Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH DARAJADAGI FLE O‘RGANUVCHILARDA TALAFFUZNI RIVOJLANTIRISHDA FONETIK FAOLIYATLARNING TA’SIRI
YO‘LIDAGI SA’Y-HARAKATLARI · Narzulloyeva Dilfuza Bahriddin qizi
Образовательные инновации и интеграция · 130-139 · 2025
Аннотация
This article is devoted to the study of Abdurauf Fitrat’s efforts to awaken the nation through the new press. It analyzes Fitrat’s ideas aimed at developing national consciousness, modernizing education, and promoting social justice through his articles, writings, and the newspapers and magazines he edited. The article highlights Fitrat’s activities in the modern press as one of the main factors in his calling the nation to the path of enlightenment and progress. The article also highlights Fitrat’s contribution to strengthening national identity and promoting the Uzbek language and culture through the press. Keywords: The ideas of the Jadid movement, social progress, social justice and equality, a national newspaper, freedom and justice. Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat o‘z zamonining yetakchi adiblardan biri sifatida tanilgan bo‘lib 1886-yil Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ilgan. U o‘zining ijodiy faoliyatida Buxoro va Turkistondagi maorif, madaniyat va ijtimoiy hayot masalalariga alohida e’tibor qaratgan. Fitrat 1909-yilda Istanbulga o‘qishga borib, u yerda turli fikrlar va g‘oyalar bilan tanishdi. U Istanbul dorilfununida tahsil olgan davrda zamondoshlari bilan birgalikda “Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati” ni tuzdi. Bu uyushma Buxoro ta’limini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirdi. Uning dastlabki asarlari, jumladan, “Sayha” (“Chorlov”) to‘plami 1911-yilda chop etildi. Bu to‘plamda Fitratning adabiy qobiliyati va ma’rifatparvarlik g‘oyalari namoyon bo‘ladi. “Sayyohi hindi” va “Munozara” kabi asarlar ham unga nisbatan yuqori baholandi va ularning badiiy jihatlari hamda ijtimoiy mazmuni e’tiborga molikdir. Uning “Adabiyot qoidalari”, “Eski o'zbek adabiyoti namunalari” va “Aruz haqida” kabi asarlari nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyotda ham adabiyotshunoslikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy va Bedil haqidagi tadqiqotlari https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 5 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish bilan birga, bu buyuk shoirlar va ularning asarlarini chuqur tahlil qilish imkonini yaratdi. Fitratning ilmiy kuzatuvlari, shuningdek, o‘z davrida adabiy tanqidning rivojlanishiga ham hissa qo‘shdi. Fitratning asarlari nafaqat o‘zbek tilida yozilgan adabiyotlarni o‘rganishga yordam beradi, balki umuman Sharq adabiyoti tarixini to‘liqroq anglashga xizmat qiladi. Jadidchilik harakati Turkiston hududida o‘ziga xos ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Bu harakat, asosan, musulmon jamiyatining modernizatsiyasi, ta’lim tizimini yangilash va xalqni savodsizlikdan chiqarish maqsadida tashkil etilgan edi. Jadidlar ta’limda yangi metodlarni joriy qilishga, o‘qituvchilarni tayyorlashga va yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishga intilishdi. Ushbu jarayonda matbuot alohida ahamiyat kasb etdi. Jadidlar gazeta va jurnallar orqali o‘z g‘oyalarini keng ommaga yetkazdilar, muammolarni ko‘tardilar va xalqqa yangiliklar haqida ma’lumot berdilar. “Taraqqiy”, “Sadoyi Turkiston”, “Hurriyat”, “Najot” va “Oyina” kabi nashrlar, nafaqat ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarqatishda, balki milliy ongni rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynadi. “Taraqqiy” gazetasi Turkistondagi ilk milliy gazeta sifatida tarixda muhim o‘rin egallaydi. 1906-yil 14-iyunda Tatar taraqqiyparvari Ismoil Obidiy muharrirligida chop etilgan bu gazeta, nafaqat o‘z davrining muhim voqealarini yoritgan, balki Turkiston musulmonlarini birlikka chaqirgan. Gazetaning kirish maqolasi Ismoil Obidiyning “Toshkent 14-iyun” maqolasi bo‘lib, unda u xalqni o‘zaro nizolarni tugatishga va birlashishga undaydi. Gazetaning shiori “Najot: maslakda sabot; to‘g‘rilikni ijobat” deb belgilangan bo‘lib, bu ham uning maqsadidan kelib chiqadi. Maqolada u millatning kelajagi ilm-u ma’rifatga bog‘liqligini ta’kidlaydi va demokratik islohotlardan faqat ma’rifatli millatlar foydalana olishini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, gazetaning dastlabki sonida Munavvar qori Abdurashidxonovning “Bizning jahl, jahli murakkab” maqolasi ham e’lon qilingan. Ushbu maqola Turkiston xalqlarining an’anaviy turmush tarzini tahlil qilib, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan illat va bid’atlarni tanqid qiladi. Munavvar qori xalqni ushbu illatlarga qarshi kurashishga chaqiradi va uning g‘oyalari shu paytgacha https://scientific-jl.com/luch/ 1 6 6 Часть-37_ Том-5_ Январь-2025 ilg‘or fikrlovchilar tomonidan hurmat bilan eslanadi. “Taraqqiy” gazetasi Turkistonning madaniy hayotida yangi sahifa ochgan va mahalliy aholi o‘rtasida ilm-fan va madaniyatga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim rol o‘ynagan. Shu bilan bir qatorda, “Najot” gazetasining tarixi va uning shiori “Musovvat, hurriyat, adolat” Turkiston musulmonlari uchun muhim bir madaniy va siyosiy nashr bo‘lganini ko‘rsatadi. Munavvar qori Abdurashidxonovning muharrirlik qilishi va gazetaning Chor hukumati zulmidan qutilish maqsadida yaratilgani, uning o‘z davrida qanday ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega ekanligini
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the study of Abdurauf Fitrat’s efforts to awaken the nation through the new press.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the study of Abdurauf Fitrat’s efforts to awaken the nation through the new press. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The ideas of the Jadid movement, social progress, social justice and, fonologik xatolar, burun tovushlari, Kalit so‘zlar: Fonetik transkripsiya, urg‘u va intonatsiya, tinglab tushunish ko‘nikmasi, fonetik qisqarishlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026