Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUD-PSIXOLOG EKSPERT FAOLIYATINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
SUD-PSIXOLOG EKSPERT FAOLIYATINING · IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Ilmiy rahbar: Elov Ziyodulla Sattorovich · Sulaymanov Akram Ahmatovich
Журнал инноваций нового века · 5 · 2026
Аннотация
This article discusses the study of the manifestation and development of factors of socio-psychological competence in the activities of a forensic psychologist and the improvement of its specific socio-psychological factors, the identification of components, the study of the manifestation and development of communicative, emotional and personal components of a forensic psychologist; in the development of socio-psychological competence of forensic psychologists, their connection with the legal system is revealed. Keywords: forensic psychologist-expert, socio-psychological competence, forensic psychological examination, professional competence, competence, personality of an expert, emotional intelligence, professional activity. KIRISH: Mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va soha mutaxassislarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. "Sud ekspertizasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respulikasi qonunida sud ekspertizasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, bo'yicha muhim vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni bajarishda sud psixologik ekspertizasi ekspertlari kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, sud psixologik ekspertizasi ekspertlari psixologik kompetentligini oshirish, ularning shaxsiy fazilatlarini ro'yobga chiqarish, psixokorreksion usullar orqali faoliyat samaradorligiga bevosita ta'sir etuvchi sotsial-psixologik kompetentlik omillarini https://scientific-jl.com/new 22 22 00 Volume–77_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS shakllantirish dolzarb muammo sifatida qaraladi. Sotsial-psixologik kompetentlik bilan bog'liq manbalarni tadqiq qilganimizda unga aloqador bo'lgan tahlillar tadqiqotimizda sud psixolog ekspertining sotsial-psixologik kompetentligi ularning kasbiy kamoloti jarayoniga bog'liqligini yana bir jabhadan yoritishga undadi. Bu esa sotsial-psixologik kompetentlikni rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar hisoblanmish emotsional intellektning sud psixolog eksperti faoliyatida o'zaro aloqadorlikda rivojlanish jarayonini alohida tadqiq qilishni talab qiladi. Zamonaviy psixologiyada «emotsional intellekt» tushunchasi keng qo'llanilib, ushbu tushunchani fanga P. Selov va Dj. Meyerlar olib kirdilar. Mualliflarning fikricha, emotsional intellekt - emotsiyani ifoda etish va baholash qobiliyati; emotsiyani tushunish va emotsional bilimlarga egalik; qolaversa, shaxsning emotsional va intellektual kamolotini o'zaro birlashtiruvchi emotsional boshqaruv qobiliyati hisoblanadi. "Emotsional intellekt" terminini fanga kiritilishi bilan emotsional va bilish jarayonlarining nisbati nuqtai nazaridan tadrijiy o'zgarish yuz berdi. Emotsiyalarni tadqiq qilish ko'pincha intellekt tadqiqotlaridan alohida tarzda amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, affektiv va kognitiv (bilish) jarayonlari o'rtasidagi munosabatlarni tizimli tahlil qilishning dastlabki urinishlari amalga oshirilmoqda. Nemis psixologi va faylasufi G.Mayerning "Psychologie des emotionalen Denkens"(1908) nomli kitobida tafakkur turlarining mukammal tasnifi keltirib o'tilgan. G.Mayer "hukm qiluvchi" tafakkur turi bilan birga emotsional tafakkurni ajratib ko'rsatadi, unda amaliy ehtiyojlar - iroda va his-tuyg'u birinchi o'rinda turadi. Bu tafakkur turlarini bir-biriga taqqoslagan G.Mayer ular o'rtasidagi bir qancha umumiyliklarni, xususan: o'xshash mantiqiy jarayonlar kuzatish mumkinligini ta'kidlaydi (sharhlash, ob'ektivlashtirish, kategorial apparat faoliyati). Shunga qaramasdan, emotsional tafakkur harakatlarida mantiqiy tafakkurdan farqli tendensiya mavjud bo'lib: unda bilish jarayoni "ko'lankali, orqa fonga surilgan, diqqat markazi amaliy maqsadga qaratilgan bo'lib, unda bilish shunchaki qo'shimcha vosita sanaladi" G.Mayer emotsional tafakkurni affektiv (estetik va diniy) va irodaviy turlarga ajratadi. Estetik tafakkur deyilganda, "yoqadi - yoqmaydi" ko'rinishidagi mulohazasini o'z ichiga oladigan estetik kechinmalar tushuniladi. Diniy tafakkurda esa fantaziyaning emotsional tasavvurlari, e'tiqod fikrlari (irrotsional, affektiv hamda irodaviy istak bilan yuzaga keladigan "Olloh mavjud" mulohazasi namuna bo'ladi)ga kiritiladi. G.Mayerning tadqiqotlari go'yoki tafakkurda bilishga bo'lgan qiziqish ikkinchi darajali hisoblanishi haqidagi "intellektual xurofotlar"ni tarqatadi va "emotsional tafakkur" insonning aqliy faoliyatida ahamiyatli rol o'ynashini ta'kidlab o'tadi. 1970-1980 yillarning oxirlariga kelib emotsiya va tafakkurning o'zaro ta'sirini o'rganishga doir qiziqish ortib bordi. Bu davrda emotsional va kognitiv jarayonlarning o'zaro samarali ta'siri haqidagi qarashlar ko'pgina tadqiqotlarda o'z isbotini topdi. Masalan: tafakkur realligiga depressiyaning ta'sirini o'rganish inson kayfiyatining o'zgaruvchanligi va kreativlikka moyillikning o'zaro bog'liqligi shuningdek, emotsional o'zini-o'zi https://scientific-jl.com/new 22 22 11 Volume–77_Issue-1_May-2025 JOUR
Доказательный фрагмент
«This article discusses the study of the manifestation and development of factors of socio-psychological competence in the activities of a forensic psychologist and the improvement of its specific socio-psychological f…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the study of the manifestation and development of factors of socio-psychological competence in the activities of a forensic psychologist and the improvement of its specific socio-psychological f… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- forensic psychologist-expert, socio-psychological competence, ekspert shaxsi, emotsional intellekt, kasbiy kompetentlik, sud psixologik ekspertiza, kasbiy faoliyat., kompetentlik, sotsial-psixologik kompetentligi, Kalit so'zlar: sud psixolog eksperti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026