К содержанию
РецензированоUZ2026

LINGVOMADANIY TADQIQOTLARNING METODOLOGIYASI VA USULLARI"

Uzoqova Mavludaxon

Образовательные инновации и интеграция · 31 · 511–516 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada lingvomadaniy tadqiqotlarning metodologik asoslari va amaliy usullari tahlil qilinadi. Lingvomadaniyatshunoslik fanining shakllanishi, uning til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishdagi o‘rni hamda boshqa fanlar bilan integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda lingvomadaniy birliklarni aniqlash, tahlil qilish, ularni tarjima qilish va taqqoslash kabi metodlar yoritiladi. Shuningdek, turli madaniyat vakillarining til vositasida ifodalanadigan dunyoqarashi, milliy mentaliteti va madaniy qadriyatlarini lingvistik tahlil qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola tilshunoslar, tarjimonlar va madaniyatshunoslar uchun foydali nazariy va amaliy ma'lumotlar beradi. Kalit so‘zlar: lingvomadaniyatshunoslik, metodologiya, usullar, ingliz tili, madaniyatlararo muloqot, lingvomadaniy birliklar, tarjima, til va madaniyat. O'tgan XX asrning 90-yillarida tilshunoslik bilan ma'daniyatshunoslik orasida yangi fan sohasi, lingvokulturologiya lingvomadaniyatshunoslik paydo bo'ldi. U tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslikning o'zaro bog'liqliklaridan paydo bo'lgan fan bo'lib, u xalq madaniyatining paydo bo'lishini tilda ifodalanishi va mujassamlanishini tadqiq etadi. Bu ikki yo'nalishni, ya'ni tilshunoslik va madaniyatshunoslik o'zaro bog'lanishi oddiy bog'lanish emas, balki bu yangi ilmiy asoslangan yo'nalishning vujudga kelishidir. Shuning uchun bu hodisa tilshunoslik va madaniyatshunoslikning vaqtincha bog'lanishi bo'lmasdan, u fanning sistemalashgan tarmog'i bo'lib o'zining mustaqil maqsad, vazifa, metod va tadqiqot obyektiga ega bo'lgan fandir. Lingvomadaniy tadqiqotlarning metodologiyasi — bu til va madaniyat o‘zaro aloqalarini o‘rganishda qo‘llaniladigan nazariy va amaliy usullar majmuasidir. Ushbu yo‘nalish tilni nafaqat aloqa vositasi sifatida, balki madaniy qadriyatlar, mentalitet, milliy tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorni ifodalovchi vosita sifatida ko‘rib chiqadi Lingvomadaniy tadqiqot metodologiyasining asosiy jihatlari . Interdisiplinarlik Lingvistika, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, tarix, etnografiya kabi fanlar kesishmasida olib boriladi. . Komponentli tahlil Til birliklari (so‘z, ibora, matn)ning madaniy komponentlarini ajratib ko‘rsatish: denotativ, konnotativ, assotsiativ ma’nolar. https://scientific-jl.com 1 8 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi . Kontrastiv tahlil Turli tillarda yoki madaniyatlarda bir xil til birliklarining farqli qo‘llanishini solishtirish orqali madaniy tafovutlarni aniqlash. . Diskursiv tahlil Nutq voqeliklarini (muloqot, matn, janrlar) madaniy kontekstda tahlil qilish. . Lingvokulturologik birliklarni o‘rganish Til va madaniyatning tutashgan nuqtalari: frazeologizmlar, milliy-madaniy leksika, realiyalar, simvolik obrazlar va boshqalar. . Etnolingvistik yondashuv Tildagi birliklar orqali milliy mentalitetni, xalqona dunyoqarashni tahlil qilish. . Korpus lingvistikasi va statistik usullar Matnlar korpusini tahlil qilish orqali madaniy birliklar va ularning qo‘llanish chastotasi aniqlanadi. Lingvomadaniy tadqiqotlar sohasida rivojlanish bilan birga qator qiyinchiliklar ham mavjud. Quyida ularning asosiylarini keltiraman . Tadqiqot obyektining murakkabligi Til va madaniyat — murakkab, o‘zgaruvchan, kontekstga bog‘liq hodisalar. Ularni qat’iy chegaralarda o‘rganish qiyin. Bir xil til birligi turli madaniy kontekstlarda turlicha ma’no kasb etishi mumkin. . Madaniy komponentlarni aniqlashda noaniqlik Til birliklarining madaniy yuklamasi har doim ham aniq emas. Ularni ilmiy asosda ajratish, tavsiflash katta e’tibor va tajriba talab qiladi. Ayniqsa konnotatsiyalar (shaxsiy, ijtimoiy, tarixiy tushunchalar) o‘zgaruvchan va subyektiv bo‘lishi mumkin. . Ma'lumotlar bazasining cheklanganligi Ko‘plab tillar yoki madaniyatlar bo‘yicha elektron korpuslar, statistik ma’lumotlar, zamonaviy matnlar yetarli emas. Milliy leksikadagi realiyalar yoki madaniy tushunchalarni yorituvchi ilmiy manbalar cheklangan. . Ob’ektivlik muammosi Tadqiqotchining o‘zi ham muayyan madaniyat vakili bo‘lgani sababli, subyektiv yondashuv yoki stereotipli tahlil yuzaga kelishi mumkin. Madaniyatlararo solishtirma tadqiqotlarda etnosentrizm xavfi mavjud. . Tarjima va madaniy ekvivalentlikdagi qiyinchiliklar Madaniy jihatdan yuklangan so‘zlar yoki frazeologizmlarni boshqa tilga to‘g‘ri, aniq va lo‘nda tarjima qilish mushkul. Bu ayniqsa madaniyatlararo kommunikatsiya va tarjima nazariyasi doirasida dolzarb. https://scientific-jl.com 1 9 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi . Yangi zamonaviy diskurslarning dinamikligi Ijtimoiy tarmoqlardagi til o‘zgaruvchan va tez yangilanib boradi, bu esa lingvomadaniy tahlilni doimiy yangilab borishni talab qiladi. Internet-memlar, slenglar, hashtaglar, emojilar — bularning madaniy ma’nosini aniqlash ham har doim ham oson emas. Lingvomadaniy qiyinchiliklarni yengish va tarjimonlar uc

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada lingvomadaniy tadqiqotlarning metodologik asoslari va amaliy usullari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada lingvomadaniy tadqiqotlarning metodologik asoslari va amaliy usullari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvomadaniy birliklar, metodologiya, usullar, Kalit so‘zlar: lingvomadaniyatshunoslik, til va madaniyat., tarjima, ingliz tili, madaniyatlararo muloqot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники