К содержанию
РецензированоUZ2026

TO‘LIQ TISHSIZLIKDA PLASTINKALI PROTEZLARNING INNOVATSION BAZASINI SHAKLLANTIRISH: BIOMATERIALLAR VA TEXNOLOGIYALAR TAHLILI

VA TEXNOLOGIYALAR TAHLILI · Xabilov N.L. · Sharipov S.S. · Asatullaev N.S. · Muxiddinova F.G’. · Mirxoshimova M.F. · Nabiev K.

Журнал инноваций нового века · 2 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada to‘liq tishsizlikda qo‘llaniladigan plastinkali protezlarning innovatsion bazasi, zamonaviy biomateriallar va ishlab chiqarish texnologiyalarining tahlili keltirilgan. Akril, termoplast, nano-kompozitlar va CAD/CAM materiallari asosida ishlab chiqilayotgan zamonaviy protez bazalari strukturaviy mustahkamlik, bioaktivlik, estetik ko‘rsatkichlar va moslashuv darajasi nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar – 3D-skanning, frezalash, 3D- printing va biomekanik modellashtirish imkoniyatlari ham chuqur yoritilgan. Kalit so‘zlar: to‘liq tishsizlik, plastinkali protez, innovatsion baza, biomaterial, CAD/CAM, 3D-texnologiya, nanozarralar, termoplast. 1. Kirish To‘liq tishsizlik — bugungi ortopedik stomatologiyada eng keng tarqalgan, murakkab reabilitatsiyani talab qiluvchi klinik holatlardan biridir. Bu holat nafaqat bemorning chaynash, nutq va yutish funksiyalariga, balki psixologik holati, ijtimoiy moslashuvi va hayot sifatiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. To‘liq tishsiz bemorlar uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan yechimlardan biri plastinkali protezlardir. An’anaviy plastinkali protezlar o‘z vaqtida stomatologiyada inqilobiy yechim bo‘lgan bo‘lsa-da, zamonaviy bemorlarning estetik, funktsional va fiziologik talablari ortib borayotgan sharoitda ularning imkoniyatlari cheklangan bo‘lib qolmoqda. Xususan, bazaning og‘irligi, allergenligi, sinuvchanligi, yelimlashuvdagi nosozliklar, protez osti yallig‘lanishlari, og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotasiga to‘liq mos kelmasligi va uzoq moslashuv davri — bularning barchasi bemorlarning protezdan noroziligiga sabab bo‘lmoqda [1–3]. Shu bois, bugungi kun stomatologiyasi oldida turuvchi asosiy vazifalardan biri — protez bazasining sifatini sezilarli darajada yaxshilash, bemor moslashuvini osonlashtirish va uzoq muddatli barqaror funksional natijalarga erishishdir. Bu esa innovatsion biomateriallar, raqamli texnologiyalar va biomekanik tahlil asosida yangi avlod plastinkali protez bazalarini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada aynan shu yo‘nalishlar kompleks tarzda tahlil qilinadi. 2. Plastinkali protez bazasining funksional talablari Zamonaviy plastinkali protez bazasi quyidagi talablarga javob berishi kerak [4]: https://scientific-jl.com/new 11 55 66 Volume–77_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Biokompatibil – allergik reaksiya bermasligi; Yengil va mustahkam – chaynash bosimiga bardoshli; Suv o‘tkazmasligi – og‘iz bo‘shlig‘ida o‘z shaklini saqlashi; Estetik – shaffoflik va tabiiy ko‘rinish; Termostabil – issiqlik ta’sirida deformatsiyaga uchramasligi; Antibakterial va antiplak xususiyatli – stomatit va protez osti yallig‘lanishlarini kamaytirish. 3. Zamonaviy biomateriallar tahlili Plastinkali protezlar uchun baza materiali sifatida qo‘llanilayotgan zamonaviy biomateriallar nafaqat fizik-mexanik ko‘rsatkichlar, balki ularning biologik moslashuvi, antibakterial xususiyatlari va estetik imkoniyatlari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Quyida eng ko‘p qo‘llanilayotgan materiallar tahlil qilinadi. 3.1. PMMA (POLIMETILMETAKRILAT) – KLASSIK AKRIL Keng tarqalgan, an’anaviy material. Afzalliklari: arzon, ishlov berish oson, estetik jihatdan maqbul, texnologik jihatdan ishlab chiqarishga qulay. Kamchiliklari: mikroyoriqlarga moyilligi, allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkinligi, uzoq muddatli ekspluatatsiyada sinuvchanligi yuqori. Izoh: Shunga qaramay, PMMA materiallari hali ham ko‘plab laboratoriyalarda asosiy material sifatida ishlatilmoqda. 3.2. TERMOPLASTLAR (NAIRIT, POLIAMID, POLIKARBONAT) Zamonaviy plastinkali protezlar ishlab chiqarishda tobora ommalashib borayotgan materiallar. Afzalliklari: yuqori elastiklik, sinuvchanlik, shaffoflik va estetik ko‘rinish, allergen emasligi. Kamchiliklari: yuqori haroratga nisbatan zaiflik, uzoq muddatli foydalanishda deformatsiyaga uchrash xavfi, ba’zida silliq yuzalar sababli tutib turuvchi effekt past bo‘ladi. Izoh: Termoplastlar estetik jihatdan talabchan bemorlar uchun afzal, ammo funksional barqarorlikni har doim ham ta’minlay olmaydi. 3.3. NANOZARRALAR BILAN BOYITILGAN KOMPOZITLAR So‘nggi yillarda ishlab chiqilgan innovatsion materiallar. Afzalliklari: Kumush, mis, zirkoniy oksidi (ZrO₂), silikon dioksidi (SiO₂) kabi nanozarralar qo‘shilishi orqali antibakteriallik, chaynash bosimiga chidamlilik va yengillik sezilarli oshadi. Yallig‘lanishga qarshi va biofilm to‘planishini kamaytiruvchi xususiyatlarga ega. Kamchiliklari: Ishlab chiqarish texnologiyasi murakkabroq, tannarxi yuqoriroq. https://scientific-jl.com/new 11 55 77 Volume–77_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Izoh: Bu materiallar ilg‘or laboratoriyalar va estetik jihatdan yuqori talabga ega klinikalarda afzal ko‘riladi. 3.4. CAD/CAM UCHUN PMMA BLOKLARI Kompyuter texnologiyalari asosida ishlab chiqariladigan yuqori sifatli materiallar. Afzalliklari: Yopiq, bir hil struktura; mikroporasiz va zich; frezalashga yaroqli; allergen emas; estetik darajasi yuqori. Moslashuv

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada to‘liq tishsizlikda qo‘llaniladigan plastinkali protezlarning innovatsion bazasi, zamonaviy biomateriallar va ishlab chiqarish texnologiyalarining tahlili keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada to‘liq tishsizlikda qo‘llaniladigan plastinkali protezlarning innovatsion bazasi, zamonaviy biomateriallar va ishlab chiqarish texnologiyalarining tahlili keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
3D-texnologiya, CAM, plastinkali protez, termoplast., CAD, nanozarralar, biomaterial, Kalit so‘zlar: to‘liq tishsizlik, innovatsion baza
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники