К содержанию
РецензированоUZ2026

TIL TAʼLIMIGA KO‘RSATILAYOTGAN EʼTIBOR HAMDA G‘AMXO‘RLIK

Qurbonova Feruza Ilhomovna

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article discusses the need to develop a step-by-step system for assessing Uzbek language knowledge and using modern advanced methods and tools for testing graduates' oral and written literacy, as well as foreign experience in this regard. It is necessary to clearly define the criteria at which level of knowledge of the native language a graduate of a general secondary school has the right to study in higher education institutions (as well as in which higher education institution, depending on the differences in level). This requires the need to reform the assessment and testing system and indicates the need to introduce tests such as interviews and writing creative work (such as a motivational letter, essay, etc.) in higher education institutions. Key words: mother tongue, education, quality and efficiency, state language, prestige and authority. АННОТАЦИЯ: В данной статье рассматривается необходимость разработки поэтапной системы оценки знаний узбекского языка и использования современных передовых методов и средств проверки устной и письменной грамотности выпускников, а также зарубежный опыт в этом направлении. Необходимо четко определить критерии, при каком уровне знания родного языка выпускник средней общеобразовательной школы имеет право обучаться в высших учебных заведениях (а также в каком вузе, в зависимости от различий в уровнях). Это обусловливает необходимость реформирования системы оценки и https://scientific-jl.com 1 2 6 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi тестирования и указывает на необходимость внедрения в высших учебных заведениях таких тестов, как собеседования и творческое письмо (например, мотивационные письма, эссе и т. д.). Ключевые слова: родной язык, образование, качество и эффективность, государственный язык, престиж и авторитет. O‘zbekistonda barcha jabhalarda kechayotgan islohotlar jarayoni taʼlim sohasini tobora kengroq va chuqurroq qamrab olmoqda. Xususan, bu yili ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida fizika bilan bir qatorda xorijiy tillar tanlanishi eʼtirofga sazovordir. Shu o‘rinda beixtiyor o‘tgan asr boshidagi maʼrifat fidoyilari – jadid bobolarimizning g‘oya va qarashlari yodga tushadi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy dunyo donishmandlari asarlaridan xabardor bo‘lish, jahon adabiyoti durdonalaridan chinakamiga lazzatlanish, shuningdek, zamonasini anglash, taraqqiyot uchun chet tilini bilish o‘ta muhimligini taʼkidlaydi. Chunonchi, jadidlar yetakchisi millat farzandlari o‘z naʼfi, jamiyatda muhim mavqe va obro‘ga ega bo‘lishi uchun xorijiy tilni bilishi zarurligi haqida so‘zlab, qatʼiyat bilan “Xulosa, bugun bizlarga to‘rt tilga tahrir va taqrir etguvchilar kerak”, deya bong urgan edi. Mamlakatimizda til masalasiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, xususan, davlat tilining nufuzi va obro‘sini ko‘tarish, ona tilimizni asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlar o‘z mohiyat-eʼtibori bilan maʼrifatparvar bobolarimizning ushalmagan orzu- armonlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi amaliy harakatlar ekanligi jihatidan beqiyosdir. Barchaga maʼlumki, jahon hamjamiyatiga integratsiya jarayonida, dunyo bozoriga dadil va faol kirib borilayotgan pallada xorijiy til bilimlariga ehtiyoj ortishi tabiiy. Shu bois bugungi kunda soha mutaxassisining har tomonlama yetukligi mezonlari o‘z ona tili bilan bir qatorda, bir emas, bir necha chet tilini bilishi lozimligini taqozo etmoqda. Shu yilning 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi ana shu dolzarb masalaga bag‘ishlandi. Milliy taʼlim tizimimiz jiddiy islohotlarga muhtoj ekanligi ayni haqiqat. Xususan, hozirgi kunda kadrlarning til savodxonligi darajasi talabga javob bermayapti. Og‘zaki va yozma nutq madaniyati yuqori, mantiqiy fikrlash va uni ifoda eta olish ko‘nikmalariga ega, nutq uslublarini farqlay oladigan, fikrini usluban to‘g‘ri bayon eta oladigan, tahliliy fikrlash ko‘nikmalari shakllangan mutaxassisga ehtiyoj katta. Bu borada bir qator masalalar o‘z yechimini kutmoqda. Davlat tomonidan til taʼlimiga ko‘rsatilayotgan eʼtibor hamda g‘amxo‘rlik, bu borada amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan saʼy-harakatlar mazkur soha mutaxassislari, kasb egalari qalbida minnatdorchilik tuyg‘usi uyg‘otishi bilan birga, ular zimmasiga jiddiy masʼuliyat va javobgarlik hissi ham yuklaydi. Til o‘qitishning https://scientific-jl.com 1 2 7 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi amaldagi holati va taʼlim beruvchilar bilim darajasining yetarli darajada emasligi, “bugungi kunda oliygohlardagi 78 foiz professor-o‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi qoniqarsiz ahvolda ekani” jiddiy tashvish uyg‘otadi. O‘z ona tilining qonuniyatlari hamda qoidalarini mukammal egallamagan talabadan xorijiy tilni yuksak darajada egallashni talab qilish mushkul. Shu bois o‘rta maktabda ona tilini o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish nafaqat davlat tilining nufuzi va obro‘sini saqlab qolishga

Доказательный фрагмент

«This article discusses the need to develop a step-by-step system for assessing Uzbek language knowledge and using modern advanced methods and tools for testing graduates' oral and written literacy, as well as foreign…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the need to develop a step-by-step system for assessing Uzbek language knowledge and using modern advanced methods and tools for testing graduates' oral and written literacy, as well as foreign… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mother tongue, education, quality and efficiency, state language, o‘qitish, sifat va samaradorlik, nufuz va obro‘., Kalit so‘zlar: ona tili, davlat tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники