Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EPIFIZNING ULTRASTRUKTURAVIY TASHKIL ETILISHI VA FUNKSIYALARI.
Mamasoatov Ozodbek Shamsiddin o‘g‘li · Ilmiy rahbar: Ibodulla Tursenmetov
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur ishda epifiz bezining (glandula pinealis) morfologik va funksional xususiyatlari, uning rivojlanish bosqichlari hamda asosiy hujayra turlarining tuzilishi va faoliyati yoritib berilgan. Epifiz bezining asosiy hujayralari — pinealotsitlar melatonin gormonini sintez qilishda ishtirok etadi va bu gormon organizmning biologik soatini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Gliya hujayralari esa pinealotsitlarga trofik va strukturaviy yordam ko‘rsatadi. Bezning sitoplazmatik organellalari, xususan mitoxondriya, Golji apparati va endoplazmatik retikulum melatonin sintezi va sekretsiyasini ta’minlaydi. Embrional rivojlanishda epifiz ikki kurtakdan hosil bo‘lib, bolaning bir yoshida to‘liq shakllanadi. Shuningdek, epifiz gormonlari gipotalamus va gipofiz faoliyatiga ta’sir ko‘rsatib, endokrin tizimning o‘zaro muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Ushbu ish epifiz bezining morfo- funksional ahamiyatini chuqur tahlil qiladi va uning fiziologik jarayonlardagi o‘rnini ilmiy asosda ochib beradi. Kalit so‘zlari: Epifiz bezi, glandula pinealis, pinealotsit, melatonin, sirkadian ritm, gliya hujayralari, neyrogliotsit, mitoxondriya, Golji apparati, serotonin, embriogenez, endokrin tizim, morfologiya, ultrastruktura, gipotalamus, gipofiz, antigonadotropin. Epifiz (lotincha: glandula pinealis) miyaning kichik endokrin bezidir, u asosan melatonin gormonini ishlab chiqarish bilan mashhur. Bu bez organizmning sirkadian ritmlarini boshqarishda va turli fiziologik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Epifizning ultrastrukturaviy tashkil etilishi uning funksiyalarini tushunishda asosiy ahamiyatga ega, chunki uning hujayra tuzilishi va molekulyar mexanizmlari melatonin sintezi va sekretsiyasi bilan bevosita bog‘liq. https://inlibrary.uz 9 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Epifiz miyaning uchinchi qorincha devori yaqinida joylashgan bo‘lib, konus shaklidagi kichik organ hisoblanadi. Uning ultrastrukturasi mikroskopik darajada quyidagi asosiy komponentlardan iborat: 1 Hujayralar turlari: Pinealotsitlar: Epifizning asosiy hujayralari bo‘lib, melatonin ishlab chiqarish va sekretsiya qilish uchun javobgardir. Ushbu hujayralar uzun sitoplazmatik jarayonlarga ega bo‘lib, ular orqali sekretsiya jarayoni amalga oshiriladi. Elektron mikroskopda pinealotsitlarning yadrosida yaxshi rivojlangan yadrochalar va sitoplazmada ko‘p sonli mitoxondriyalar, silliq va qo‘pol endoplazmatik retikulum (EPR) va Golji apparati aniqlanadi. Gliyal hujayralar: Astrotsitlarga o‘xshash hujayralar bo‘lib, pinealotsitlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni oziq moddalar bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Kapillyarlar va endotelial hujayralar: Epifiz yaxshi qon bilan ta’minlanadi, bu esa gormonlarning qon oqimiga oson kirishini ta’minlaydi. Sitoplazmatik Organellalar: Mitoxondriyalar: Pinealotsitlarda ko‘p miqdorda mavjud bo‘lib, melatonin sintezi uchun zarur energiyani ta’minlaydi. Golji apparati: Gormonlarning qadoqlanishi va sekretsiyasi uchun muhimdir. Lizosomalar va vezikulalar: Hujayra ichidagi moddalar almashinuvida va sekretsiya jarayonlarida ishtirok etadi. Taraqqiyoti. Epifiz kurtaklari odam embrionining 5-7 - haftalarida oraliq miya tomining kichik bo‘rtmasi sifatida paydo bo‘ladi. Bo‘rtmaning oldingi tomonida epifizning spongioblastlar to‘plamidan uning ikkinchi kurtagi paydo bo‘ladi. Keyinchalik ikkala kurtak birlashib, ular orasida torgina yoriq-pineal qorincha qoladi. Embrional taraqqiyot davrida epifiz ikki marta o'z tuzilishini o'zgartiradi. Bu o‘zgarishlar tug'ilgan bolaning 8-9 oyligigacha davom etadi. Epifizning to‘la shakllanishi bola bir yoshga yetganida tugallanadi. Tuzilishi. Epifiz tashqi tomondan biriktiruvchi to gimali kapsula bilan o'ralgan. Kapsuladan bez parenximasiga biriktiruvchi to qimali to siglar - septalar davom etib, https://inlibrary.uz 1 0 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ular tarkibida gon tomirlar yotadi. Bez parenximasi hujayralar tasmalaridan va to plamlaridan iborat. Epifizda iki xil hujayralar tafovut etiladi: 1) parenxima hujayrasi - pinealotsitlar va 2) glial hujayralar. Pinealotsitlar - epitelioid (bosh) hujayralar epifiz parenxi- masida asosiy hujayra hisoblanadi. Bu hujayralar yumaloq yoki noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lib, nozik tarmoqlangan o'simtalar tutadi. Hujayra o‘simtalaridan ayrimlari ko‘chib qon tomirlar atrofiga - biriktiruvchi to qimaga yo naladi. Pinealotsitlarning ba'zilari elektron to q sitoplazmaga ega bo‘lsa, ayrimlarining sitoplazmasi elektron och bo’ladi. Bunday bo lishi shu hujayralarning funksional holatiga bog‘liq bo'lsa kerak. Elektron zich sitoplazmali hujayralar och hujayralarga nisbatan ko'p bo‘ladi. Pinealotsitlarning yadrosi yumaloq va yirik bo‘lib, ko'p miqdordagi geteroxromatin yadro chekkasida joylashadi. Epifizning neyrogliya (tayanch, yoki interstitsiy) hujayralari yulduzsimon astrotsitlardan iborat bolib, bu och hujayralar epifizda ko'plab uchraydi. Ultrastrukturasi bo'yicha ham bu hujayralarning sito
Доказательный фрагмент
«Mazkur ishda epifiz bezining (glandula pinealis) morfologik va funksional xususiyatlari, uning rivojlanish bosqichlari hamda asosiy hujayra turlarining tuzilishi va faoliyati yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur ishda epifiz bezining (glandula pinealis) morfologik va funksional xususiyatlari, uning rivojlanish bosqichlari hamda asosiy hujayra turlarining tuzilishi va faoliyati yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gliya hujayralari, glandula pinealis, pinealotsit, mitoxondriya, serotonin, gipofiz, endokrin tizim, ultrastruktura, antigonadotropin., gipotalamus, Kalit so‘zlari: Epifiz bezi, Golji apparati, sirkadian ritm, neyrogliotsit, melatonin, morfologiya, embriogenez
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025