К содержанию
РецензированоUZ1992

ELEKTRON ARXIVLARNI YARATISH BO‘YICHA JAHON TAJRIBASI

Sultanova Zuxra Shuxratovna

Образовательные инновации и интеграция · 1992

Аннотация

This article covers research, research, international standards, World archives and their types, information technology used in archives. Keywords: archive, standards, information technologies. Elektron arxiv - bu hujjatlarni sifatli va uzoq muddatga saqlash maqomiga ega muassasalar elektron hujjatlarini jamlash uchun hisobga oluvchi, saqlovchi va foydalanishni yaxshi tashkil qiluvchi muassasining bo‘limi hisoblanadi. “Raqamli arxivlar”(ingliz tilida digital archives) -bu hujjatlar, ma’lumotlar yoki materiallarning raqamli shaklda saqlanishi, boshqarilishi va foydalanilishi uchun yaratilgan tizim yoki platformani anglatadi. Jahonda elektron va raqamli arxivlarni yaratish bo‘yicha izlanishlar, tadqiqotlar hozirga qadar davom etmoqda. Asosiy vazifa etib yagona standart va ushbu standartga asoslangan elektron arxivning tavsif formatini yaratish belgilangan. Shu sababli, elektron arxiv yaratish uchun chet el ilg‘or arxiv muassasalari tajribalarini o‘rgangan holda yondashish maqsadlarning amalga oshishida o‘rinli hisoblanadi. 1992-yilda Monreal shahrida Xalqaro arxiv kongressi tomonidan Arxiv tavsifi printsiplari to‘g‘risidagi Nizom qabul qilindi. Nizomda arxiv tavsifiga oid standartlarni yaratishda quyidagi vazifalar belgilanib qo‘yildi: • bir qolipga solingan adekvat va ortiqcha sharh talab qilmaydigan tavsif yaratishni kafolatlash; https://scientific-jl.com 2 9 3 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi • arxiv materiallari haqidagi ma’lumotlarni qidirish va o‘zaro almashishni muvofiqlashtirish; • avtoritet (me’yoriy) ma’lumotlardan qo‘shma foydalanish imkoniyatini taqdim etish; • yagona axborot tizimi doirasida turli manbalardan olingan tavsif yozuvlarini integratsiya qilish imkoniyatini ta’minlash. Ushbu tamoyillarga asoslangan holda arxiv tavsif elementlarini aniqlab beruvchi ISAD(G) (General International Standard Archival Description - Xalqaro umumiy arxiv tavsifi standarti) standarti yaratilgan. Bundan tashqari arxivshunoslar tomonidan yana bir qancha standartlar (ISAAR(CPF), ISDF, ISDIAH) yaratilgan. 1992-yilda Rossiya Davlat ilmiy-texnik hujjatlar arxivi Rossiyaning tarixiy va hujjatlarini saqlash markazi bilan birgalikda hujjatlarni elektronlashtirish uchun zarur loyihani amalga oshirganligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu loyiha doirasida quyidagi ishlar belgilab olingan: 1. Hujjatlarning bir nechta formatini yaratish 2. Yozma va qo‘lda yozilgan matnlarni elektronlashtirish. 3. Turli xil qog‘oz soyalari tushmasligi uchun skanerlash paytida papkalar tikilmagan bo‘ishi kerak bo‘lgan. Loyiha doirasida jami 14362 ta hujjat skanerdan o‘kazildi, shu jumladan 455 ta fotosurat, rasm va bosma nashrlar ham elektronlashtirilgan. Matnli hujjatlami skanerlash uchun DataCopy- 830 va Relisys rezolyutsiyasi 200-400 ballgacha bo‘lgan tekis skanerlardan foydalanilgan. Fotosurat hujjatlari va yirik formatdagi hujjatlarning kulrang rangdagi rasmlarini skanerlash uchun shtativda kamera shaklida tayyorlangan DataCopy-920 proektsion skaneri ishlatilgan bo‘lib, u yuqori piksellar soniga ega va sifatni yo‘qotmasdan kulrang shkaladagi hujjatlarni skanerlash imkonini beradi. Fotosuratlar 200 dan 1000 gacha (o‘lchamlari va tarkibiga qarab) bo‘lgan o‘lchamlarda skanerlangan. Ma’lumotlar bazasi dasturini ishlab chiqish vositasi sifatida YUNESKO tomonidan ishlab chiqilgan ISIS dasturiy ta’minot tizimining 3.2 versiyasi va Paskal ISIS dasturlash tili ishlatilgan. Ко‘rib chiqilgan loyihalarni amalga oshirish natijasida optik diskda matnli sug‘urta nusxalarini yaratish uchun asosiy texnologiyalari ishlab chiqilgan. 1996-yilda Rossiya arxiv ishlarini axborotlashtirish dasturi (1997-2000) tasdiqlangan, unga muvofiq avtomatlashtirilgan texnologiyalardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy va uslubiy hujjatlar ishlab chiqilib, elektron hujjat tavsiflari uchun standartlar va avtomatlashtirilgan arxiv texnologiyalari ma’lumotlari bazalari va ularning muvofiqligi ta’minlagan. Shuningdek, arxivlashda avtomatlashtirilgan arxiv texnologiyalarini (AAT) joriy etish jarayoni ikki yo‘nalishda rivojlangan: https://scientific-jl.com 2 9 4 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1.Davlat arxivlarida faoliyatning yo‘nalishlari bo‘yicha standartlashtirilgan ma’lumotlar bazalarini markazlashtirilgan holda ishlab chiqish hamda joriy etish belgilab olingan. Bu ish Rosarxiv rahbarligida tarmoqni axborotlashtirish dasturi, tadqiqot rejalari va ma’lumotlar bazasi komplekslari uchun texnik shartlarga muvofiq amalga oshirilgan. Ma’lumotlar bazalarining asosiy tashkil etuvchisi VNIDAD bo‘lib, arxiv muassasalarining asosiy vazifalari malakali kadrlar orqali kompyuterda amalga oshirish uchun istiqbolli arxiv texnologiyalarini ishlab chiqish bodgan. 2. Arxivlaming ehtiyojlari, axborot iste’molchilarining talablari, arxiv tomonidan qabul qilingan kompyuterlashtirish dasturlari, iqtisodiy va kadrlar resurslari hamda boshqa omillar asosida arxivlarning o‘zlari tomonidan amalga oshirila

Доказательный фрагмент

«This article covers research, research, international standards, World archives and their types, information technology used in archives.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article covers research, research, international standards, World archives and their types, information technology used in archives. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
archive, standards, information technologies, axborot texnologiyalari., Kalit so‘zlar: arxiv, standartlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники