Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISH JOYIDA AYOLLAR VA ERKAKLAR O`RTASIDAGI FARQLAR : MUAMMOLAR VA TENGSIZLIKLARGA CHUQUR NAZAR
Ubaydulloyeva Rayhona Fahriddin qizi · Shahlo Davirova
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
So‘nggi yillarda rivojlanayotgan O‘zbekistonda gender tengligi masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lsa-da, ish joylarida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqlar haliham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Gender tafovuti nafaqat ishga qabul qilish jarayonida, balki lavozimga ko‘tarilish, mehnat sharoitlari, ish haqi miqdori va rahbarlik imkoniyatlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu maqolada aynan O‘zbekistondagi ish joylarida erkaklar va ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularga to‘siq bo‘layotgan omillar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ayollarning ish joylarida duch kelishi mumkin mumkin bo`lgan qiyinchiliklari, xususan, salohiyat va mehnatning teng baholanmasligi , hanuz teng haq to`lamaslik, maishiy vazifalar tufayli sodir bo`ladigan ortiqcha charchoq hamda kasbiy faoliyatda xolis bo`lmagan baholash kabilar chuqur o`rganiladi va bir qator rivojlangan mamlakatlar uchun dolzarb mavzuga aylanganligi va bu muammo O`zbekistonda ham keng tus olganligi sababli chetel tajribalari va muammoga yechim texnikalaridan foydaniladi, O`zbekiston bilan qiyoslanadi va to`laqonli yechimlar taqdim etiladi. Kalit so`zlar: gender tenglik strategiyasi, professional charchoq, ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlik, maishiy vazifalar, natijaga asoslangan baholash tizimi, ambitsiya. Bugungi kunda gender tengligi yo`lida erishilgan bir qancha yutuqlarga qaramay, ish joylarida ayollar va erkaklar o`rtasida hali ham sezilarli farqlar va tenglik zarurati dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. Ze`ro, kompaniyalar ayollar yetakchiligi orqali ko`proq foyda, innovatsiyalar va iste`dodlarni jalp qilishga erishmoqdalar. So`ngi tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, ish madaniyati ko`pincha ayollarning hissasini yetarlicha qadrlamaydi va erkaklarning ko`zga ko`ringan mehnatini ko`proq mukofotlaydi, hatto ular bir xil natijalarga erishgan bo`lsalar ham. Ayniqsa, O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tgandan so`ng, rahbarlik va yetakchilik https://scientific-jl.com/new 5555 8888 8888 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS lavozimlarida erkaklar ustunlik qilib ko`proq yuqori texnalogik sohalarda yo`naltirilgan bo`lsa ayollar ko`pincha an`anaviy ravishda ta`lim, sog`liqni saqlash va xizmat ko`rsatish tarmoqlarida jamlanganlar. Davlat statistika qo`mitasining 2023- yilgi ma`lumotiga ko`ra, erkaklar iqtisodiyotning muhandislik, IT sohalarida 70% dan ortig`ini tashkil etsa, ayollar esa ushbu sohalarda atigi 30% ni tashkil etadi. Ushbu tengsizliklarni chuqur tushunish va adolatli ish sharoitini yaratish, gender tengligi ta`minlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta`kidlaydilar: "Jamiyatimizda gender tengligini ta'minlash, xotin- qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hayotning faol ishtirokchisiga aylantirish - biz olib borayotgan islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biridir." Rahbarlik va yetakchilik lavozimlarida erkaklar ustunlik qiladi. Xususan, xususiy sektor korxonalarida direktor yoki yuqori menejer lavozimlarida ishlovchi ayollar soni nihoyatda kam. Bu holat ko‘plab sabablarga borib taqaladi: ayollarning o‘ziga ishonchi pastligi, gender stereotiplari, oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga urinishlar va ba'zida korporativ madaniyatning erkaklarga yo‘naltirilganligi. Ayollar va erkaklarning biznesdagi ulushi: Ayollar 39% Erkaklar 61% Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva intervyusida ayollar va erkaklarning biznesdagi ulushi haqida to`htalib, O`zbekistonda ayollar biznesda faol ildamlayotganini, ularning ulushi 39% ni tashkil etishini ta`kidladi. Bu ko`rsatkich ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini ko`rsatadi. Shuningdek, ayollar uchun moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida davlat tomonidan turli dasturlar amalga oshirilmoqda. Biroq, hali ham gender tengligini ta'minlash va ayollarni biznesda https://scientific-jl.com/new 5555 8888 9999 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qo'llab-quvvatlash borasida ishlar to`htab qolgani yo`q. Bu borada qonunchilikni takomillashtirish, ayollar uchun biznes muhitini yaxshilash va moliyaviy resurslarga kirishni osonlashtirish zarurdir. Amerikaliklar dunyodagi eng ko'p ishlovchi xalqlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti ma'lumotlariga ko`ra, ular deyarli barcha rivojlangan mamlakatlardagi ishchilarga nisbatan ko'proq soat ishlaydi. Bu holat qisman shuni ko'rsatadiki, AQShda uzoq soat ishlash ko'proq maosh, katta bonuslar va tezroq lavozim ko'tarilishiga olib keladi. Biroq bu jarayon mukammal meritokratiya emas. Yangi tadqiqotlar uzoq ishlashga qaratilgan bu madaniyat ayollarni ikki tomonlama salbiy ta'sirga duchor qilayotganini aniqladi, ayollar kamroq ishlasalar ham, ko'proq ishlasalar ham zarar ko'rishadi. Tadqiqotda 230 amerikalik xodim ishtirok etib, ular 40 soat va 60 soat ishlovchi, bir xil baholangan ikkita xodim prof
Доказательный фрагмент
«So‘nggi yillarda rivojlanayotgan O‘zbekistonda gender tengligi masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lsa-da, ish joylarida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqlar haliham dolzarb mas…»
Образец извлечения
Демо-превьюSo‘nggi yillarda rivojlanayotgan O‘zbekistonda gender tengligi masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lsa-da, ish joylarida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi farqlar haliham dolzarb mas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maishiy vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, Kalit so`zlar: gender tenglik strategiyasi, professional charchoq, natijaga asoslangan baholash tizimi, ambitsiya.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024