Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KREDIT-MODUL TA’LIM TIZIMINING DIDAKTIK RIVOJLANISHI
Najiyeva Sojida Nasirdiova
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
This article presents the most important tasks assigned to the teacher and the learner in the credit-module system of the educational process. It discusses what tasks teachers and students should perform in the educational process. Keywords: Education, student, subject, specialist, curriculum, basic subjects, credit, elective subjects, course, credit module. Har bir ta’lim sohasi o‘zining ba’zaviy fanlariga ega. Bunday fanlar talabaning mutaxassis bo‘lib shakllanishi, mutaxassislikka oid boshqa fanlarni tushunishida muhim ahamiyatga ega. Masalan, pedagogika fakulteti talabalari uchun “Umumiy pedagogika”, “Oila pedagogikasi”, “Pedagogika tarixi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Bolalar pedagogikasi” kabi fanlar, psixologiya fakulteti talabalari uchun esa “Umumiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi”, “Psixologiya tarixi”, “Bolalar psixologiyasi” kabi fanlar majburiy fanlar sirasiga kiradi. Bunday fanlar tegishli fakultetning har bir talabasi uchun muhim va, odatda, o‘quv dasturlarning dastlabki semestrlarida o‘qitiladi. Shuning uchun o‘quv dasturining dastlabki semestrlarida tanlov fanlari miqdori ancha cheklangan yoki dastur faqat majburiy fanlardan iborat bo‘lishi mumkin. Lekin talaba yuqori kursga bo‘lgani sari o‘quv dasturida tanlov fanlari uchun ajratilgan kreditlar miqdori ko‘payib borishi zarur ekanligi belgilangan. Buning sabablarini quyidagicha izohlashganlar: https://scientific-jl.com 1 2 1 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Talaba sohaga oid bazaviy fanlarni o‘zlashtirgandan so‘ng unda sohaning muayyan yo‘nalishi bo‘yicha chuqurroq bilim egallashga qiziqish va ehtiyoj paydo bo‘lishi mumkin. Talaba kursdan-kursga o‘tgan sari u mutaxassis sifatida shakllanib borib, unda o‘zi uchun, o‘zi tanlov qilish ko‘nikmasi shakllanib borishini aytib o‘tgan. Qolaversa, tanlov huquqi talabalarni o‘z qiziqishlari, kelajakdagi faoliyat yo‘nalishlari haqida bosh qotirishga undaydi. Va nihoyat, kredit-modul tizimida talabalar tanlov fanini o‘z fakultetidan boshqa fakultetlarda ham olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerakligini ko‘rishimiz mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, ayrim mutaxassisliklar uchun sohalararo bilimlar katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Lekin bunda fakultetning kredit - modul tizimiga taaluqli qoidalari talaba qaysi kursda qancha miqdorgacha kreditlarni bunday fanlardan jamg‘arishi mumkinligini belgilab qo‘yishi kerak bo‘lgan. Masalan, fakultet kredit-modul qoidalari talaba 1-kursni tamomlagandan so‘ng yuqori kurslar davomida maksimum 12 kreditni boshqa fakultetlarda olingan fanlar hisobiga jamg‘arishi mumkinligini belgilab qo‘yishi mumkin. Lekin bunga, odatda, dekanning ruxsati bilan yo‘l qo‘yilgan. Talaba tanlovni tanlov fanlari ro‘yxatidan o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirishi mumkin lekin u baribir dastur so‘ngiga qadar belgilangan miqdordagi kreditlarni tanlov fanlari hisobiga jamg‘arishi zarur. Ta’lim jarayonining kredit-modul tizimida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi zimmasiga juda ma’suliyatli vazifalar yuklanishiga guvoh bo‘ldik. Bu jarayonda ijodkor talaba o‘z qobiliyat va iste’dodini namoyon etishi uchun u chinakkam ilmiy tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lshi kerak. Talabada dunyoqarash, his qilish mahorati, donolik, ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol, boy fantaziya va shu bilan birga tasavvurlar shakllangan bo‘lmog‘i darkor. Bular mujassamlashib talabadagi bilim, ko‘nikma, malakalar orqali ijodkorligini shakllantiradi. Universitetda o‘tiladigan fanlar va modullar bir sohaga tegishli bo‘lsada, ular o‘z murakkablik darajasiga ko‘ra (complexity level) farqlanishi mumkin. Masalan, pedagogika fanining bir nechta darajalari mavjud. Talaba o‘qishi davomida pedagogika fanining bir nechta darajalarini o‘rganishiga to‘g‘ri kelishi mumkin: “Umumiy pedagogika”, “Bolalar pedagogikasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Oila pedagogikasi”, “Maxsus pedagogika”, “Pedagogik texnologiya”. Shuning uchun fanlar OTM o‘quv dasturlarida izchillik asosida joylashtiriladi. OTM o‘quv dasturlaridagi fanlarni o‘z darajalariga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linishi mumkin: Boshlang‘ich darajadagi fanlar (Basic level courses) O‘rta darajadagi fanlar (Intermediate level courses) Yuqori darajadagi fanlar (Advanced level courses) Maxsus darajadagi fanlar (Special level courses) Ya’ni, talaba semestrdan - semestrga, kursdan - kursga o‘tgani sayin, dasturdagi fanlar o‘z darajasiga ko‘ra murakkablashib boradi. Bunda bir fanni o‘rganish talabadan https://scientific-jl.com 1 2 2 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi avval o‘sha fanni tushunishga xizmat qiluvchi boshqa fanni o‘zlashtirishni taqozo etadi. Masalan, odatda, talaba “Oila pedagogikasi” fanini yaxshiroq tushunishi uchun u avval, “Umumiy pedagogika” fanini o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi. Buni g‘arb universitetlarida “course prerequisite” deb atashadi, ya’ni talaba “Oila pedagogikasi” fanini boshlashi uchun avval “Umumiy pedagogika” fanini tugallashi kerak bo‘ladi. Bundan tashq
Доказательный фрагмент
«This article presents the most important tasks assigned to the teacher and the learner in the credit-module system of the educational process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the most important tasks assigned to the teacher and the learner in the credit-module system of the educational process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Education, student, subject, specialist, curriculum, basic subjects, talaba, kredit-modul., bazaviy fanlar, kredit, mutaxassis, Kalit so‘z: Ta’lim, o‘quv dasturi, kurs, fan, tanlov fanlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024