Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DINIY TASHKILOTLARNING ZAMONAVIY ME’YORLARGA MOSLASHUVINING AHAMIYATI
MOSLASHUVINING AHAMIYATI · Ilmiy rahbar: Boymirzayeva Xurshida Sobirovna · Talaba: Turaxonova Malika Muzaffar qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy ishda diniy tashkilotlarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ularning hozirgi davr me’yorlariga moslashuvi masalalari yoritilgan. Globalizatsiya, axborot texnologiyalari taraqqiyoti hamda ijtimoiy-huquqiy islohotlar diniy tashkilotlardan zamonaviy talablarga javob bera oladigan faoliyat yuritishni talab qilmoqda. Tadqiqotda diniy tashkilotlarning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish va diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ularning huquqiy me’yorlarga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etishi va yoshlar bilan samarali ishlash mexanizmlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Xulosa o‘rnida esa diniy tashkilotlar va zamonaviy jamiyat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash yo‘llari taklif etiladi. Kalit so‘zlar: diniy tashkilotlar, zamonaviy me’yorlar, ijtimoiy barqarorlik, huquqiy muvofiqlik, tolerantlikk, diniy bag‘rikenglik, boshqaruv, yoshlar bilan ishlash. Annotation: This research examines the role of religious organizations in modern society and highlights the importance of their adaptation to contemporary norms. Globalization, the advancement of information technologies, and ongoing socio-legal reforms require religious institutions to function in alignment with modern standards. The study analyzes the contribution of religious organizations to social stability, spiritual and moral education, and the promotion of religious tolerance. It also addresses the significance of their adherence to legal frameworks, the application of modern management principles, and the development of effective mechanisms for working with youth. The conclusion presents suggestions for achieving harmony between religious institutions and contemporary social dynamics. Keywords: religious organization , modern standards, social stability,legal compliance, religious tolerance, management, youth engagement Diniy tashkilot – diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga ko'maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish ko'radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o'z-o'zini boshqaruvchi uyushma. Zamonaviy dunyo – bu texnologik taraqqiyot, globallashuv, madaniyatlararo https://scientific-jl.com/new 55 66 Volume–77_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS muloqot va inson huquqlarining ustuvorligi asosida shakllanayotgan murakkab jamiyatlar yig‘indisidir. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi va xalqaro aloqalarning mustahkamlanishi natijasida insoniyat taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Zamonaviy jamiyatda dunyoviy me’yorlar muhim o‘rin tutadi. Dunyoqarash, e’tiqod va madaniyatlar xilma-xilligiga hurmat, davlat va dinning ajratilganligi, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va erkinliklarini tan olish kabi tamoyillar dunyoviylikning asosi hisoblanadi. Bu me’yorlar jamiyatning barqaror rivojlanishi, tinchlik va bag‘rikenglikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik kundalik hayotda, jamiyatda, iqtisodiy rivojlanishda, shuningdek, ish joyida oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Zamonaviylik va an’anaviylik – bu ikki tushuncha ko‘pincha qarama-qarshi sifatida qaraladi. Ammo aslida ular bir-birini to‘ldiruvchi, uyg‘unlashgan holda jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omillardir. An’anaviylik – bu milliy qadriyatlar, urf- odatlar, tarixiy tajribalar va avlodlar merosini o‘zida aks ettiradi. Zamonaviylik esa zamon bilan hamnafas bo‘lish, yangiliklarga ochiqlik, innovatsiyalarni qabul qilishni anglatadi. Bugungi globallashuv davrida jamiyat oldida turgan muhim vazifa – bu zamonaviy taraqqiyotni an’anaviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtira olishdir. Zero, har qanday yangi yondashuv, texnologiya yoki ijtimoiy o‘zgarishlar milliy madaniyat asosida joriy etilsa, u ko‘proq samara beradi va xalq tomonidan tezroq qabul qilinadi. Masalan, ta’lim tizimida zamonaviy metodlar va texnologiyalar joriy etilar ekan, bu jarayonda o‘zbek xalqining o‘ziga xos urf-odatlari, til boyligi va axloqiy qadriyatlari e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Shuningdek, zamonaviy kiyinish madaniyati, me’moriy uslublar yoki san’atda ham an’anaviy uslublar bilan uyg‘unl
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy ishda diniy tashkilotlarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ularning hozirgi davr me’yorlariga moslashuvi masalalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy ishda diniy tashkilotlarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va ularning hozirgi davr me’yorlariga moslashuvi masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- religious organization, modern standards, social stability, legal, ijtimoiy barqarorlik, tolerantlikk, diniy bag‘rikenglik, boshqaruv, zamonaviy me’yorlar, yoshlar bilan ishlash., huquqiy muvofiqlik, Kalit so‘zlar: diniy tashkilotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026