К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDUXOLIQ G‘IJDOVONIY HAYOTI VA ILMIY-MA’NAVIY MEROSI TARIXIY MANBALARDA YORITILISH

TARIXIY MANBALARDA YORITILISH · Sayfidinova Zarina Nabijon qizi · O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

This article analyzes the life, activities, and scholarly-spiritual legacy of Abdukholiq Gijduvani based on historical sources. In particular, it examines the socio- political context of his time, his Sufi views, and his connections with Sufi orders around Bukhara. The article explores the works attributed to Gijduvani, as well as testimonies by later generations of Sufis, using a historical-source-based approach. His role in the formation of the Naqshbandi order is also assessed. The study highlights the contemporary relevance of Gijduvani’s legacy in today’s spiritual and moral life. Key words: : Sufism, religion, Khojagon, mystic, philosophy, ethics, social issues, tolerance Tasavvuf — islom dini doirasida shakllangan va insonning Allohga bo‘lgan muhabbatini, qalb pokligini, ma'naviy kamolotni asosiy maqsad qilib olgan ruhiy va axloqiy yo‘nalishdir. Uning asosiy g‘oyasi – nafsni poklash, dunyoviy mayllardan voz kechish va Robbiga ixlos bilan bog‘lanishdir. Tasavvuf ahli, ya'ni sufiylar, shariat amrlarini puxta ado etish bilan birga, botiniy jihatdan ham o‘zini tarbiyalashga alohida e'tibor beradilar. Tasavvuf o‘z rivoji davomida turli maktab va tariqatlar shaklida namoyon bo‘lib, ularning har biri ruhiy kamolotga erishish uchun maxsus usullar va tarbiyaviy https://scientific-jl.com 1 8 2 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yo‘llarni ishlab chiqqan. Ayniqsa, Movarounnahr va Xuroson mintaqalarida tasavvuf maktablari keng tarqalib, islom ma'naviyatining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Tasavvuf tom manodagi poklanish bo’lib bu yo’ldagi kishi insonga xos bo’lgan barcha yomon xislatlardan poklanishi eng yaxshi xislatlar bilan bezanishi , komil insonga aylanishi oxir oqibatda Xudo roziligini topib unga yetishishidir. Abdulholiq G‘ijduvoniy ana shunday tasavvufiy an'analarni davom ettirgan ulug‘ mutasavviflardan biri bo‘lib, o‘zining chuqur ilmiy merosi va ruhiy tajribalari orqali islom tasavvufining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy ismi va merosi yurtimizda keng tanilgan. Ayniqsa, 2003 yilda G‘ijduvon shahrining 900 yillik to‘y marosimlari munosabati bilan u kishining hayoti va faoliyatiga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi. Shuni inobatga olib, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy kabi yirik mutasavvif olimning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy (taxallusi: Xoja Jahon) o‘z davrining yetuk mutasavvifi, ilohiyotshunosi va ma’naviy rahnamosi sifatida Islom olamida chuqur hurmat qozongan shaxsdir. Uning ilmiy-ma’naviy merosi tasavvuf tarixida muhim o‘rin egallaydi. Abduxoliq G‘ijduvoniy, asosan, o‘zining ruhiy yetukligi, ta’limotining salohiyati va shogirdlari orqali mashhur bo‘lib, nafaqat Movarounnahr, balki keng musulmon dunyosida ham tanilgan. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy 1103 yilda Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahrida tavallud topgan.. Nasabidan kelib chiqib, otasi — Xoja Abduxamil Rumiy Rahmatullohi Alayh ham o‘z zamonasi ilm-fani va diniy hayotida muhim shaxs bo‘lgan. Rumiy naslidan kelib chiqqan otasi zamonining mashhur imomi sifatida tanilgan va diniy hayotda faol ishtirok etgan. Uning otasi Abdujamil asli turkiy qabilalardan bo‘lib, zamon hodisalari tufayli Buxoroga ko‘chib kelgan Yosh Abduxoliq ilm olish maqsadida o‘z zamonasining yetuk olimlaridan biri, Sadriddin nomli mudarrisdan ta‘lim olgan. Yoshligidan ilmga va ma‘naviyatga chanqoq bo‘lgan G‘ijduvoniy, yigirma ikki yoshida Buxoroda mashhur tasavvuf piri Xoja Yusuf Hamadoniy bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuv uning hayotida tub burilish yasaydi va tasavvuf yo‘liga kiradi. U bu yo‘lda katta kamolot va yetuklikka erishadi. Abduxoliq G‘ijduvoniy yoshligidan Qur’oni Karimni yod olish va diniy ilmlar asoslarini mukammal o‘zlashtirishga kirishgan. To‘qqiz yoshida Qur’onni xatm qilgani haqida manbalar xabar beradi. Yoshligidan boshlab u zikr majlislarida faol qatnashgan va ruhiy tarbiyada chuqur kamol topgan. Uning dastlabki ustozlaridan biri tafsir ilmining yirik vakili Imom Sadriddin bo‘lgan. Imom Sadriddin qo‘lida Qur’on tafsirini chuqur o‘rganib, nafaqat zohiriy, balki botiniy ma’nolarni anglashda yetuk mahoratga erishgan. Ayniqsa, "Udu‘ Rabbakum tadorru’an va xufyatan" ("Parvardigoringizni iltijo va yashirin tarzda duo https://scientific-jl.com 1 8 3 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi qiling") oyatining ta’limoti asosida, G‘ijduvoniy zikrni baland ovozda emas, balki qalbda va sirli tarzda ado etishni ustuvor deb bilgan. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy ilm va ma’rifatni faqat kitobiy bilimlar bilan emas, balki Allohdan ato etiladigan laduniy ilm bilan ham bog‘lagan. Unga ko‘ra, haqiqiy bilim sabr, fidokorlik, to‘g‘ri niyat va Alloh taolo marhamati orqali nasib etadi. Laduniy ilmga erishish, uning fikricha, insonning ichki pokligi va ruhiy yetukligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy nafaqat o‘zining zamonasida, balki undan keyingi asrlarda ham tasavvuf va diniy-ma’naviy hayot ri

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the life, activities, and scholarly-spiritual legacy of Abdukholiq Gijduvani based on historical sources.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the life, activities, and scholarly-spiritual legacy of Abdukholiq Gijduvani based on historical sources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sufism, religion, Khojagon, mystic, philosophy, ethics, social, Kalit so’zlar: Tasavvuf, mutasavvif, tariqat, falsafa, bag’rikenglik, ijtimoiy masalalar, xojagon, etika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники