К содержанию
РецензированоUZ2026

MODUL TUSHUNCHASI, STANDART KUTUBXONALAR, SYS VA COPY MODULI

XOLTURAYEV ZUHRIDDIN

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqola Python dasturlash tilida modul tushunchasi, standart kutubxonalar, xususan, sys va copy modullarining ahamiyatini yoritadi. Modullarning turlari, ularni dasturga ulash usullari va standart kutubxonalarning roli batafsil tushuntirilgan. sys moduli orqali Python interpretatori muhitiga kirish va buyruq qatori argumentlari bilan ishlash, copy moduli orqali esa obyektlarni nusxalash usullari misollar yordamida ko‘rsatilgan. Ushbu maqola Python dasturlash tilida modul tushunchasini o‘zlashtirish va standart kutubxonalardan samarali foydalanishni istagan dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Kalit so‘zlar: python, modul, paket, standart kutubxona, sys, copy, import, sayoz nusxa, chuqur nusxa, dasturlash Python dasturlash tili zamonaviy dasturlash olamida o‘zining soddaligi, o‘qilishi osonligi va keng qo‘llanilishi bilan alohida o‘ringa ega. Pythonning kuchli tomonlaridan biri uning boy kutubxonasi va ma'lumotlar tuzilmalaridir. Ushbu bob sizni Python dasturlash tilidagi ma'lumotlar tuzilmalari va standart modullar bilan tanishtiradi. Siz ro‘yxatlar, kortejlar, lug'atlar va to‘plamlar kabi asosiy ma'lumotlar tuzilmalarini yaratish, ular ustida amallar bajarish, shuningdek, Pythonning standart modullaridan samarali foydalanishni o‘rganasiz. Ushbu bobni o‘zlashtirish sizga Python dasturlash tilida murakkab masalalarni yechishda va professional darajada kod yozishda yordam beradi. Standart kutubxona modullarini o‘rganishdan oldin Pythonda modul tushunchasiga aniqlik kiritib olish lozim. Python tilida bir xil vazifani bajaruvchi modullar yig`indisini bitta paketga joylashtirish mumkin. Shunday paketlardan biri sifatida XML paketini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu paket XML ning har xil aspektlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan modullardan tashkil topgan. Python tilda dastur tuzishda modul atributlari modulda aniqlangan nomlar bo‘lgan obyekt modul sifatida taqdim etiladi. Bu misolda datetime moduli import qilinayapti. Import operatorining ishi natijasida mazkur nomlar kengligida datetime nomi bilan obyekt paydo bo‘lyapti. https://scientific-jl.com 2 7 1 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Python tilida modullar oddiy (Pythonda yozilgan) va kengaytiriladigan ya’ni boshqa tilda yoziladigan masalan Python interpretatori yozilgan C dasturlash tilida yozilgan modullarga bo‘linadi. Foydalanuvchi nuqtai nazarida ular ishlash tezligi bilan farq qiladi. Satandart kutubxonada modul 2 xil variantda bo‘ladi: Pytonda yozigan yoki C da. Bunga misol sifatida pickle va cpickle modullarini keltirish mumkin. Odatda Pythonda oddiy modullar kengaytirilgan modullarga nisbatan ishlatishda qulay hisoblanadi. Modul funksiyalaridan foydalanish uchun uni boshqa dasturdan yuklash (импортировать) mumkin. Dastlab standart kutubxonalar modullarini qanday ishlatishni ko‘raylik. Natija: Bu misolda dastlab sys moduli import buyrug`i yordamida yuklanyapti. sys moduli Python interpretatoriga va uning muxitiga ya’ni tizimiga (system) tegishli funksiyalardan tashkil topgan. Python import sys buyrug`ini bajarayotganda sys modulini qidiradi. Bu holatda sys standart modullardan biri bo‘lganligi uchun, Python uni qayerdan izlash kerakligini biladi. Agar bu oddiy modul, ya’ni Pythonda yozilgan modul bo‘lganida edi, u holda Python uni sys.path ko‘rsatilgan kataloglardan izlagan bo‘lar edi. Agar modul topilsa, undagi buyruqlar bajariladi va bu modul foydalanishga (доступным) shay holatga keladi. sys modulidagi argv o‘zgaruvchisiga murojat qilish nuqta orqali amalga oshiriladi ya’ni sys.argv. Bunday ifodalashning afzalligi dasturda ishlatilishi mumkin bo‘lgan argv o‘zgaruvchisi bilan xatoliklar yuz bermaydi. sys.argv qatorlar ro‘yxati hisoblanadi. U buyruqlar qatori argumentlaridan ya’ni buyruqlar qatoridan dasturga uzatilgan argumentlardan tashkil topgan. https://scientific-jl.com 2 7 2 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Python dasturida modullarni ulash import operatori orqali amalga oshirilishi yuqoridagi misolda ko‘rdik. Modullarni ulashini ham 2 xil shakli mavjud: birinchisi import operatori orqali bo‘lsa, ikkinchisi from-import operatori orqalidir. From… import … operatori- argv o‘zgaruvchisini dasturga to‘g`ridan-to‘g`ri yuklash uchun hamda har doim sys.argv deb yozmaslik uchun, from sys import argv ifodasidan foydalanish mumkin. sys modulida ishlatiladigan hamma nomlarni yuklash uchun “from sys import *” buyrug`ini bajarish mumkin. Standart kutubxonalar Python tili standart kutubxonasining modullarini shartli ravishda mavzular bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Bajarish davri servislari. Modular: sys, atexit, copy, traceback, math, cmath, random, time, calendar, datetime, sets, array, struct, intertools, locale, gettext. 2. Siklni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlovchi. Modullar: pdb, hotshot, profile, unittest, pydoc. Paketlar: docutils, distutils. 3. OS (fayllar, protseslar) bilan ishlash. Modullar: os, os.path, getopt, glob, popen2, shut

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Python dasturlash tilida modul tushunchasi, standart kutubxonalar, xususan, sys va copy modullarining ahamiyatini yoritadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Python dasturlash tilida modul tushunchasi, standart kutubxonalar, xususan, sys va copy modullarining ahamiyatini yoritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
paket, Kalit so‘zlar: python, standart kutubxona, copy, dasturlash, chuqur nusxa, sayoz nusxa, import, modul, sys
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники