Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA INTERFAOL METODLARINI QOʻLLASHNING AHAMIYATI
QOʻLLASHNING AHAMIYATI · Sadullayeva Shahlo Alisher qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada boshlangʻich sinf darslarida interfaol oʻqitish metodlarini qoʻllashning dolzarbligi va samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Taʼlim jarayonida interfaol metodlar yordamida oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishi, mustaqil fikrlash va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Metodlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq misollar va ularning darsdagi amaliy natijalari keltiriladi. Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, boshlangʻich sinf, taʼlim samaradorligi, o‘quvchilarning faolligi, guruhli ish, innovatsion yondashuv. Zamonaviy taʼlim tizimi bolalarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlashini shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ayniqsa, boshlangʻich sinf darslarida bu yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, aynan shu bosqichda o‘quvchining taʼlimga nisbatan munosabati shakllanadi, ilk ko‘nikmalari paydo bo‘ladi. Shu jihatdan interfaol metodlarning qo‘llanilishi dars jarayonini qiziqarli, samarali va mazmunli qiladi. Innovatsiya bu yangilik kiritish, yaratish demakdir. Demak, an’anaviy ta’limdagi kabi bir xil shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiya deb ataladi. Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini samarali amalga oshirishga yordam beradi. Turli metod hamda didaktik o‘yinlar bolalarda kreativlikni rivojlantiradi. Bunda avvalo dars jarayonida to‘g‘ri va asosli mavzuga mos metodni tatbiq muhum hisoblanadi. Ta’lim bu shunday jarayonki unda o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shaxsning tarbiyasi va uning taraqqiyoti amalga oshadi. O‘qituvchi darsni qiziqarli hamda o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmasligi, qisqa qilib aytganda darslardan bezdirmasligi kerak bo‘ladi. Shu maqsadda o‘qituvchi o‘quvchilarni darsga jalb qilish uchun eng avvalo ularning ko‘ngliga yul topa olishi hamda turli hil zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishi kerak. Bunda pedagog avvalambor o‘zining qobiliyati, mahorati, malakasi va bilim doirasidan kelib chiqib o‘z bilimlarini o‘quvchilarga singdira olishi kerak bo‘ladi. https://scientific-jl.com 1 7 9 45-son_1-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bugungi kunda turli hil didaktik o‘yinlardan ham foydalanib kelmoqdalar. Interfaollik deganimizda aynan o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro muloqotlar, o‘qish-bilish savodhonliklari xam o‘zaro suhbat ko‘rinishida olib boriladi. Bunday interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar orqali olib boriladigan darslar juda qiziqarli bo‘ladi, natijada bironta ham o‘quvchi chetda qolmasdan ishtirok etadi va o‘zlarining shaxsiy fikrlarini bemalol qo‘rqmasdan bayon eta oladilar. O‘quvchilar ko‘rgan, eshitgan, idrok qilgan narsalarini zo‘r qiziqish bilan bayon eta oladilar. Bolalarda darsga bo‘lgan qiziqish va havas ham oshadi. Hamda o‘zaro birbiriga do‘stona munosabatlar xosil bo‘ladi. Bir - birlari bilan o‘zaro fikr almashadilar. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, tabiatlariga qarab turli hil didaktik o‘yinlar va metodlardan foydalaniladi. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o‘yinlarda olib borish haqida gapiramiz: Interfaol metodlar o‘quvchi faoliyatini jadallashtirib faollashtiradi. Bunda o‘quvchilarning shaxsiyatidagi ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi. Boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda asosan – so‘zlash, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko‘rish, tinglashga asoslangan metodlardan foydalaniladi. Bugungi kunda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy texnikalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi – interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interaktiv metodlarning turlari ko‘p bo‘lib, ta’lim tarbiya jaratyonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Interfaol metodlar — bu o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish, ularni fikrlashga, muloqot qilishga va mustaqil qaror qabul qilishga undaydigan yondashuvlardir. Ushbu metodlar orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ikki tomonlama aloqa yuzaga keladi. Masalan, “Aqliy hujum”, “Baliq suyaklari”, “INSERT”, “Klaster” kabi metodlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun juda qulay va tushunarli bo‘lib, dars jarayonini jonlantiradi. Bunday metodlardan foydalanish orqali o‘qituvchi har bir o‘quvchining faolligini oshiradi, ularning bilimlarni chuqurroq egallashiga zamin yaratadi. Ayniqsa, guruhli ishlarda bolalar bir-biri bilan fikr almashadi, o‘z fikrlarini erkin bayon qiladi. Bu esa ularning ijtimoiy faolligi va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, interfaol metodlar orqali darslar ko‘proq o‘yinli, tasvirli va tajribaviy shaklda o‘tadi. Bu esa bolalarning eʼtiborini darsga q
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada boshlangʻich sinf darslarida interfaol oʻqitish metodlarini qoʻllashning dolzarbligi va samaradorligi haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada boshlangʻich sinf darslarida interfaol oʻqitish metodlarini qoʻllashning dolzarbligi va samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- taʼlim samaradorligi, innovatsion yondashuv., o‘quvchilarning faolligi, boshlangʻich sinf, Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, guruhli ish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026