Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ADABIY TILNING O‘RNI
Sayfullayeva Marjona Zafar qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada adabiy til va og‘zaki nutq madaniyatining o‘zaro aloqasi, orfoepiya me’yorlarining ahamiyati yoritilgan. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi o‘rni, adabiy tilning shakllanish jarayoni va u orqali fikrni aniq hamda ifodali yetkazish zarurati tahlil etiladi. Xususan, o‘zbek shevalaridagi fonetik farqlar og‘zaki nutqqa qanday ta’sir qilishi ko‘rsatilgan, adabiy talaffuz me’yorlari asosida bir qator tavsiyalar keltirilgan. Maqolada nutq madaniyatini rivojlantirishda yagona til me’yorini saqlash dolzarb vazifa ekani ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: adabiy til, og‘zaki nutq, orfoepiya, talaffuz me’yorlari, fonetik farqlar, shevalar, nutq madaniyati, o‘zbek tili, yozma nutq, til madaniyati. Annotation: This article discusses the relationship between literary language and spoken speech culture, emphasizing the importance of orthoepy norms. It analyzes the role of language as a social phenomenon, the formation of the literary language, and the necessity of expressing thoughts clearly and effectively through it. In particular, it highlights how phonetic differences in Uzbek dialects influence spoken speech and provides several recommendations based on standard pronunciation norms. The article concludes that adhering to orthoepy rules is essential for improving speech culture and establishing a unified language standard. Keywords: literary language, spoken speech, orthoepy, pronunciation norms, phonetic differences, dialects, speech culture, Uzbek language, written speech, language culture. Til – kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho mulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta’minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma’lum me’yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til hodisalaridan ma’lum me’yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek tilining shakllanishiga olib kelgan. Bugungi globallashuv davrida til madaniyatining yuksalishi, yosh avlodning to‘g‘ri va ravon nutq so‘zlay olish qobiliyatini shakllantirish dolzarb masalalardan https://scientific-jl.com 1 3 2 45-son_3-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi biridir. Og‘zaki nutq insonning muloqotga kirishish vositasi bo‘lib, uning mazmunan boy, grammatik jihatdan to‘g‘ri va ifodali bo‘lishida adabiy til muhim o‘rin tutadi. Chunki hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘zbek milliy tilining oliy formasi – ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qo‘yilmaydi, undan boshqa tizim ham emas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi tartibga solingan bosh ko‘rinishi, xolos.1 U o‘zida fonetik, leksik, grammatik va uslubiy jihatdan mukammallikni mujassamlashtirgan bo‘lib, og‘zaki nutq madaniyatining asosini tashkil etadi. Adabiy til orqali bolalar va o‘smirlar fikrni izchil, mantiqan asoslangan va tushunarli ifodalashni o‘rganadilar. Ayniqsa, dars jarayonlarida o‘qituvchining adabiy tilda to‘g‘ri va ravon nutq so‘zlashi, matnlar ustida ishlash va badiiy asarlarni o‘rganish orqali o‘quvchilar nutqi boyib boradi.2 Adabiy talaffuz qoidalari to‘plamiga orfoepiya deyiladi (yunoncha epos – “nutq”). Tilshunoslikning adabiy talaffuz me’yorlarini belgilaydigan bo‘limi ham orfoepiya deb yuritiladi. Adabiy nutqning mavqei mustahkamlanib, ish doirasi kengayib bormoqda. Bu jarayon adabiy nutqning yozma va og‘zaki ko‘rinishlarida turlicha sodir bo‘ladi. Adabiy nutqning yozma ko‘rinishida yozish me’yorlari mumkin qadar aniq qoidalashtirildi, rasmiy qaror bilan joriy etildi; bu qoidalarga qat’iy amal qilish lozim. Adabiy nutqning og‘zaki ko‘rinishida ahvol boshqacha: og‘zaki nutqni yozma nutq darajasida tejab-tergab bo‘lmaydi. Buning ustiga adabiy talaffuz qoidalarining o‘zi ham aniq belgilab chiqilmagan. Og‘zaki nutqqa xos hodisalarni adabiy yoki noadabiy deb baholashda shaxsiy yondashish ham kuchli. O‘zbek tilining ko‘p dialektli (shevali) ekani yana qo‘shimcha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. O‘zbek tili dialektlari (shevalari) o‘z tovushlar tizimi bilan, ayniqsa ovoz tovushlar tizimi bilan o‘zaro sezilarli farq qiladi, shu sababli ayni bir leksemaning talaffuzida turlilik voqe bo‘ladi. Masalan, ko‘pgina bir bo‘g‘inli leksemalar tarkibidagi ovoz tovush olti ovoz tovushli shevada boshqacha, to‘qqiz ovoz tovushli shevada boshqacha talaffuz qilinadi. Birinchi tur shevada to‘r (“poygakning teskarisi bo‘lgan o‘rin”) leksemasi bilan to‘r (“baliq, qush ovlashda ishlatiladigan to‘qima asbob”) leksemasi bir xil talaffuz qilinsa, ikkinchi tur shevada bu leksemalar tör va tor shaklida farqli aytiladi. Adabiy talaffuzda shu shevalardan biridagi holat asosga olinadi. Hozirgi adabiy o‘zbek tilida ö va o tovushlari o‘rniga yagona o (o‘) to
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada adabiy til va og‘zaki nutq madaniyatining o‘zaro aloqasi, orfoepiya me’yorlarining ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada adabiy til va og‘zaki nutq madaniyatining o‘zaro aloqasi, orfoepiya me’yorlarining ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- literary language, spoken speech, orthoepy, pronunciation norms, til madaniyati., talaffuz me’yorlari, fonetik farqlar, orfoepiya, Kalit so‘zlar: adabiy til, nutq madaniyati, shevalar, og‘zaki nutq, yozma nutq, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014