Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FUQAROLIK ISHLARI BO’YICHA TAFTISH INSTANSIYASI VA UNDA ADVOKAT ISHTIROKI
ADVOKAT ISHTIROKI · Toshpulatov Abdumumin Komil O’g’li
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada fuqarolik sudlarida taftish instansiyasi, uning rivojlanish bosqichi, taftish instansiyasida ish yuritish tartibi, yuqori instansiya sudlarida taftish instansiyasining roli va ahamiyati keltirilgan. Bundan tashqari advokatning taftish instansiyasida ishtirok etishining o’ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Kalit so’zlar: advokat, advokatlik faoliyati, vakil, instansiya, qayta kassatsiya, nazorat, taftish, advokatning majburiy ishtiroki, konstitutsiyaviy norma, advokat gonorari, xorijiy tajriba. Fuqarolik sudlarida ishlar bir qancha instansiyalarda amalga oshirilishi mumkin. Bunday instansiyalarni ko’rib chiqishdan oldin instansiya so’ziga ta’rif bersak. Instansiya (lotincha instantia — bevosita yaqinlik) — bir-biriga itoat qiladigan tashkilotlar, davlat boshqarmalari, sud organlari, jamoat va b. tashkilotlar tizimidagi bosqich degan ma’noni anglatadi. Demak sud organlaridagi instansiya bu ishlarni qaysi sud bosqichida ko’rishni anglatadi. Fuqarolik sudlarida ishlar birinchi va yuqori instansiya shaklida ko’rib chiqiladi. Yuqori instansiya sudlari bu apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlaridir. Agarda sudning chiqargan hal qiluv qaroridan norozi bo’lgan taraf yoki bevosita manfaatdor shaxs sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori va sud hujjatlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjatlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat beriladi. Apelyatsiya tartibida ko’rilgan ish kassatsiya tartibida ko’rilmaydi. Bu ish to’g’ridan to’g’ri taftish instansiyasi tomonidan ko’rib chiqilishi mumkin. Sud hujjatlari qayta ko’rish instansiyalaridan biri bo’lgan taftish instansiyasi yangi bosqich hisoblanadi. Ushbu bosqich 2024-yil amaliyotga joriy etildi. Bundan oldin sud hujjatlari nazorat tartibida, undan keyin esa qayta kassatsiya tartibida ko’rib chiqilar edi. Hozir kelib ushbu instansiyalar tugatilib taftish instansiyasi joriy etildi. Taftish tartibida ish yuritish-bu ilgari qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini qayta ko’rish orqali qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirishdan iboratdir. Ushbu bоsqichdа sud hujjаtlаri ustidаn tаftish tаrtibidа shikоyаt yоki prоtest quyidаgi subyektlаr tоmоnidаn kiritilishi mumkin: taraflar, huquq va manfaatlari sud tomonidan https://inlibrary.uz 2 5 45-son_1-to’plam_May -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi ko’rilgan shaxslar, prokuror, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno va boshqa vakolatli shaxslar tomonidan berilishi mumkin. “Taftish tartibidagi shikoyatni quyidagi sudlar ko’rishi mumkin: 1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; 2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan; 3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rilgan tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan;”1 Taftish shikoyati ishni ko’ragidigan sud nomiga yoziladi ammo, ish birinchi va yuqori instansiya sudi sifatida ko’rgan sud orqali yuboriladi. Taftish tartibida shikoyat berish muddati 1 yil hisoblanadi. Taftish tartibidagi shikoyat FPKda ko’rsatilgan qoidalar bo’yicha yoziladi va hujjatlar ilova qilinadi. Agarda shikoyat kodeksda ko’rsatilgan talablarga javob bermasa taftish instansiyasi tomonidan qaytarilishi yoki rad etilishi mumkin. Bunga bir qancha asoslar bo’lishi mumkin. Shikoyat taftish instansiyasiga yuborilgan so’ng ushbu sudning vakolatli sudyasi ishni o’rganib chiqib ishni ko’rish uchun ish yuritishga qabul qilish yoki rad etish to’g’risida ajrim chiqariladi. Ajrim chiqarilgandan so’ng ish 1 oylik muddatda sud tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. Agarda ish Oliy sud Rayosati tomonidan ko’rilganda 2 oydan oshmagan muddatda hal qilinishi lozim. “Taftish tartibida ish FPKning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, taftish tartibida ish ko’rishda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘riladi. Ishni O‘zbekiston Respublika
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada fuqarolik sudlarida taftish instansiyasi, uning rivojlanish bosqichi, taftish instansiyasida ish yuritish tartibi, yuqori instansiya sudlarida taftish instansiyasining roli va ahamiyati keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada fuqarolik sudlarida taftish instansiyasi, uning rivojlanish bosqichi, taftish instansiyasida ish yuritish tartibi, yuqori instansiya sudlarida taftish instansiyasining roli va ahamiyati keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xorijiy tajriba., vakil, advokatning majburiy ishtiroki, advokat gonorari, nazorat, advokatlik faoliyati, qayta kassatsiya, instansiya, Kalit so’zlar: advokat, taftish, konstitutsiyaviy norma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026