К содержанию
РецензированоUZ2026

ABDUQAYUM YO‘LDOSHNING HIKOYANAVISLIK MAHORATI

Xurshida Ergasheva

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’ring ega iste’dodli adib Abduqayum Yo’ldoshning yozuvchilik badiiy mahorati, jumladan, obraz va xarakter yaratish va ruhiy tasvir ifodalashdagi o’ziga xosligi kabi masalalar muallif qalamiga mansub “Boy” hikoyasi misolida ochiqlandi. Shuningdek, uning zamonaviy voqelikni badiiy ifodalash tamoyili, jamiyat va inson o’rtasidagi ziddiyatlarni ifodalash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kalit so’zlar: hikoya, mahorat, poetika, uslub, konflikt, kolliziya, syujet, nasr, ruhiyat, ruhiy tasvir. O‘zbek adabiyotida zamonaviy voqelikni badiiy ifodalash mahorati muhim masalasi yo‘lida ijod qilgan yozuvchilar orasida Abduqayum Yoʻldosh o‘ziga xos uslub va badiiy yondashuvi bilan ajralib turadi. U o‘z asarlarida inson ruhiyatining chuqur qatlamlarini o‘rganishga, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy muammolarini tasvirlashga intiladi. Yozuvchi jamiyatdagi ba’zi ijtimoiy adolatsizliklarni, qarama- qarshiliklarni va inson huquqlari muammolarini tasvirlashga katta e’tibor qaratadi. Asarlarida ko‘pincha jahon va milliy madaniyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, oddiy xalqning turmush manzaralarini, ularning yashash sharoitlari haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, hikoyalarida personajlarning ichki dunyosi, qalb kechinmalari, ruhiyati tasviriga alohida diqqat qaratadi. Adib qahramonlarning ichki konfliktlarini, o‘z-o‘zini anglash jarayonlarini chuqur tahlil qiladi. Jumladan, muallif qalamiga mansub “Boy” hikoyasi jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, insoniy qadriyatlar va boylik tushunchasi atrofida o‘ziga xos falsafiy-badiiy mushohada tarzida yozilgan. Asarda muallif oddiy voqeani tasvirlash orqali chuqur ijtimoiy mazmunni ochib beradi. Bu hikoyasi orqali muallif moddiyat va insoniylik o‘rtasidagi ziddiyatni yoritadi. Hikoya boshidan oxirigacha boylik ortidan quvgan insonning qanday qilib ma’naviy jihatdan inqirozga yuz tutishi ko‘rsatiladi. Norboy bobo obrazi orqali esa muallif chin insoniy qadriyatlar, mehnat va halollik timsolini yaratadi. Yozuvchi “boy” so‘zini ramziy ma’noda ishlatib, haqiqiy boylik — qalb pokligi va jamiyatga foydali bo‘lishda ekanligiga urg’u qaratadi. Hikoyaning g‘oyasi jamiyatda moddiy boylik mezoniga asoslangan qadriyatlar tizimining soxta va insonga yotligini fosh etishdan iborat. Muallif bu orqali o‘quvchini insoniylik, mehr, oddiylik kabi unutilgan qadriyatlarga qaytishga undaydi. https://inlibrary.uz 9 2 45-son_2-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Hikoyada oddiy bir inson — bir vaqtlar kambag‘allikda yashagan, keyinchalik mol-dunyoga egalik qilgan qahramon hayoti orqali jamiyatda boylik va kambag‘allik o‘rtasidagi tafovutni badiiy yoritadi. Hikoya ichki monolog, muallif pozitsiyasi va turfa obrazlar orqali voqealar ketma-ketligini emas, balki ichki ruhiy holatni ifodalashga urg‘u beradi. Hikoyadagi asosiy qahramon Boy ma’naviy jihatdan qashshoqlashgan obrazdir. U moddiy boylik ortidan quvib, o‘zini va boshqalarni unutgan. Muallif bu obraz orqali nafaqat konkret shaxs, balki butunlay bir qatlam o‘zini boylik bilan o‘lchovchi insonlar turini ifodalaydi. Ikkinchi darajadagi obrazlar sobiq qishloqdoshlar, oddiy xalq vakillari esa Boyga aks ta’sir sifatida beriladi. Ular orqali muallif insoniylik, halollik va oddiy yashash falsafasini qarshi qo‘yadi. Hikoyada Norboy Bobo — bu markaziy obrazlardan biri bo‘lib, u hikoyaning asosiy maqsadlarini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Norboy Bobo, dono, oqsoqol va hayotning turli jabhalariga oid qimmatli maslahatlarni beruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Hikoyada Norboy boboning odobli, kamtarona hayoti bilan boshqa obrazlar hayotidagi bo‘shliq kontrastda tasvirlanadi. U cho‘ponlik kasbini nafaqat tirikchilik manbai, balki hayot mazmuni sifatida ko‘radi. Bu obraz mehnatga ehtirom timsoli sifatida hikoyada tasvirlangan. Hikoyada Norboy Bobo o‘zining dono so‘zlari, tajribasi va mantiqi bilan bosh qahramonlarga, ya’ni Boy va boshqa ko‘plab xarakterlarga turli hayotiy darslar beradi. Bu obrazining tasviri, nafaqat uning yoshi, balki uning hayotiy tajribasi va boshqalar bilan muloqot qilishdagi bilimdonligi bilan ham ajralib turadi. Odatda, Norboy Bobo hikoyada Boyning qiyinchiliklarida unga yo‘l ko‘rsatuvchi yoki o‘zining turmush tarzini ko‘rsatib, yengillik bilan masalalarni hal etishda yordam beradigan inson sifatida tasvirlanadi. Norboy Bobo hikoyadagi boshqa obrazlarga qaraganda hayotning haqiqiy va chuqur tomonlarini anglashga undaydi. U Boyga ham, boshqa qahramonlarga ham, o‘zgarishlarni qabul qilish va kutilgan natijalarni to‘g‘ri baholash bo‘yicha maslahatlar beradi. Bu hikoya orqali Norboy Bobo o‘zining haqiqiy boylikni nafaqat moddiy, balki ma’naviy va axloqiy jihatdan ham ko‘rsatadi. Hikoyadagi asosiy g‘oya jamiyatda moddiy boylik mezoniga asoslangan qadriyatlar tizimining soxta va insonga yotligini fosh etishdan iborat. Muallif bu orqali o‘quvchini insoniylik, mehr, oddiylik kabi unutilgan qadriyatlarga qaytishga undaydi. Qisqasi, yozuvchining ushbu hikoyasi zamona

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’ring ega iste’dodli adib Abduqayum Yo’ldoshning yozuvchilik badiiy mahorati, jumladan, obraz va xarakter yaratish va ruhiy tasvir ifodalashdagi o’ziga xosligi kabi masal…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o’zbek adabiyotida o’ziga xos o’ring ega iste’dodli adib Abduqayum Yo’ldoshning yozuvchilik badiiy mahorati, jumladan, obraz va xarakter yaratish va ruhiy tasvir ifodalashdagi o’ziga xosligi kabi masal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
konflikt, uslub, syujet, mahorat, Kalit so’zlar: hikoya, nasr, poetika, kolliziya, ruhiyat, ruhiy tasvir.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники