Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DIN, DINNING IJTIMOIY – SIYOSIY ROLI VA DINIY SEKTALAR
Ilmiy rahbar: Boymirzayeva Xurshida Sobirovna · Talaba: Mavlonov Jo’shqinbek
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Dinning mohiyati ishonch va e’tiqod tushunchalariga asoslanadi. Din insoniyatning ruhiy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada din tushunchasi, uning falsafiy va teologik asoslari, shuningdek, diniy sektalarning paydo bo‘lishi va ularning jamiyatga ta’siri tahlil etilgan. Maxsus e’tibor diniy sektalarning xatarli faoliyatiga qaratilib, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli yoritilgan. Kalit so‘zlar: Din, e’tiqod, din falsafasi, teologiya, sekta, bahoiylik, ahmadiylik, iegovochilar, diniy mafkura, ijtimoiy xavf. Annotation The essence of religion is based on the concepts of faith and belief. Religion plays a significant role in the spiritual and moral life of humanity. This article analyzes the concept of religion, its philosophical and theological foundations, as well as the emergence of religious sects and their impact on society. Special attention is given to the dangerous activities of sects and their role in socio-political life. Keywords: Religion, faith, philosophy of religion, theology, sect, Baháʼí Faith, Ahmadiyya, Jehovah's Witnesses, religious ideology, social threat. Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. Din falsafasi, “din”ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki https://scientific-jl.com/new 33 11 00 Volume–77_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi. Teologiya atamasi (deus - Xudo, logos- ta'limot) qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan va dastlab hyech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. Teologiya «ilohiy haqiqat» bilan, falsafa esa yaxlit fan sifatida – tabiiy olam bilan shug‘ullanadi. Falsafa o‘zini bilishning hamma narsani, shu jumladan dinni ham o‘z muhokamasiga, tafakkur ila bilish doirasiga tortishi lozim bo‘lgan oliy ko‘rinishi sifatida his eta boshladi. Shu bois falsafa ilmning tili va tushunchalaridan Xudoning g‘oyalarini hamda «ilohiy haqiqatni» asoslash uchun foydalanuvchi falsafiy teologiya g‘oyalari tez suratlarda rivojlana boshladi. Teosofiya qadimgi ildizlarga ega bo‘lgan falsafiy harakatdir, ammo bu atama ko‘pincha XIX-asrning ikkinchi yarmida yashagan rus-german ruhiy lideri Yelena Blavatskiy tomonidan asos solingan teosofik harakatni anglatadi. Bir qator ruhiy kuchlarni, jumladan telepatiya va xayolparastlikni da'vo qilgan Blavatskiy butun umri davomida ko‘p sayohat qilgan. O‘zining katta asarlariga ko‘ra, unga Tibetga sayohatlari va turli ustalar yoki mahatatlar bilan suhbatlaridan so‘ng koinot sirlari to‘g‘risida tasavvur berilgan. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyati orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida yo‘li, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan hozirgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega ma’naviy-axloqiy kuch sanaladi. Din tushunchasi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtayi nazardan qaraganda u ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan sanaladi. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Sekta so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga ergashuvchilar guruhini anglatadi. Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar tushuniladi. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb baholaydilar. Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib borganlar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga oshirilgan. YaDHlarning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylandi. YaDHlarning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tash
Доказательный фрагмент
«Dinning mohiyati ishonch va e’tiqod tushunchalariga asoslanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюDinning mohiyati ishonch va e’tiqod tushunchalariga asoslanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Religion, faith, philosophy of religion, theology, sect, Baháʼí Faith, diniy mafkura, Kalit so‘zlar: Din, teologiya, din falsafasi, ijtimoiy xavf., e’tiqod, bahoiylik, ahmadiylik, iegovochilar, sekta
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025