1. 2 Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 2. 3 Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 2. https://scientific-jl.com 1 6 7 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi belgilab qo‘yilgan.4 Yusuf Qardaviy zakot farzligi doimiy va barqaror ekanligini ta’kidlagan. Uning fikricha dunyoda islom va musulmonlar bor ekan, zakot berilishi shartdir. Zakot an’anaviy soliqlardan farqli o‘laroq, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:5 - U islom dinining ustunidir, shuning uchun uni to‘lovchi oluvchiga hech qanday yaxshilik qilmaydi, balki Alloh oldidagi majburiyatini bajaradi; - Garchi u davlat tomonidan qabul qilingan boshqa soliqlarga agentlar orqali yig‘ilishi, bajarilmasa jazolanishi kabi xususiyatlari bilan o‘xshash bo‘lsa-da, zakot musulmonlarning oldidagi diniy majburiyati ham bo‘lgani bois soliqlardan kuchliroq instrument hisoblanadi, musulmonlarda bu borada vijdon jihatdan zakotdan qochish masalalari kamdan kam uchraydi. - Zakot muayyan sabablarga ko‘ra foydalanish uchun mo‘ljallangan. - Ijtimoiy ta’minotni nuqtai nazaridan, bu nafaqat kambag‘al va qiynalgan kishilarga, balki islom diniga yangi kirib kelganlar va to‘lay olmayotgan qarzdorlar kabi qiyin vaziyatda qolganlarga ham yordam beradi. Zakot o‘zining ma’naviy-axloqiy jihatlaridan tashqari, islom dinining ustuni sifatida quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirish uchun ham xizmat qiladi: 1. Zakot boylik taqsimlanishi orqali iqtisodiy o‘sish va mahsuldorlikka ko‘maklashish, ya’ni zakot iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, u kambag‘al va muhtojlarga iqtisodiy rivojlanish imkonini yoki davlatga zakot fondini daromad keltiradigan biznes tarmoqlariga yo‘naltirishga yordam berish; Muhtoj va ishsizlar uchun ish o‘rinlarini yaratish imkonini yaratish; 2. Kambag‘allarning iste’mol talabini qondirish va shu bilan ularning tovarlar va xizmatlarga sotib olish qobiliyatini oshirish; 3. Tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga olib keladigan bo‘sh pullarni yig'ish tendentsiyasini nazorat qilish; 4. Ta’lim, tibbiy yordam, ijtimoiy ta’minot va kam ta’minlanganlar mahsuldorligini yana oshirish kabi loyihalarni moliyalashtirish; 5. Boylikning teng taqsimlanishini shu vositalar orqali ta’minlash; Islom zakotni majburiy qilish orqali kambag‘allar va boylar turmush darajasi o‘rtasida kata tafovutning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va shu bilan kapitalistik jamiyatni qiynayotgan eng og‘ir muammodan saqlaydi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy nuqtai nazardan bu maqsadlar zakotni inson qalbini xudbinlik va baxillikdan poklashdan tashqari, asosiy ibodat sifatida ifodalagan bo‘lsa, 4 Misri A. & Abdul M., Historical development of tax during the early Islamic period: Jizyah and kharaj. P. 3. 5 Drs. Mek Wok Mahmud and Sayed Sikandar Shah (Haneef), Studies in Islam and the Middle East, The Use of Zakat Revenue in Islamic Financing: Jurisprudential Debate and Practical Feasibility. P. 3. https://scientific-jl.com 1 6 8 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiya

Доказательный фрагмент

«Islom moliyasida soliqlar tushunchasi azaldan an’anaviy moliyadagi soliqlar bilan tubdan farq qilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Islom moliyasida soliqlar tushunchasi azaldan an’anaviy moliyadagi soliqlar bilan tubdan farq qilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zakat, jizya, doriba, kharaj, income tax, Kalit so‘zlar: zakot, xaroj, daromad solig‘i.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники