Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SAVDO VA HUNARMANDCHILIK SOLIQLARI
VA HUNARMANDCHILIK SOLIQLARI · Turdaliyeva Gulasalxon Abdusalom qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Условия налоги джигаты, созданые ремесленникам и торговцам во времена Амир Темура и Тимуридов, были написаны на основе исторических и научной литературы. Annotation: to the artisans and merchants during the reign of Amir Temur and the Timurids created conditions, taxes and collections historical and scientific it was written on the basis of literature. Kalit so`zlar:. Tamg`a, rosti-rusti, sarmoya, xazina, yasoqiy. Ключевые слова: Тамга, капитал, казна, ясак. Key words: stamp, rosti-rusti, investment, treasure, yasakiy. Kirish: Amir Temur soliq siyosatini mamlakat boshqaruvi va rivojining asosiy yo`nalishi qilib belgiladi. U o`zining “rosti rusti” shiorining mohiyatiga mos keladigan va soliq to`lovchilar manfaatini himoya qilishga qaratilgan adolatli ibratga loyiq soliq tizimini yaratdi va uning joriy qilinishini izchil nazorat qiladi. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiy etishi eng avvalo hunarmandchilik va ichki savdoning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Asosiy qism: Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o`tmoq lozim. Amir Temurning sa`y-harakatlari bilan Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrda hunarmandchilikning keng rivojlanishi shaharlarda hunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib borishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Sohibqiron savdo yo`llari rivojiga, uning tinchligiga keng e`tabor berib bordi. Shaxsan o`zining nazorati ostida savdo yo`llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlaring xavfsizligini ta`minladi. Numizmatik olim I.To`xtiyevning tadqiqotlariga ko`ra Amir Temur va Temuriylar davrida 20 ga yaqin soliq va to`lovlar aholidan undirib olinganini qayd qiladi.[1] Amir Temur davrida hunarmandlar va savdogarlar uchun tamg`a solig`i joriy qilingan. Tamg`achilar - savdo-sotiqdan va bojxona xizmati orqali https://scientific-jl.com/new 44 44 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS keladigan tushumlarni yig`ish ishlariga ma`sul bo`lganlar. Bu davrga kelib savdo- sotiq rivojlandi. Tegirmonlar, hunarmandchilik ustaxonalari, katta-katta boylar qo`lida to`planib qoldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq gullab-yashnaydi. Temuriylar davrida, ayniqsa Amir Temur davrida ishlab-chiqarish va savdo munosabatlaridagi ijtimoiy adolat masalasi muhim bo`lganligini bir eslatib o`tish joizdir. Yaratilgan shart-sharoitga, mavjud tartibga rioya qilmay, tekin daromad ketidan quvganlar jazo topishi muqarrar edi. Chunonchi, Klavixoning guvohlik berishicha, Amir Temur navbatdagi harbiy yurishdan qaytganidan so`ng, o`zi yo`qligida shahardagi ahvol qanday ekanligini tekshirgan. Shunda bir qator do`kondorlar, jumladan, qassoblar, etikdo`zlar, boshmoqchilar o`z mahsulotlarini haddan ziyod yuqori bahoda sotayotganliklari ma`lum bo`ladi. Ularni ishi darhol sudga berib jazolanadilar, suuistemol qilgan mablag`lari esa tortib olinadi.[2] Sarmoyasi ketib qolgan savdogarga o`z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan. [3] Amir Temur davrida poytaxt Samarqand va uning atrofidagi yerlarda savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun Samarqandga keladigan savdogarlarga bir muncha yengilliklar berilgan. Chunonchi , Amudaryodan Samarqandga keladigan savdogarlar hech qanday bojsiz shaharga kiritilganlar. Asosiy maqsad shahar aholisini sonini ko`paytirish va savdoni rivojlantirish bo`lgan. Amudaryodan boshqa hududga o`tmoqchi bo`lganlarga esa daryodagi qayiqlarda podshoh tomonidan tayinlangan qorovullar tayinlangan bo`lib, o`tuvchidan katta boj olingan. Amir Temur chet ellik savdogarlarga katta e`tibor bilan qaragan va o`z saltanati hududida ular uchun ulkan imkoniyatlar yaratib bergan. Agar biror savdogar uning davlati hududida uning mol-mulki talon-taroj qilinsa, shu hudud aholisidan o`g`irlangan mol-mulk qiymatini ikki hissa savdogarga to`lagan hamda huddi shu mablag` Amir Temurni o`ziga besh hissa qilib to`lashi shart bo`lgan. Amir Temur vafotidan keyin uning soliq siyosatini o`g`illari va nabiralari davom ettiradi hususan nabirasi Mirzo Ulug`bekni hukmronligi davrida ham aholidan olinadigan soliqlar va boshqa yig`imlar adolatli qilib olinganligi va biror-bir savdogarning mol-mulkiga davlat tomonidan ortiqcha to`lovlar belgilanmaganligi manbalarda qayd qilingan. Temurshunos olim Bo`riboy Ahmedovning Mirzo Ulug`bek haqida yozgan essesida shunday ma`lumot beradi. Bir kuni Ulug`bek devon ishlari bilan band bo`lib o`tirgan payta uning yoniga bir kishi kelib o`zini savdogar ekanligini aytadi. Xurosondan kelayotganini, karvon Amu suvidan kechib o`tayotgaida qimmatbaho toshini yo`qotganini aytib shikoyat qiladi. Ulug`bek uni tinchlantirib bir yil kutishini, topilmasa qiymatini to`lab berishini aytib uyiga yuboradi. Bir muddat o`tgach o`tgan yilda soliq to`laganlarning ro`yhatini ko`rib turganida Ulug`bek qorako`llik bir kishining 50 tangalik soliq o`rniga 500 tangalik soliq to`laganini aniqlaydi va qorako`llik soliq to`lovchi
Доказательный фрагмент
«Условия налоги джигаты, созданые ремесленникам и торговцам во времена Амир Темура и Тимуридов, были написаны на основе исторических и научной литературы.»
Образец извлечения
Демо-превьюУсловия налоги джигаты, созданые ремесленникам и торговцам во времена Амир Темура и Тимуридов, были написаны на основе исторических и научной литературы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stamp, rosti-rusti, investment, treasure, yasakiy, xazina, Kalit so`zlar:. Tamg`a, sarmoya, yasoqiy.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026