Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“SOHIBQIRON” ASARIDAGI TARIXIY VA TOʻQIMA OBRAZLAR
Joʻraqulova Gavhar Zoyir qizi (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti) · Yusupov Sardor Shodi oʻgʻli (Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
A.Oripovning “Sohibqiron” dramatik-dostoni buyuk sarkarda A.Temurning siymosi orqali milliy gʻurur, tarixiy xotira va vatanparvarlik gʻoyasini ifodalovchi badiiy asardir. Bu asarda tarixiy xaqiqat va badiiy toʻqimaning uygʻunligi muhim oʻrin tutadi. Asarda A.Temur, Bibixonim, Jahongir Mirzo, Ulugʻbek kabi tarixiy shaxslar obrazli tarzda tasvirlangan. Bu obrazlar orqali muallif oʻsha zamonning siyosiy va maʼnaviy muhitini ifodalab beradi. Asar davomida uchraydigan oddiy xalq vakillari, dushmanlar kabi toʻqima obrazlar esa, asarga chuqur maʼnaviy va badiiy mazmun baxsh etadi. Kalit soʻzlar. “Sohibqiron” dramasi, tarixiy obrazlar, toʻqima obrazlar, tarixiy haqiqat, obraz va obrazlilik. Obraz soʻzi rus tilidan olingan boʻlib, oʻzbekcha tarjimada “aks” degan ma’noni anglatadi. Kishining oynadagi aksiga nisbatan ham “obraz” soʻzi ishlatiladi. Badiiy obraz esa, borliqning, undagi narsa, hodisa va hokazolarning badiiy asardagi aksi. Biroq, badiiy obraz oʻsha borliqning oddiygina aksi emas, yoʻq, u borliqning sanʼatkor koʻzi bilan koʻrilgan va ideal asosida qayta ishlangan aksidir. Obraz oʻrganilish manbasiga koʻra tarixiy va toʻqima obrazlarga boʻlinadi. Tarixiy obrazlar bu haqiqiy tarixiy shaxslarga asoslangan obrazlardir. Bunday obrazlar tarixiy voqeani koʻrsatish, hayotiy haqiqatni yoritish maqsadida qoʻllaniladi. Toʻqima obrazlar esa, bu yozuvchi tomonidan oʻylab topilgan, real hayotda mavjud boʻlmagan, ammo voqea yoki gʻoyani ifodalash uchun yaratilgan obrazdir. [1:63] Biz “Sohibqiron” asarini oʻrganar ekanmiz undagi obrazlarni tarixiy va toʻqima obrazlar boʻlib oldik. Asarda qatnashgan asosiy tarixiy qahramon bu A.Temurdir. U tarixiy shaxs boʻlib, donishmand, adolatparvar, vatanparvar va xalqparvar, irodali shaxs sifatida tasvirlanadi. Uning adolatparvarligini asarda keltirilgan “Kuch- adolatdadir” jumlasini oʻzi uchun shior qilib olganligida koʻrishimiz mumkin. Asardagi tarixiy qahramonlardan yana biri bu Bibixonimdir. U A.Temurning rafiqasi. Tarixda mavjud boʻlgan shaxsdir. Asarda u mehribon, oqila, fidokor, ayni damda sadoqatli ayol sifatida gavdalanadi. Buni yozuvchi quyidagi parcha orqali ham ifodalaganligini koʻrishimiz mumkin: “Kecha tunda odatimcha shahar aylanib, https://scientific-jl.com/new 4444 9999 0000 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Bir madrasa hovlisiga tashrif buyurdim. Bu uchovlon hujranishin suhbat qilardi Biri dedi - oh, qaniydi imkonim boʻlsaydi agar, Hozir palov oshar edim tuguncha rosa. Ikkinchisi aytar edi qoʻlimga tushsa, Uxlamasdan oʻqir edim falon kitobni. Gʻoyat qiziq uchinchisin armoni esa U der edi -qani, taqdir nasib etsa-yu Bibixonim visoliga bir zum yetishdan Devonbegi: chakki emas xumparlarning ishtahalari, Aniqladak boʻlar uchinchisini Bibixonim: Oshni orzu qilganingiz qaysi biringiz? 