К содержанию
РецензированоUZ2026

XX ASR O‘ZBEK AYOLLARINING IJTIMOIY FAOLLIGINING ORTISHI

G.Teshaboyeva

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistondagi xotin-qizlarning XX asr o‘rtalaridagi ijtimoiy hayotda ishtirokining ortib borishiga sabab bo‘lgan voqeliklardan ayrimlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: savodsizlik, “zamonaviylashtirish”, konsepsiyalar, “hujum” harakati, xotin-qizlar bo‘limlari, sinfiy tafakkur. Sovet tuzumining xotin-qizlarga nisbatan yurgizgan siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra, ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, mintaqadagi xalqlarni butunlay qaram qilib olish maqsadida ularning an’analariga, milliy, diniy, tarixiy va madaniy qadryatlariga qarshi kurashish uchun ayollarni “tutqunlikdan ozod qilish”, “zamonaviylashtirish” shiori ostida madaniy merosni inkor qilish siyosati olib borilgan. Ikkinchidan esa, mintaqadagi ishchi kuchi yetishmasligi tufayli xotin-qizlar mehnatidan xalq ho‘jaligi rivojini ta’minlovchi mehnat resursi, ayniqsa arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish va shu orqali O‘zbekiston ning tabiiy boyliklaridan unumli foydalanishga harakat qilindi. Sovetlar o‘zlarining bu maqsadlarini “Tenglik g‘oyasi” niqobi ostida targ‘ib qilib, butun dunyoga tenghuquqlilikni ta’minlashda kommunistik tajribaning “yagona” ekanligini namoyish qilishga urinishdi1. Umuman olganda bu davrga kelib, ayollarning qarashlarida ham o‘zgarishlar kuzatilayotgandi. Chunki, bir tomondan ijtimoiy hayotda xotin-qizlarga nisbatan yurgizilayotgan barcha adolatsizliklar, xo‘rliklar, ikkinchi tomondan esa marifatparvar jadidlarning xotin-qizlar ham erkaklar kabi bilim olishga haqli degan fikrlari ayollarning ruhan uyg‘onishlariga sabab bo‘ldi. Bu holat esa sovetlar siyosatining o‘lka xotin-qizlari hayotida tub burilish yasashiga sabab bo‘ldi. Buning natijasida an’anaviy jamiyat tufayli shundoq ham ijtimoiy hayotdan ancha ortda qolgan o‘zbek xotin-qizlari sovetlarning asl niyat va maqsadlarini anglamagan holatda ulardan madad va najot kutdilar. Umuman olganda sovet hokimiyati xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini oshirish va ularni ishlab chiqarishga jalb etishga katta ahamiyat bergan. Buning bir qancha sabablarini yuqorida ta’kidlangan bo‘lsada, menimcha eng muhim masala xotin-qizlar onggiga sovet hokimiyatiga tegishli g‘oyalarni joylash va butun 1 Жўраева Н.Д. Ўзбекистонда хотин-қизларга муносабат (XX асрнинг 20-80-йиллари мисолида). Ўқув қўлланма. — Т.: 2013. — 10 б. https://scientific-jl.com 2 3 8 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi jamiyatni sovetlarga xayrihoh jamiyatga aylantirishdan iborat edi. Chunki sovet hukumati o‘zbeklarda farzand tarbiyasi onaga ko‘proq bog‘liq ekanliklarini hamda yoshlarni o‘zgartirish ularning onalarini o‘zgartirishdan boshlanishini juda yaxshi anglagan. Sovet hukumatining yaxshigina e’tiborini tortgan “xotin-qizlarni ozod qilish” masalasi avvalambor, xotin-qizlar o‘rtasida savodsizlikni tugatish hamda ijtimoiy hayotga jalb etish orqali amalga oshirilishi belgilandi. Tarixni o‘rganishdagi xolislikdan chetga chiqmagan holatda shuni aytish mumkinki, sovet hokimiyatining xotin-qizlar masalasida olib borgan siyosati o‘lka hududida yashovchi ayollar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga ham sabab bo‘ldi. Chunki bu harakatlar natijasida ayollarning ijtimoiy hayotga aralashuvi sezilarli darajada o‘zgardi. Turli kurslarni bitirgan ayollar akusherkalar, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari, xotin-qizlar maktablari o‘qituvchilari kabi sohalarda o‘z ish faoliyatini boshladilar. Yana bir muhim o‘zgarish, sovet hokimiyati 1921-yildan boshlab nikohga kirish yoshini 9 yosh o‘rniga 16, o‘g‘il bolalar uchun 16 yosh o‘rniga 18 yosh deb belgilanishi bo‘ldi. Bu esa sovetlarning ayollar turmush tarzini o‘zgartirishdagi keskin choralaridan biri hisoblanadi. Bu qaror natijasida esa sovet hukumati ko‘pchilik ayollarning ularni qo‘llab quvvatlashiga erishdi. Ayni paytda, joylarda xotin-qizlar bo‘limlarini tashkil etish ishlariga ham alohida e’tibor berila boshlandi. Sovetlar tomonidan tashkillangan konferentsiya va syezdlar xotin-qizlarning o‘zaro fikr, tajriba almashinuvida muhim ro‘l o‘ynagan. Shu bilan birga, bu yig‘ilishlar va xotin-qizlar bo‘limlarining asosiy vazifalaridan yana biri ayollar o‘rtasida “sinfiy tafakkurni shakllantirish” edi. Bu holat aholi orasida turlicha qarshilanishiga qaramasdan, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ayollarni ishlab chiqarishga, maktablarga va turli ta’lim muassasalariga kengroq jalb etishga chaqirdi. Vaqtlar o‘tishi bilan bu harakatlar o‘z natijasini ko‘rsata boshladi. Xususan, ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning salmog‘i oshib bordi. Agar 1925-yilda O‘zbekiston da sovet apparatining quyi organlarida 200 nafar ayol ishlagan bo‘lsa, 1926-yilda faqat Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq kengashlarida 665 nafar ayol saylangan. “Qo‘shchi” ittifoqlariga a’zo bo‘lgan ayollar soni ham ko‘payib borgan2. Ammo xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, voyaga yetmagan qizlarni turmushga uzatishni taqiqlash, jamiyatda ayollarning ham erkaklar kabi huquqlarga ega ekanliklari kabi ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar sovet hokimi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekistondagi xotin-qizlarning XX asr o‘rtalaridagi ijtimoiy hayotda ishtirokining ortib borishiga sabab bo‘lgan voqeliklardan ayrimlari bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekistondagi xotin-qizlarning XX asr o‘rtalaridagi ijtimoiy hayotda ishtirokining ortib borishiga sabab bo‘lgan voqeliklardan ayrimlari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: savodsizlik, “hujum” harakati, sinfiy tafakkur., xotin-qizlar bo‘limlari, konsepsiyalar, “zamonaviylashtirish”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники