К содержанию
РецензированоUZ2026

INFRATOVUSH TO’LQINLARINING QO’LLANILISHI TA’SIRI

Suyunova Ravshanoy Komiljon qizi · Avazbekova Shahinabonu Lazizbek qizi · Qurbonov Jamshid Muxiddinovich · Elmurotova Dilnoza Baxtiyorovna

Образовательные инновации и интеграция · 516-522 · 2026

Аннотация

Mazkur ishda, inson eshitish qobiliyati chegarasidan past bo‘lgan infratovushlarning (20 Gts dan past) organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Infratovushlarning asab tizimiga, yurak-qon tomir tizimiga, eshitish organlariga va uyqu sifatiga va muhim fiziologik jarayonlarga salbiy ta’siri ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, infratovushlar manbalari va ularning atrof- muhitga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqola infratovushlarning salomatlik uchun xavfini aniqlash va undan himoyalanish zarurligini asoslaydi. Kalit so’zlar: infratovush, past chastotali tovushlar, inson salomatligi, asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, bosh og’rig’i,atrof-muhit shovqini, uyqusizlik Infratovush – chastotasi inson eshitish sohasidan past bo‘lgan elastik tebranish va to‘lqindan iborat.Odatda infratovushning yuqori chegara sohasi ʋ=(16-20)Gts deb qabul qilingan. Infratovushning pastki chegara sohasi aniq emas: hozirgi davrda infratovushni o‘rganishning pastki sohasi taxminan ʋ=0.001 Gts. Infratovush to‘lqinlari havoda, suvda va Yer qobig‘ida (seysmik to‘lqinlar) tarqaladi. Infratovushlar (20 Gts dan past tovush to‘lqinlari) inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular eshitish qobiliyatimizdan past bo‘lgani uchun ongli ravishda sezilmasa-da, tana ularni fiziologik darajada qabul qiladi. Past chastotali tovushlar – 20-200 Gts oralig‘idagi tovush to‘lqinlaridir. Ular inson eshitish diapazonining pastki chegarasiga yaqin joylashgan bo‘lib, ko‘pincha industrial uskunalar, transport vositalari, ventilyatsiya tizimlari va ba’zi musiqa apparaturalari tomonidan hosil qilinadi. Ularning organizmga ta’siri quyidagicha bo‘lishi mumkin. Quvnoq eshitilmasa ham, quloqda bosim hissi uyg‘otadi. Uzoq muddat ta’sirida eshitish qobiliyati pasayishi mumkin. Bezovtalik, charchoq, diqqatning pasayishi va surunkali stress holatlari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, qon bosimining o‘zgarishi va yurak urish tezligining buzilishi holatlari ham bo’lishi mumkin. Infratovushlarning asab tizimiga ta’siri — hozirgi kunda tibbiyot va ekologiya sohalarida dolzarb hisoblanadi, chunki past chastotali tovushlar (20 Gts dan past) inson ongli ravishda eshitmasa ham, asab tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Infratovushlar markaziy asab tizimida bezovtalik uyg‘otadi. Doimiy ta’sir insonni sababsiz jahldor https://scientific-jl.com 3 1 8 45-son_1-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi yoki tushkun holga soladi. Diqqatni jamlash qiyinlashadi, xotira qisqa muddatli zaiflashadi. Bu holat ish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Asab tizimiga past chastotali tebranishlar orqali bosim bo‘lib, uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Uyqusizlik esa o‘z navbatida asab tizimini yanada zo‘riqtiradi. Infratovushlar organizmni doimiy “hujum holati”da ushlab turadi. Bu esa fiziologik va psixologik charchoqni keltirib chiqaradi. Yurak urishida beqarorlik, terlashning ortishi, bosim o‘zgarishlari kuzatiladi. Bu holatlar ko‘pincha stress bilan aralashib ketadi. Infratovushlar inson yurak-qon tomir tizimiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ular tanadagi ichki tebranishlarni chaqirib, yurak faoliyatini izdan chiqarishi mumkin. Infratovushlar yurak mushaklarining tabiiy ishlash ritmini buzadi. Ba’zida yurak urishi sekinlashadi (braxikardiya), ba’zida esa tezlashadi (taxikardiya). Uzoq davom etgan infratovush ta’sirida arterial bosim keskin oshishi yoki pasayishi mumkin. Bu holat yurak kasalliklari xavfini oshiradi. Past chastotali tovushlar qon tomirlarining torayishi yoki kengayishiga sabab bo‘ladi. Bu qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Infratovushlar avtonom asab tizimini qo‘zg‘atib, yurak-qon tomir tizimida muvozanatni buzadi. Yurak urishi va qon bosimining beqarorligi aynan shu sababli yuzaga keladi. Inson infratovushni eshitmasa ham, yurak sohasida bosim, siqilish yoki noqulaylik sezishi mumkin. Infratovush tufayli kelib chiqadigan bosh og‘rig‘i ko‘pincha infratovushning yashirin ta’sirlaridan biridir. Garchi inson infratovushlarni eshitmasa-da, organizm bu to‘lqinlarni sezadi va bunga javoban bosh og‘rig‘i kabi simptomlar bilan javob beradi. Infratovush bosh suyagi va miya to‘qimalarida noaniq tebranishlar uyg‘otishi mumkin. Bu esa migren yoki diffuz (tarqalgan) bosh og‘rig‘iga olib keladi. Infratovushlar miya qon tomirlarining kengayish yoki torayishiga olib kelib, miya qon ta’minotida nomutanosiblik yaratadi. Natijada pulsatsiyalanuvchi yoki bosuvchi bosh og‘rig‘i yuzaga keladi. Uzluksiz infratovush ta’siri markaziy asab tizimini zo‘riqtiradi. Bu charchoq, asabiylik va bosh og‘rig‘i bilan namoyon bo‘ladi. Uyquning buzilishi bosh og‘rig‘ining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Infratovushlar uyqu sifatiga salbiy ta’sir qilib, ertalabki bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Bosh og‘rig‘i qanday bo‘ladi? Bosuvchi yoki siqib turgan tarzda kechadi. Peshona yoki chakka sohalarida to‘plangan ogʻriqlar bilan bogʻliq boʻladi. Ko‘pincha stress, charchoq yoki uyqu yetishmovchiligi bilan birga kechadi. D

Доказательный фрагмент

«Mazkur ishda, inson eshitish qobiliyati chegarasidan past bo‘lgan infratovushlarning (20 Gts dan past) organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur ishda, inson eshitish qobiliyati chegarasidan past bo‘lgan infratovushlarning (20 Gts dan past) organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: infratovush, asab tizimi, uyqusizlik, bosh og’rig’i, atrof-muhit shovqini, yurak-qon tomir tizimi, past chastotali tovushlar, inson salomatligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники