К содержанию
РецензированоUZ2026

SURXON DAVLAT QO’RIQXONASIDA TARQALGAN SCUTELLARIA L TURKUM TURLARINI BIOEKOLOGIYASI VA TARQAQLISHI

A.J. Ibragimov · M.B. Turdiyeva

Образовательные инновации и интеграция · 5 · 2026

Аннотация

The article examines the bioecological characteristics, phenology, and geographical distribution patterns of plants belonging to the genus Scutellaria L., distributed in the Surkhan State Reserve. During the study, 15 species of the genus were described based on morphological and ecological criteria. The scientific results obtained in the article are of great practical importance for the enrichment of the flora of the Surkhan Reserve and the protection of plants. Keywords: Scutellaria L., Surkhan State Reserve, GIS map, floristic monitoring, bioecology, phenology, mountain, flora, species. Kirish. Surxon davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismidagi Ko‘hitang tizmasining sharqiy yonbag‘rida, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan. Qo‘riqxona shimolda Tangidara soyi, sharqda Xatak, Qizilolma, Kampirtepa va boshqa qishloqlar, janubda esa Xo‘jaikon tuz koni bilan https://scientific-jl.com 3 0 2 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi chegaradosh. G‘arbiy yonbag‘ri esa Turkmaniston Respublikasidagi Koytendag qo‘riqxonasi bilan tutashgan. Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 24 554 gektar bo‘lib, u 850–3137 metr balandlik oralig‘ida joylashgan. Suvayirg‘ich balandliklari o‘rtacha 2682–3137 m ni tashkil etadi. Hududning murakkab rel’efi va balandlik zonaliligi uning boy biologik xilma-xilligini belgilaydi [5]. Qo‘riqxonaning murakkab relyefi, mikroiqlim sharoitlari va balandlik zonalari xilma-xilligi bu hududda noyob va endemik o‘simliklar shakllanishiga zamin yaratgan. Shu jihatdan Surxon davlat qo‘riqxonasi O‘zbekistonning eng muhim floristik hududlaridan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqot qo‘riqxona hududida uchraydigan Scutellaria L. turkumiga mansub turlarining tarqalishi, ekologik xususiyatlari, yashash muhiti va fenologik bosqichlarini o‘rganishga qaratildi. Tadqiqot davomida zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalanilib, turlarning areallari xaritalashtirildi va ularning tarqalish nuqtalari aniq ko’rsatilgan. Bu esa, o‘z navbatida, Surxon davlat qo‘riqxonasining floristik boyligini yanada to‘liq ochib berishga hamda muhofaza choralari uchun ilmiy asos yaratishga xizmat qiladi. Yer yuzida Scutellaria L. turkumining 479 ta O‘rta Osiyoda 83 ta [1], O‘zbekistonda esa 32 ta [2] turi uchraydi. Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati botanik geografik rayonlarida Scutellaria L. turkumining 20 turi,[8] shuningdek, Surxon davlat qo‘riqxonasi hududidan Scutellaria L. turkumining 15 ta [4] turining tarqalganligi ilmiy tadqiqotlarimiz davomida aniqlandi. Scutellaria bucharica Juz. Hayotiy shakli ko‘p yillik o‘simlik uzunligi 10-25 sm balandlikda.Barglari cho‘zinchoq yoki ko‘pincha tuxumsimon,pastidan chiqadigan tomirlar, momiq kulrang paxtasimon yashil.Gullari ko‘k, to‘q-sariq yoki oq rangda bo‘lishi mumkin. Ular shoxli o‘ramga joylashgan, odatda ikki tomonlama simmetrik. Har bir gulda ikki tomonga simmetriklik mavjud, va har bir gullash davri yakunida o‘simlikda gulli shoxlar ko‘plab shakllanadi. Gullari 1–1.5 sm uzunlikda bo‘lib, ular o‘zining estetik go‘zalligi bilan ajralib turadi. Mevalari tuxum shaklida va quritilganda juda ko‘p sonli mayda tuklar mavjud,uzunligi 4 mm o‘zgaruvchan bo‘lib, asosan qattiq, jigarrang, donali va kichik o‘lchamli bo‘ladi.. Fenologiyasi: May-iyun oylarida gullaydi, iyun-iyulda pishadi. Ekologiyasi: Scutellaria bucharica tog‘li va adir hududlarda,ayniqsa shag‘ali tuproqda o‘suvchi o‘simlik,dengiz satxidan 1000-1600 metr balandlikda o‘sishga moslashgan, Tarkibi va ekologik sharoitlari tufayli bu o‘simlik ko‘proq yuqori balandlikdagi hududlarda o‘sadi, quruq va yarim quruq iqlim sharoitlarini afzal ko‘radi. Tarqalishi: Bu tur o’simlik Tojikistonda ham tarqalgan Scutellaria colpodea Nevski. Hayotiy shakli ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib,bo‘yi 20– 50 sm atrofida odatda o‘rtacha balandlikda o‘sadi. Barglari tor va uzun, odatda qarama- https://scientific-jl.com 3 0 3 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qarshi joylashgan, barglarning uzunligi 3–6 sm, kengligi esa 1–2 sm bo‘ladi. Barglarning ustki yuzasi yashil rangda, pastki yuzasi esa to‘q yashil tuzilishga ega. Chetlari ozgina bo‘rtib, qirrali bo‘lishi mumkin. Gullari barg qo‘ltig‘ida joylashgan gulkosachasi 2 mm dearli to‘pgul hosil qilmaydi bitta bandda bitta gul bo‘ladi.Mevasining shakli tuxumsimon yoki yumaloq bo‘lib, kichik va qattiq tuzilishga ega. Meva odatda 2–3 mm uzunlikda va 1–2 mm kenglikda bo‘ladi. Fenologiyasi: Iyul-sentabr oylarida gullaydi, avgust oktabr oylarida mevasi pishadi. Ekologiyasi: Ko‘pincha yuqori tog‘li va adir 1000-1700 hududlarda dengiz satxidan 1500-3000 metr balandlikdagi pasttekisliklarda o‘sadi. Tarqalishi: Bu tur o’simlik Tojikistonda ham tarqalgan. Scutellaria glabrata Vved.Ko‘p yillik o‘simlik uzunligi 30-40 sm balandlikda. Barglari tepadan pastga pasdan yuqoriga qarab tomirlar bilan kuchli reduksiyalangan bargning pastki qismi cho‘zinchoq naysimon o‘simtasimon dag‘al kernatli tishli yoki kupinch

Доказательный фрагмент

«The article examines the bioecological characteristics, phenology, and geographical distribution patterns of plants belonging to the genus Scutellaria L., distributed in the Surkhan State Reserve.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article examines the bioecological characteristics, phenology, and geographical distribution patterns of plants belonging to the genus Scutellaria L., distributed in the Surkhan State Reserve. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Scutellaria L, Surkhan State Reserve, GIS map, floristic monitoring, bioekologiya, floristik monitoring, tur., GIS xarita, fenologiya, tog‘, Surxon davlat qo‘riqxonasi, Kalit so‘zlar: Scutellaria L., flora
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники