Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUJAYRA ORGONOIDLARI HAQIDA MA'LUMOT.
Yo'ldashev Abduvali · Axmadjonova Marg'uba Avazbek qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti o'qituvchisi) · Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti o'qituvchisi) · Abduqodirova Marjona Rõzibek qizi (Andijon Davlat Pedagogika Instituti o'qituvchisi)
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
This article provides information about cell organelles, namely their structure, formation, and appearance. Key words:Leucoplast, Golgi complex, lysosome, perisome, vacuole, mitochondria, leucoplast, endoplasmic reticulum, microvilli, tonofibril, neurofibrils, myofibrils. Kirish. Hujayra organoidlari-hujayraning doimiy tarkibiy jismi bo‘lib, ma’lum tuzilishga ega va maxsus vazifalarni bajaradi. Hujayraning umumiy va maxsus organoidlar farq qilinadi. Umumiy organoidlarga mitoxondriya, sitoplazmatik (endoplazmatik) to‘r, ribosoma, Golji kompleksi, lizosoma, mikronaycha, sentrosoma, peroksisoma; maxsus organellalarga esa tonofibrilla, miofibrilla, neyrofibrillalar, kiprikchalar va mikrovorsinkalar kiradi. Hujayra organoidalari tuzilishi bo‘yicha membranali va membranasi bo‘lmagan hujayra organoidlarga bo‘lish https://scientific-jl.com 3 0 6 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi mumkin.Membranali hujayra organoidlari. Yuqorida hujayralarning turli membranalarning prinsipal bir xil tuzilganligi qayd qilingan edi. Membranalar asosan lipid, oqsil, suvdan tashkil topgan. Hujayra ichki tuzilmalarning membranalari oqsil va lipid tarkibining o‘zgarishi bilangina farqlanmasdan ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastruktur tuzilishi bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday o‘ziga xos tuzilishi ularning funksion ixtisoslanishiga bog‘liq. Turli xil vazifani bajaruvchi membranalar fermentlar va ularning aktivlik darajasiga qarab farqlanadi. Fermentlarning aktivligi esa hujayraning boshqakomponentlari ayniqsa suv va lipidlar bilan munosabatiga bog‘liq. Bu holatda membranalar fermentlarning aniq joylashishi uchun struktur karkas rolini o‘ynaydi. Shunday qilib, hujayra sitoplazmasining membranalari funksional va struktur tarafdan aniq ixtisoslashtirilgan va bu xolat membrananing kimyoviy tuzilishi va molekulalarning joylashishiga bog‘liq.Membranali hujayra organoidlari. Hujayraning umumiy organoidlaridan mitoxondriya, endoplazmatik to‘r, plastinkasimon kompleks (Golji kompleksi), lizosoma va peroksisomalar kiradi. o‘simlik hujayralarida plastida va vakuollar ham bo‘ladi.Membranasi bo‘lmagan hujayra organoidlari. Bu organoidlar turli xil tuzilishga ega bo‘lgan va spesifik vazifasini bajaruvchi organoidlar, ribosoma, mikronaycha, sentrosoma va fibrillyar tuzilmalar kiradi.Ribosomalar alohida tuzilmalar xisoblanib, ular ko‘pincha plazmatik to‘r bilan kompleks hosil qiladi.Mikrokarnaycha va senrosomalar iqsil tabiatli subbirliklardan tashkil topgan. Oqsil globulalari marjonlarsingari o‘zaro bog‘lanib fibrillalar hosil qiladi. Hujayrada senrosoma singari mikronaychalardan tashkil topgan kiprikchalar, xivchinlar ham bo‘lib, ular yuqorida qayd qilingan organoidlardan farqli ravishda ustki tarafdan membranali sruktura bilanqoplangan. Hujayraning fibrillyar tuzilmalar hujayra sitoplazmasida ma’lum tartibda joylashishi yoki hujayraning maxsus organellalari mikrovorsinka, tonofibrilla, neyrofibrillalar, miofibrillalarni hosil qilishi mumkin.Hujayra organellalarini bajaradigan funksiyalarning bir-biriga bog‘liqligi asosida ham o‘rganiladi. Hujayraning vakuolyar tizimini tashkil qiluvchi organoidlarga: endoplazmatik to‘r (retikulum), ribosomlar, lizosomalar, Golji apparati, peroksisomalar va o‘simlik vakulolari kiradi.Vakuolyar tizim hujayrada moddalarning kirishi, tashilishi, ajralishi, yangi moddalarning sintezlanishi, qoldiq moddalarning chiqarilishi va barcha fermentativ reaksiyalarni amalga oshiradi hamda hujayra barcha qismlarning bir-biri bilan aloqasini ta’minlaydi. Vakuolyar tizim-metobolistik jarayonlar asosidir.Mitoxondriya va plastidalar hujayrada energiya almashinuvini ta’minlovchi organellardir. Shu munosabat bilan mitoxondriya va plastidalar ikki qavat membranali bo‘lib, energetik jarayonlar asosini tashkil etadi.Sitoplazmaning fibrillyar tizimini mikrofibrillalar va mikrofirmentlar tashkil etadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ / LITERATURE REVIEW) https://scientific-jl.com 3 0 7 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Mitoxondriyani birinchi bo‘lib tekshirgan olimlar Kelliker (1850y) muskulda, keyinroq Flemming 1883 yil, Al‘tman 1890 y, Mixoles 1898y ta‘riflaganlar. Ularning shakli o‘zgarib turadi, spiralsimon, yumaloq, egri, tayoqcha donador va boshqa holatlarda uchrashi mumkin. 1676 yildada A.Van Levenguk o‘rganadi, 1882 yilda A.SHimper davom ettiradi, ul‘trastrukturasini, A. Frey-Visling o‘rganadi.Plastidlar faqat yashil o‘simlik hujayralarida bo‘ladigan organoid hisoblanadi. SHimper 1885 yili barg hujayralaridya yashil donachalardan tashqari sariq, to‘q sariq va rangsiz tanachalarni kuzatdi va ularni plastidalar deb nom berdi. Fotosintez jarayoni amalga oshuvchi eukariot organizmlar hujayrasida uchraydi. Yuksak o‘simliklarda plastidalarning 3 turi uchrab, bir biriga aylanib turish xossasiga egadir.Endoplaztik tur (retikulum). Elektron mikroskopda tekshiriladigan to‘qimani yupqa
Доказательный фрагмент
«This article provides information about cell organelles, namely their structure, formation, and appearance.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about cell organelles, namely their structure, formation, and appearance. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Leucoplast, Golgi complex, lysosome, perisome, vacuole, golji kopleksi, mitoxondriya, mikrovorsinka, Kalit so‘zlar: Leykoplast, miofibrillalar., neyrofibrillalar, lizosma, leykoplast, vakuolyar, perisosoma, endoplazmatik to‘r, tonofibrilla
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024