К содержанию
РецензированоRU2026

HUJAYRANING TUZILISHI, KIMYOVIY TARKIBI VA HUJAYRA NAZARIYASI

ABDUVOHIDOVA MARJONA ABDUSALIM QIZI · KENGASHOVA RUXSHONA SOBIRALI QIZI · TOʻXTASINOVA GULZODA JOʻRABEK QIZI

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Клетка является структурной, функциональной и управляющей единицей всех живых организмов (за исключением вирусов). Клетка определяется как наименьшая живая единица организма. Некоторые организмы являются одноклеточными, то есть имеют только одну клетку (например, бактерии). Другие организмы являются многоклеточными (например, среднестатистический человек состоит из 100 триллионов клеток; средний размер клетки составляет 10 микрометров, а ее масса — 1 нанограмм). Самая большая клетка — страусиное яйцо, длина которого составляет 15 см, а вес — до 1,4 кг. Клетка была впервые обнаружена Робертом Гуком в 1665 году. Ключение слова: Клетка, органоид, бактерии, вирусы, химический состав, организм, Роберт Гук, жизненные процессы, эукариот, прокариот, теория, умножение, деление, белок, липид. Annotation: A cell is the structural, functional, and functional unit of all living organisms (except viruses). A cell is defined as the smallest living part of an organism. Some organisms are unicellular, meaning they have only one cell (e.g., bacteria). Other organisms are multicellular (e.g., the average human is made up of 100 trillion cells; the average cell size is 10 micrometers and weighs 1 nanogram). The largest cell is an ostrich egg, which is 15 cm long and weighs up to 1.4 kg. The cell was first discovered by Robert Hooke in 1665. Key words: Cell, organoid, bacteria, viruses, chemical composition, organism, Robert Hooke, life processes, eukaryote, prokaryote, theory, multiplication, division, protein, lipid. Hujayra barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (lekin viruslardan tashqari). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Hujayra tuzilishiga koʻra prokariot va eukariot boʻladi. Prokariotlarda yadro qobigʻi shakllanmagan, eukariotlarda esa shakllangan boʻladi. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma va membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlarda esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz https://scientific-jl.com 3 0 1 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi natijasida hosil boʻladi. Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan 155 mm gacha boʻladi. Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalardir. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi. Hujayraviy tuzilish tirik mavjudotning asosiy qismini tashkil etgan organizmlarga xos. Hujayradan tashkil topgan tirik tabiat olamining barcha organizmlari 2 ta yirik guruxga bo’linadi. 1. Prokariotlar (Pro - avvalgi, karyon - yadro) bakteriyalar, ko’k yashil suv o’tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, xemavtotrof yoki fotoavtotrofjarayonlari bilan boradi, ko’payishi - jinssiz. 2. Eukariotlar (yey - to’la, karyon - yadro) zamburug’lar, o’simlik va hayvon hujayralari yadrolilar; ular yutish, so’rish bilan geterotrof yoki plastidalari yordamida fotosintez jarayoni orqali avtotrof oziqlanadi; ko’payishi jinssiz va jinsli usulda ro’y beradi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralardan hosil bo’ladi. Eukariot hujayrasining hosil bo’lishi haqida bir necha nazariyalar mavjud. Shulardan biri Margulisning hujayralar simbiozi nazariyasidir. Simbiotik nazariyaga ko’ra eukariot hujayralarining har bir tuzilmasi qadimiy prokariotlar ajdodi hisoblanadi. Bu nazariyaga ko’ra evolyusiyaning ilk bosqichida bijg’ish hisobiga yashovchi ayrim prokariotlar aerob bakteriyalarni fagotsitoz qilgan, ammo ular saqlanib, fagotsitoz qilgan hujayra bilan birgalikda yashayvergan. Buning natijasida aerob va anaerobdan iborat birga hayot kechiradigan yagona tuzilma shakllana borgan. Bunday simbiotik jarayon ikkala organizm uchun ham foydali bo’lganligidan, ular birgalikda yashab ketganlar va bu holat irsiyatga ham o’tgan. Bunday simbiotik holat tabiatda ham uchrab turadi. Masalan, ayrim amyobalar mitoxondriyaga ega bo’lmasa ham o’zlarida organik moddalarning aerob parchalanishini ta’minlovchi bakteriyalarni saqlaydi: fotosintez jarayoni ro’y beruvchi aerob organizmga - ko’k yashil suv o’tiga eukariot hujayra hosil qiluvchi dastlabki tuzilma, deb qaraladi. Hujayra mitoxondriyasining bir qadar avtonom tuzilma ekanligi simbiotik nazariyaning to’g’riligidan dalolatdir.Ma’lumki, mitoxondriya o’zining xususiy genetik apparatiga ega bo’lib, unda hujayraga bog’liq bo’lmagan holda reproduksiya jarayoni ro’y beradi. Mitoxondriya va bakteriya membranalari umumiy xususiyatlarga ega. Mitoxondriya DNK si gistonlardan xoli bo’lib, bakteriyalarniki kabi halqasimondir.

Доказательный фрагмент

«Клетка является структурной, функциональной и управляющей единицей всех живых организмов (за исключением вирусов).»

Образец извлечения

Демо-превью

Клетка является структурной, функциональной и управляющей единицей всех живых организмов (за исключением вирусов). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cell, organoid, bacteria, viruses, chemical composition, organism, прокариот, белок, бактерии, Роберт Гук, эукариот, деление, липид., организм, вирусы, умножение, химический состав, органоид, жизненные процессы, Ключение слова: Клетка, теория
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники