К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TURG‘ MUQOBILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI

DOLZARB MASALALARI · Nazirov Salimbek Olim og‘li

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi ayrim frazeologik birliklar qiyoslanib, ularning semantik-stilistik va struktual tomonlarini izohlandi. Misollar yordamida ikki tildagi frazeologizmlarning o‘xshash va farqli xususiyatlari aniqlandi. Shuningdek, maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi iboralar va maqollarni o‘zaro muqobillashtirish va frazeologik til korpusini yaratish bo‘yicha takliflar berildi. Kalit so‘zlar: frazema, idioma, maqol, turg‘un birikma, erkin birikma, korpus, semantik ma’no, yaxlit ma’no, ustama ma’no, sintaktik aloqa, leksema, funksional bo‘yoq, emotsional-ekspressiv bo‘yoq, kontekst, muqobillashtirish, mantiqiylik. Mustaqillik yillarining dastlabki davrlaridan boshlab milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va o‘zbek tiliga bo‘lgan e‘tibor har qachongidan oshdi, ayniqsa, yaqin bir necha yil ichida tilni rivojlantirish, uning mavqeyini oshirish, jahon tillari bilan bir qatorda korpus muammosini hal qilish dolzarb masalaga aylandi. Bu borada esa tilshunoslik va unga tutash tarmoqlarda yaqin yillardan beri jiddiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Til ijtimoiy hodisa ekan, undagi leksik qatlam ham tarraqqiyot nuqtayi nazaridan o‘zgarib, boyib, yangi ma’no kasb etib boraveradi. Bunday o‘zgarishlar tilning qolipini shakllantirishda bir qancha muammolar keltirib chiqarishi, muqobil variantlarni tanlashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. So‘zning yondosh ma’nolari kontekst tarkibida rang-barang ifoda semalarini hosil qiladi, bu esa kishining zukko bo‘lishini talab qiladi. O‘zbek tilini o‘rganuvchi yoki shu til bilan bog‘liq faoliyatga duch keladigan o‘zga til vakillari uchun bu kabi mazmuniy xilma-xillik so‘zlarni chalkash va noto‘g‘ri tushunishga olib keladi. Natijada matn semantik va struktual jihatdan noto‘g‘ri shakllanadi. Bu kabi muammolarning aksari tilning frazeologiya bo‘limida uchraydi. Turg‘un birikmalardagi mazmuniy birliklar yaxlit ma’no ifodalashi so‘zlarning ustama ma’nolari bilan belgilanadi. Uni alohida tarjima qilish esa kutilgan ma’noni keltirib chiqarmaydi va matn mazmunini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Tarjimonlik sohasida, jumladan, frazeologizm tarjimasida birozgina no‘noqlik kuzatilsa, kitobxon (o‘quvchi) buni darhol payqaydi. Ko‘p hollarda tarjimon bunga e’tiborsiz yondashadi va iborani to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjima qilib qo‘ya qoladi. Aksar holatlarda “aybini https://scientific-jl.com 3 0 4 45-son_1-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yuvish” qabilida qo‘shimcha izohlar keltiradi. Bu esa stilistik g‘alizlikka sabab bo‘ladi. Badiiy asar go‘yo avtomatik tarjima qilingandek xulosa uyg‘otadi. Professor Sh.Rahmatullayev iboraga quyidagicha ta’rif bergan edi: “Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan maxraj ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga suyanmasligi ham mumkin”.[Rahmatullayev,1978:4] Masalan, “og‘zi qulog‘ida” frazemasidagi so‘zlarni alohida tarjima qilish mazmuniy g‘alizlikni yuzaga keltiradi, uning “juda xursand” ifoda semasi esa korpusda unga to‘g‘ri lug‘aviy ma’no berish yoki muayyan tildagi shu kabi iboraga muqobil ibora topish bilan hal qilinadi. Tilda so‘zlar o‘rniga iboralar va idiomalardan foydalanish nutqni jozibali va ta’sirchan qilib, ifodaliligini ta’minlaganidek, uni tarjima qilayotganda shu iboraga mos erkin birikmalardan emas, balki muayyan tildagi turg‘un birikma (ibora, idioma, maqol)lardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi va so‘zlarning kishilar ongida funksional va emotsional- ekspressiv bo‘yoq kasb etishida xizmat qiladi. Lekin filologik lug‘atlarning aksariyatida frazaemalarning uslubiy xususiyatlari yoritilmaydi. “Leksikografik va frazeologik manbalarda frazeologik birikmalar (FB) turlicha izohlanadi. FBlarning qo‘shimcha uslubiy ma’nosi (konnotativ xususiyati) qayd etilmaydi. Aslini olganda, FBlarning uslubiy tomoni ta’kidlanganda lug‘atlarda maxsus havolalar – belgilar qo‘llanilishi lozim”.[Yo‘ldoshev;1999:11] Darhaqiqat, o‘zbekcha turg‘un birikmalar korpusga kiritilganda ularning stilistik jihatlariga e`tibor berish, uslub va kontekts nuqtayi nazaridan muqobil ibora tanlash tarjima jarayoning muhim bosqichlaridan biridir. To‘g‘ri, frazemalar tarkibidagi so‘zlar va unga yuklangan semalar boshqa tildagi muqobil frazemalarga to‘laqonli mos kelmasligi, tarjimaning ifodaliligi va mantiqiyligiga putur yetkazishi mumkin. Turg‘un birikmalarning har bir til tarkibida ommaning madaniy-ma`rifiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan kelib chiqishi, har bir xalq mentalitetini aks ettirishi ularni to‘laqonli uslubiy va grammatik normalar asosida tarjima qilish imkonini bermaydi. Iboralar gapda so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirishishi uchun muayyan sintaktik qurshovga ega bo‘lishi lozim. “Sintaktik qurshov deganda iboralarning nutqda turli bo‘laklar bilan bog‘lanishi nazarda tutiladi. Iboraning biror sinataktik qurshovg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi ayrim frazeologik birliklar qiyoslanib, ularning semantik-stilistik va struktual tomonlarini izohlandi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tilidagi ayrim frazeologik birliklar qiyoslanib, ularning semantik-stilistik va struktual tomonlarini izohlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muqobillashtirish, idioma, maqol, funksional bo‘yoq, emotsional-ekspressiv bo‘yoq, yaxlit ma’no, sintaktik aloqa, semantik ma’no, turg‘un birikma, kontekst, ustama ma’no, Kalit so‘zlar: frazema, erkin birikma, korpus, leksema, mantiqiylik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники