К содержанию
РецензированоUZ2026

KOMPOZITOR FARRUX AKROMOVNING  “SUNDAY” ASARIDA ZAMONAVIY GARMONIYA KO’RINISHLARI

CHOLG’ULASHTIRISH” KAFEDRASI TALABASI · Mansurova Aziza · Kompozitor Farrux Akromovning

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o’zbek kompozitorlari ijodida zamonaviy garmoniya sur’atlari, ularning qo’llanilish tamoyillari haqida so’z boradi. Hamda kompozitor F.Akromovning asosiy garmonik tili va uning asarlaridagi zamonaviylik haqida yoritiladi. Kalit so’zlar. Zamonaviy garmoniya, yangi uslub, musiqa shakli, garmonik til, polifunksionallik, sekunda, poliqatlamlik, polifonik garmoniya, polifonik qatlam, politonallik. Kirish. O’zbek kompozitorlari ijodiyotida zamonaviy garmoniya naqshlari ХХ asr musiqa tajribasi shuni ko‘rsatdiki, vertikal o‘lchamining yangi-yangi muammolari paydo bo‘lmoqda, chunki o’zbek kompozitorlari tafakkuri, musiqiy tilining rivojlanishi, ifodalash vositalari хilma-хil uslubiy yo‘nalishlarni yuzaga keltiradi va ohangdoshliklarning turi ko‘payishiga hamda boyishiga olib keldi. Milliy – zamonaviy uslubda ijod qiluvchi F.Akromovning asosiy garmonik tili O‘zbekiston kompozitorlari o‘z ijodiyotida zamonaviy garmoniya uslublaridan keng foydalanib, turli janrlarda ko‘plab asarlar yaratishgan. Lekin bu yo’nalishda talabalar hali o’z ijodiy oq’uv ishlarini yozganlari yo’q. Zamonaviy yo’nalishda ijod qilgan kompozitorlarning asarlari juda ham qiziq, ularning rang barangligi va bir qancha ohangdosh tovushlarning o’zgacha, yorqin birikishi hech qaysi kompozitor yoki musiqachi talabaning e’tiborini tortmay qo’ymaydi. Shuning uchun, bugun men o’z maqolamni aynan o’zbek kompozitorlarining aynan yosh kompozitor ustoz Farrux Akramovning zamonaviy musiqa tiliga bag’ishladim. Ushbu yosh kompozitor ijodkor, ustozimizning deyarli barcha asarlari zamonaviy uslubda yozilgan. Milliy ohang va zamonaviy ovozlarning qo’shilmasida paydo bo’lgan o’ziga xos kuy va garmoniya ijodkorning musiqiy tili va tafakkuri yangi asrning musiqasidan darak berib turibdi. Kuyni tashkil qiluvchi omillarning eng asosi bu garmoniya. Biz bu fanni bir necha yillardan beri o’rganib, o’z asarlarimizda uning bir necha turlarini ishlatib kelmoqdamiz. Lekin aynan zamonaviy milliy garmoniyani yangi asr ijodkor kompozitorlarimiz bo’lmish ustozlarimizdan chuqur o’rganishimiz va tahlil qilib, bu garmonik tilni o’z ijodimizda qo’llashimiz ma’qulligiga amin bo’lamiz. Hozir Sizda zamonaviy garmoniya bo’yicha nega aynan Farrux Akromovning ijodi va uning https://scientific-jl.com/new 4444 3333 2222 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS asarlari tahlili va garmoniyasi haqida izlanish qilyapsan degan savol tug’ilishi mumkin. Negaki, Farrux Akromov yosh kompozitor ijodkor, bugungi kunga qadar bir qancha xalqaro konkurslarda o’z asarlari bilan yuqori natija ko’rsatgan laureate va g’olibdir. “Pre-Art, The young composers meeting, Omnibus Laboratorium” kabi jahon miqyosidagi konkurslardir. Albatta, ushbu kompzoitorning zamonaviy asarlarini men garmoniya fanini o’zlashtirish davomida yozyapman va menga bu asarni tahlil qilib , uni chuqur o’rganish uchun bir necha ustozlarning o’quv qo’llanmalari, kitoblari asqotdi. Endi esa Farrux Akromovning “Sunday” asari haqida gaplashsak. Ushbu asar goboy va fortepiano uchun yozilgan bo’lib, o’zining jozibador ohangi va zamonaviy garmonik tili bilan tinglovchilarning qiziqishini yanada orttiradi. Asar o’zgaruvchan o’lchovda, gamofon garmonik faktura asosida yozilgan. O’zgaruvchan o’lchovlar 3/8, 4/8 5/8; Shakl jihatidan esa oddiy 3 qismli pyesa; Garmoniyasi rang barang. Asar notalariga qaraganingizdayoq u sho’xchan, raqsona ekanligini yaqqol ko’rishingiz mumkin. Sababi, melodiya va garmoniya buni o’z jilosida ko’rsatib turibdi. Kuy boshlanishidayoq, alteratsiyalangan ohanglarga ko’zimiz tushadi. Boshida biroz kam kiritilgan bu intervallar asar davomida polifunksionallik va poli akkordikni tashkil qilib, yorqinlashtirib ko’rsatadi va albatta kiritilgan tonlar ham bundan mustasno emas. Endi esa ushbu atamalar nimani anglatishiga nazar solsak: Musiqa to‘qimasining qatlamlarga ajralishi ularning funksional qarama-qarshiligi natijasida kelsa, ya’ni bir ladotonallik ichida har хil garmonik funksiyalar ustma-ust qo‘llanilsa, buni polifunksionallik deb atashadi. Masalan: T D, D T, S T va hokazo. Polifunksionallikning eng oddiy shakli organ punktlar orqali namoyon bo‘lishi mumkin. Bu usul Evropa klassik kompozitorlariga juda yaхshi ma’lum bo‘lib, XX asr musiqasida o‘ziga хos o‘zgarishlarga uchragan. Polifunksionallikning ushbu turi musiqaning garmonik tuzilish хususiyatlarida va ohangdoshliklarning ladofunksional https://scientific-jl.com/new 4444 3333 3333 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS o‘zaro aloqalarida o‘z ifodasini topgan. XX asr kompozitorlari bu vositani kengaytirilgan diatonika va хromatika tizimlari asosida qo‘llashgan. Polifunksionallikning fakturaviy shaklini eng tarqalgan turi – bu yuqoridagi ovozlarni basga qarama-qarshiligidir. Ushbu sharoitda akkordlarning lad funksiyasini aniqlashda fakturaning ahamiyati juda katta bo‘ladi. U har хil tovushli unsurlarni bir garmonik vertikalga birlashtiradi. Musiqa to‘qimasida ikkita yoki bir necha mustaqil shakllangan va bir-biridan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’zbek kompozitorlari ijodida zamonaviy garmoniya sur’atlari, ularning qo’llanilish tamoyillari haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’zbek kompozitorlari ijodida zamonaviy garmoniya sur’atlari, ularning qo’llanilish tamoyillari haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
politonallik., musiqa shakli, polifonik garmoniya, polifonik qatlam, sekunda, yangi uslub, garmonik til, poliqatlamlik, polifunksionallik, Kalit so’zlar. Zamonaviy garmoniya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники