Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSIQALI TEATR SAN'ATINING MOHIYATI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Mirzayev Anvar · Mirzayev Anvar (instituti “Vokal” kafedrasi o`qituvchisi)
Образовательные инновации и интеграция · 1914
Аннотация
This article reflects the essence and stages of development of musical theater art. Its rise as an independent genre and maintaining its special status to this day reflects its relevance. Keywords: Creativity, style, genre, musical drama, entertainment, art. San'at azaldan dunyoning qurilishi haqidagi diniy, afsonaviy tasavvurlar bilan bog'liq holda rivojlangan. Ibtidoiy davrdan to bugungi kunga qadar san'atdagi tasvirlar ko'p xollarda o'ziga xos tumor vazifasini o'tab, yovuzlik va ezgulik belgisi sifatida nafaqat insonlar tomoshasiga, balki afsonaviy xudolarda xush kayfiyat va yoqimli fikrlar uyg'otishga mo'ljallangan holda rivojlangan. Ijtimoiylashuv o'z taraqqiyoti negizida bir qancha bosqichlarni bosib o'tib, odamning turli qiyofalari transformasiyasini boshdan kechirgan. XX asr o'zbek teatri madaniyatimiz tarixida ro'y bergan noyob hodisadir. 1914- yili Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" pyesasi bilan o'z pardasini ochgan o'zbek teatri ikki-uch o'n yillik ichida har bir xalq g'ururlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqqan. O'zbek teatri jadidchilik harakatining mevasi - marifiy teatr sifatida tug'ilgan. Birinchi o'zbek ijodiy jamoasi bo'lmish "Turon" truppasining "Nizom"ida teatrning bosh maqsadi: a) aholi o'rtasida sahna ishlari va hayriyaga jiddiy munosabatni ivojlantirish, https://scientific-jl.com 2 8 6 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi b) xalq uchun spektakl ko'rsatish, unga sog'lom tomosha berish..., - deb belgilangan bo'lgan. Sahna ishini tashkil etgan va uni xalq orasida keng yoygan Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy singari atoqli marifatparvarlarning say-harakati bilan bu teatr tez orada xalq madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Sanoqli bir necha yil davomida o'ttizga yaqin pyesa yaratilib, aktyorlik va rejissorlik san'atining tub tamoyillariga asos solingan. Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati - uning oila hayotini tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma'rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg'onish g'oyalarini tarannum etishda ko'ringan. Jadid ma'rifatparvarlari yoqqan ma'rifat mash'ali qariyb 1930-yillarga qadar yangi g'oya va intilishlar bilan teatr hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san'at yo'llarini yoritib turgan. Shuni ta'kidlash joizki, o'zbek teatri milliy mahdudlik qobig'ida o'ralashib qolmay, balki o'z taraqqiyoti yo'lida jahon teatri tajribasini o'zlashtirib borgan "Turon" truppasida boshlangan o'zga xalqlar dramaturgiyasini sahnalashtirish tajribasi keyinroq, o'zbek sahnasiga Shiller, Gogol, Shekspir singari dramaturglar asarlarining kirib kelishi bilan davom ettiriladi. O'zbek aktyorlarini 1924-1927-yillari Boku teatr texnikumi va M.Uyg'ur, Cho'lpon rahbarligida Moskva teatr studiyasida tahsil ko'rganliklari ularning kasbiy darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etganini ko'rishimiz mumkin. Moskvadagi ta'lim davri rus teatrida turlicha uslubiy yo'nalishlar, izlanishlar avj olgan davrga to'g'ri kelgan. O'zbek aktyorlari bu shov-shuvli teatr hayotini astoydil kuzatib o'rganishgan. Lekin shunisi e'tiborliki, ularga taqlid qilish, uslublarini ko'r-ko'rona qabul qilish yo'lidan bormaydilar. Cho'lpon "Meyerxold teatri" degan maqolasida, masalan, 1920- yillarda Moskva teatri hayotining yalovbardoriga aylangan bu rejissorning shon- shuhrati haqida ilhom bilan qalam tebratgan bo'lsa-da, lekin biron joyda unga ergashish, undan andoza olish fikrini olg'a surmagan. "Bu teatrning soddaligi biz uchun kerak. Ko'pchilikka yaqin kelishi biz uchun lozim. Bizning xalq teatri unsurlaridan ba'zilari bu teatrda bor". Ya'ni ulug' shoir chet tasirlarga nisbatan sezgir, hushyor turishga da'vat etib, faqat o'zbek xalq teatriga xos "ba'zi unsurlar", "soddalik", "ko'pchilikka yaqinlik" jihatlarini olish mumkinligi g'oyasini olg'a surgan. Bu o'zbek teatrining dastlabki davrdanoq o'z milliyligini asrash yo'lida qat'iy turganligidan guvohlik beradi. Bir jihatdan, bu ajablanarli holat emas. Sababi, taqdirlarini teatr va dramaturgiya bilan bog'lashga ahd qilgan kishilar eski maktab, madrasa ko'rgan, mumtoz adabiyot, musiqa, xalq teatri tasirida bu nafosat olamiga chinakam milliy teatr san'atini barpo etish ezgu istagi bilan kirib kelgan zotlar edi. O'zbek teatrining asoschilari, xususan, atoqli rejissor va teatr arbobi Mannon Uyg'ur o'z atrofiga eng iste'dodli dramaturg va san'atkorlarni uyushtirib, ular bilan ilhombaxsh izlanishlar olib borar ekan, xalqimizning boy ma'naviyatiga mushtarak keladigan zamonaviy teatr barpo etish yo'lidan borgan edi. https://scientific-jl.com 2 8 7 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi O'zbek teatrining tug'ilganiga o'n yil bo'lmayoq Abdurauf Fitratning "Chin sevish", "Abulfayzxon", Cho'lponning "Yorqinoy", Hamza Hakimzodaning komediya va dramalarining yaratilishi, eng qimmatlisi, bu asarlarni Yevropacha drama estetikasi talablari darajasida bo'lishi shu izlanishlarnin
Доказательный фрагмент
«This article reflects the essence and stages of development of musical theater art.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reflects the essence and stages of development of musical theater art. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Creativity, style, genre, musical drama, entertainment, art, baxshi, uslub, Kalit so'zlar: Ijod, musiqali drama, san'at., janr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024