К содержанию
РецензированоUZ2025

URUGʻLANISH JARAYONI XILLARI VA AHAMIYATI

Abdumalikova Habibaxon Mahsitali qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq) · Numanova Zaynabxon Farxodjon qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq) · Olimjonova Mohidil Ibrohimbek qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti Aniq) · Yo'ldashev Abduvali (Andijon davlat Pedagogika instituti)

Образовательные инновации и интеграция · 379-391 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada urug'lanish va ularning xillar haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Shuningdek, urug'lanish turlari, urug'lanishning kamchilik va afzalliklari, qo'shimcha urug'lanish to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Kalit so'zlar: Urug'lanish, tashqi va ichki urug'lanish, zigota, blastomerizatsiya, mikropile, urug' yulduzi, segmentatsiya, Singamiya, in vitro va in vivo. Urugʻlanish — jinsiy ko‘payish jarayonining asosiy bosqichidir.Urugʻlanish, singamiya — erkaklik jinsiy hujayra (urugʻ hujayra, spermatozoid, spermiy)ning urgʻochi tuxum hujayra bilan qoʻshilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm rivojlana boshlaydi. Odam va hayvonlarda urug'lanishdan oldin otalanish (urugʻ hujayraning urgʻochi hujayra jinsiy yoʻliga tushishi) sodir boʻladi. Urug'lanishda tuxum xujayra faollashadi, yaʼni tuxum va urugʻ hujayra xromosomalari gaploid toʻplami qoʻshilib, xromosomalar diploid toʻplami hosil boʻladi. Koʻpchlik hayvonlarda urug'lanish bilan birga rivojlanadigan organizm jinsi ham anikdanadi. Ota va ona allellarining qoʻshilishi tufayli irsiy omillarning yangi kombinatsiyasi vujudga keladi. Urug'lanish tufayli tabiiy tanlanish va tu gandonlaryutsiyasi uchun material boʻladigan genetik https://scientific-jl.com 2 9 7 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi xilmaxillik kelib chiqadi. Urug'lanish natijasida tuxum hujayra faollashib, boʻlinish jarayoni (blastomerizatsiya) boshlanadi. Hayvonlarda urug'lanishning ikki shakli maʼlum; monospermiyada tuxumhujayraga faqat bitta urugʻ hujayra kirgandan soʻng, boshqa urugʻ hujayralarning kirishi blokada qilinadi. Blokada qilinish mexanizmi tuxum hujayra sirtiga va uning poʻstiga kortikal tanachalarning suyuqlik ajratishi, tuxum plazmolemmasida roʻy beradigan qandaydir oʻzgarishlar bilan yuzaga kelishi mumkin. Monospermiya barcha tashqi urug'lanish va koʻpchilik ichki urug'lanish xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar uchun xos; polispermiya da tuxum hujayraga bir necha (bir necha oʻnta) spermatazoid kiradi; biroq bunday hollarda ham urgʻochi pronukleus bilan faqat bitta urugʻ hujayra qoʻshiladi. urug'lanishning bu xili ichki urugʻlanadigan ayrim guruh hayvonlar uchun xos boʻlib, evolyutsiya davomida ikkilamchi marta kelib chiqqan. Urug'lanishning har xil shakllarida gametalarning oʻzaro yaqinlashuvi va qoʻshilishi, asosan, bir xil kechadi. Ayrim hayvonlar tuxumhujayrasi poʻstida spermatozoid kirishi uchun teshikcha—mikropile boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar tuxumhujayrasida mikropile boʻlmaydi. Spermatozoid tuxumhujayraga akrosoma (spermatozoid ichki qismida joylashgan perforator organ) yordamida kirib oladi. Spermatozoid tuxumxujayraga yakinlashganida akrosomadan ajraladigan fermentlar xujayra poʻstini yumshatadi. Spermatozoid akrosomasi yoki uning boshchasi tuxum poʻsti orqali oʻtadi va ikkala gametalar plazmolemmasi koʻshilib, yagona hujayra — zigota hosil boʻladi. Odam va sut emizuvchilarning ovulyatsiyadan oʻtgan tuxum hujayrasi bir necha qavat follikulyar hujayralar bilan oʻralgan. Akrosoma fermenti gialuronidaza follikulyar hujayralarni bogʻlab turadigan shilimshiq moddani yemirib, spermatozoidlarga yoʻl ochib beradi. Gametalar plazmolemasining qoʻshilishi tuxum hujayraning faollashuviga olib keladi. Spermatozoid, odatda, tuxum hujayra sitoplazmasiga toʻliq oʻtadi; baʼzan uning bosh qismi oʻtib, tashqarida qolgan xivchini tushib ketadi. Spermatozoid sentrosomasi atrofida paydo boʻlgan nurlar "urugʻ yulduzi" deyiladi. Urugʻ yulduzi ikkiga boʻlinadi va birinchi boʻlinish (maydalanish) boʻlinish dukining shakllanishida ishtirok etadi. Spermatozoid yadrosi urugʻ yulduzi bilan birga tuxum sitoplazmasida harakatlanib, astasekin pufaksimon erkak pronukleusga aylanadi; uning xromatini yoziladi; yadro membranasi mayda pufakchalarga parchalanadi; pronukleus membranasi qaytadan shakllanadi. Bunday oʻzgarishlar tuxum hujayraning yetilib, urgʻochi pronukleus shakllanishi bilan birga boradi. Urgʻochi pronukleus ham tuxumning yuza qismidan uning markaziga koʻchadi. Tuxum hujayrada ikkala pronukleus hujayra markazida (sariqlik sitoplazmada bir tekis tarqalganida) yoki ooplazmaning sariqlik kam boʻlgan qismida birbiriga duch kelib, qoʻshilishadi. Ayrim hayvonlarda ikkala pronukleus oʻzaro qoʻshilib (kariogamiya), yaxlit yadro sinkarion hosil kiladi. Lekin, odatda, ular tuxum boʻlinishi boshlanib, https://scientific-jl.com 2 9 8 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi hujayra poʻsti yemirilguncha alohida turadi. Pronukleuslar qoʻshilishi bilan ota va ona gametalarning xromosomalari birinchi boʻlinish — maydalanish dukiga birlashadi. Otaona genlarining birlashuvi bilan urug'lanish jarayoni qiyomiga yetadi. Urug'lanish bosqichlari: a) Gametalar yetilishi (gametogenez).  Spermatogenez — erkak jinsiy hujayra (sperma) hosil boʻlishi.  Oogenez — urgʻochi tuxum hujayra (ovum) hosil boʻlishi. b) Gametalar uchrashuvi.  Erkak gametasi tuxum hujayrani topadi.  Bu jarayonga kemotaksis (kimyoviy moddalar orqal

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada urug'lanish va ularning xillar haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada urug'lanish va ularning xillar haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Urug'lanish, tashqi va ichki urug'lanish, zigota, blastomerizatsiya, mikropile, segmentatsiya, urug' yulduzi, Singamiya, Kalit so'zlar: Urug'lanish, in vitro va in vivo.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники