Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FARG‘ONA VODIYSI ZOOPLANKTON ORGANIZMLARINI TADQIQ ETISH BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR.
Ergasheva Gulizarxon Yorqinjon qizi · Qo‘qon DU magistranti · ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ. · Эргашева Гулизархон Ёркинджон кызы · Магистрант Кокандского · FERGANA VALLEY. (государственного университета) · Ergasheva Gulizarkhon Yorqinjon kizi (государственного университета) · Master's student of Kokand DU (государственного университета)
Образовательные инновации и интеграция · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining turli tipidagi suv havzalari uchun zooplankton organizmlarning turlar tarkibi, ularning tarqalishi, mavsumiy rivojlanish dinamikasi va suktsessiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqodchilarning ishlari keltirilgan. Kalit so‘zlar. Farg‘ona vodiysi, zooplankton organizmlar, mavsumiy rivojlanish, suktsessiya. ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ИЗУЧЕНИЮ ОРГАНИЗМОВ ЗООПЛАНКТОНА ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ. Эргашева Гулизархон Ёркинджон кызы Магистрант Кокандского государственного университета Абстрактный. В статье представлены работы исследователей по изучению видового состава, распределения, сезонной динамики развития и сукцессии организмов зоопланктона различных типов водоемов Ферганской долины. Ключевые слова. Ферганская долина, зоопланктонные организмы, сезонное развитие, сукцессия. RESEARCH ON THE STUDY OF ZOOPLANKTON ORGANISMS OF THE FERGANA VALLEY. Ergasheva Gulizarkhon Yorqinjon kizi Master's student of Kokand DU Annotation. This article presents the work of researchers on the species composition of zooplankton organisms, their distribution, seasonal development dynamics and succession for various types of water bodies of the Fergana Valley. Keywords. Fergana Valley, zooplankton organisms, seasonal development, succession. https://scientific-jl.com 1 9 2 45-son_1-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Tabiiy va sun’iy suv havzalari zooplankton organizmlarining biologik imkoniyatlaridan foydalanish va ular asosida suv havzalari mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan natijalar talab etilmoqda. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi zooplankton organizmlarni turlarini aniqlash, ularning suv havzalaridagi mavsumiy o‘zgaruvchanligi va suv ekotizimidagi ahamiyatini baholash, zooplankton organizmlardan baliqlarning tabiiy ozuqasi sifatida foydalanish va ular asosida suv havzalari mahsuldorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda suv xavzalarining gidrobiologik holati, zooplankton organizmlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borishga katta e’tibor qaratilib, molekulyar-genetik tahlillar orqali turlarning sistematik o‘rnini belgilash bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar stratergiyasida «...ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovasiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish...»[1]bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan, suv havzalarining ekologik holati, zooplankton vakillarining tur tarkibi, turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda rivojlanishini o‘rganish, baliqchilik xo‘jaliklarida tabiiy ozuqa sifatida zooplankton turlarini tabiiy holatda ko‘paytirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Farg‘ona vodiysi suv havzalarida gidrobiologik tadqiqotlar A.P.Fedchenko va V.N.Ulyaninlar tomonidan dastlabki ishlar olib borilgan. A.P.Fedchenko chuchuk suvlarda tarqalgan Tetrastemma turanicum va Prorhynchus rivularis yangi turlarini aniqlab, ularni birinchi bo‘lib fanga kiritgan [2.188-b]. V.N.Ulyanin esa qisqichbaqasimonlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltiradi [3.61-b]. N.A.Stepanova va N.A.Ledyaeva ko‘rsatishicha Shaxrixonsoy va Shaximardonsoy suv tubi faunasida 100 ga yaqin tur, Andijon viloyati zovurlarida esa 60 ga yaqin tur zoobentoslardan tashkil topgan [4.153-b]. Farg‘ona vodiysidagi suv havzalarining gidrobiologik tadqiqotlar natijasida suv ekosistemasida kechadigan mexanizmlarni tadqiq qilishni va gidrobiologik foydalanish ishlab chiqqan [5.102-b]. A.M.Muhamediev tomonidan monografik asar yozilgan va unda Farg‘ona vodiysida zooplankton bo‘yicha qilingan ko‘p yillik barcha ilmiy ishlar jamlanib, yakuniy ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu monografiyada muallif O‘rta Osiyo suv havzalarining gidrobiologik jihatidan qisqacha o‘rganilganlik darajasi, Farg‘ona vodiysi har xil suv havzalari (ko‘llar, buloqlar, vaqtinchalik suv havzalari, botqoqliklar, sholipoyalar, sun’iy baliqchilik havzalari, shahar oromgohlaridagi favvora va hovuzlar hamda sug‘orish inshoatlari) geomorfologiyasi, gidrografiyasi, gidrologiyasi va gidrobiologiyasi, shuningdek gidrofaunaning miqdoriy rivojlanish ko‘rsatgichlari hamda ulardan foydalanishning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan [6. 275- b]. https://scientific-jl.com 1 9 3 45-son_1-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi E.A. Toshpo’latov Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida mavjud suv havzalari gidrobiologiyasini mukammal o’rganib chiqqan. Toshpo’latov tomonidan Qaznoq ko’li zooplanktonlari, baliq boqiladigan hovuzlar va sholipoyalarning zooplanktonini turlar tarkibi, miqdoriy ko’rsatkichlari va keng tarqalgan turlarining tarqalish qonuniyatlarini izohlab bergan [7. 56-b]. X.X.Аbdinazarov Farg‘ona vodiysining turli tipdagi suv havzalari uchun zooplankton organizm turlari tarkibi aniqlangan, ularning tarqalishi, m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining turli tipidagi suv havzalari uchun zooplankton organizmlarning turlar tarkibi, ularning tarqalishi, mavsumiy rivojlanish dinamikasi va suktsessiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqodc…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Farg‘ona vodiysining turli tipidagi suv havzalari uchun zooplankton organizmlarning turlar tarkibi, ularning tarqalishi, mavsumiy rivojlanish dinamikasi va suktsessiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqodc… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fergana Valley, zooplankton organisms, seasonal development, mavsumiy rivojlanish, zooplankton organizmlar, Kalit so‘zlar. Farg‘ona vodiysi, suktsessiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025