1-mullavacha: U-men edim Bibixonim: Devonbegi bu yigitchaga Seryogʻ, sergʻayrat bitta Palov yasab beringiz Ilm-u fanga ruju qoʻygan qaytdingiz edi? 2-mullavacha: Kitobni men tanlaganim, hazrat malikam Bibixonim Samarqandning ulugʻ,nomdor bir olimiga Shogirtlikka berilsin u niyati qutlugʻ Uchinchi mullavacha Demak, sensan oshiq boʻlgan Bibixonimga? Uchinchi mullavacha Men iqrorman Jazo bering, eng oliy jazo! Bibixonim: Men Temurning zavjasiman Hoy, mullavacha Javobim ham, jazoyim ham shul: Yetisholmassan. [2:449] Asardagi Jahongir Mirzo ham tarixiy shaxs. Uning vafoti Sohibqiron qalbida chuqur iz qoldirgan. Asarda u Kesh shahrini tariflar ekan “...mangu orom olar unda oʻgʻlim Jahongir” deya taʼkidlab oʻtadi. Sulton Muhammad, Shohrux, Ulugʻbek - Temurning avlodlari sifatida eslab oʻtiladi. Ayniqsa, Ulugʻbek ilm-fan tarafdori sifatida qadrlanadi. Buni Temurning oʻlimi oldidan Ulugʻbekka qarata aytgan quyidagi gaplaridan bilishimiz mumkin. “Seni tiyrak nabiram deb suyib yuraman, Ishtiyoqing bisyor emish ilm-u urfonda. Yulduzlarning tilini ham uqar emishdan, Orzu etgum payti kelib mening naslimdan https://scientific-jl.com/new 4444 9999 1111 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Zora osmon jismlari lmining ham sardori chiqsa”[2:478] Toʻqima obrazlarga keladigan boʻlsak, bularga biz asardagi oddiy xalq vakillari, qassoblar, qariya kabi obrazlarni keltirishimiz mumkin. Ular orqali Temurning xalq bilan munosabati, adolatparvarligi, haqiqatgoʻyligi yoritiladi. Bu obrazlar koʻproq Ramziy va gʻoyaviy maʼnolarni ifodalaydi. Masalan, Temur: Yer yuzida yengilmas bir saltanat tuzdik, Qovushtirdik boshlarini ne-ne xalqlarning. Samarqandning qutlugʻ nomi bizni har qayda Qoʻllab turdi,yoʻllab turdi gʻalaba tomon Qirq kun zafar nashidadin sursin Samarqand Yetti iqlim toʻy oʻtkazsin biz bilan birga Farmonim shul: Zindonlarda bandi yotganlar Bugundanoq afv etilsin Ozod etilsin. Xaloyiq Ming bor qulluq olampanoh marhamatiga Qariya Alohazrat, farmoningiz gʻoyat oʻrinli, Shu taxlitda himmat qilgan paygʻambarlar ham Bordir lekin farmongacha bandi boʻlmagan Ozod yurgan turli-tuman jinoyatchilar A.Temur Ular kimlar? Ayting menga Samarqand ahli Yer yuzini olibmizu adol
Доказательный фрагмент
«A.Oripovning “Sohibqiron” dramatik-dostoni buyuk sarkarda A.Temurning siymosi orqali milliy gʻurur, tarixiy xotira va vatanparvarlik gʻoyasini ifodalovchi badiiy asardir.»
Образец извлечения
Демо-превьюA.Oripovning “Sohibqiron” dramatik-dostoni buyuk sarkarda A.Temurning siymosi orqali milliy gʻurur, tarixiy xotira va vatanparvarlik gʻoyasini ifodalovchi badiiy asardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toʻqima obrazlar, obraz va obrazlilik., tarixiy haqiqat, tarixiy obrazlar, Kalit soʻzlar. “Sohibqiron” dramasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025