К содержанию
РецензированоUZ2026

MAXALLIY KUZGI BUG‘DOY NAVLARINING MINERAL O‘G‘ITLAR BILAN TA’MINLANIShINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI

Доцент КГТУ Н.И.Ирназарова

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

The widespread introduction of improved intensive technologies based on optimizing irrigation and feeding regimes for obtaining a stable, abundant, and high-quality harvest of winter grain crops on irrigated lands, increasing grain yield and quality in grain farming, is one of the important factors. Key words: variety, biological, agrotechnology, cost, climate, timing, feed, disease, pest, quality Respublikamizda asosiy oziq-ovqat ekini hisoblangan bug‘doy hosildorligiga ta’sir etuvchi omillarni mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti va navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish g‘allachilikdagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Yangi yaratilgan bug‘doy navlarining mintaqa-tuproq-iqlim sharoiti https://scientific-jl.com/new 66 11 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS va navlarning biologik xususiyatlariga mos agrotexnologiyalarini ishlab chiqish navlarning potensial hosildorligidan to‘la foydalanishga va hosildorlikni va don sifatini oshirishga, yetishtirilgan don tannarxini kamaytirishga imkon beradi. Boshoqli don ekinlari hosilining shaklllanishiga navning biologik xususiyatlari, mintaqa tabiiy iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi, o‘tmishdoshlar, ekish usuli, muddati va me’yori, oziqa moddalar me’yori va qo‘llash muddatlari, nam bilan ta’minlanganlik, o‘simlikni kasallik, zararkunandalar bilan zararlanishi, ekinzorni begona o‘tlar bilan ifloslanishi, barcha agrotexnik tadbirlarni optimal muddatda va sifatli o‘tkazilishi, hosilni qisqa davrda nobudgarchiliksiz o‘rib-yanchib olinishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham agrotexnik usullar orasida sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida kuzgi bug‘doy rivojlanishining jadal yoki sust bo‘lishi, hosilning mo‘l yoki sifatli aksincha past va sifatsiz bo‘lishi asosiy oziqa elementlari, azot, fosfor va kaliy (NPK) ning yetarli miqdorda yoki aksincha yetishmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun biz, janubiy dexqonchilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan yangi yumshoq bug‘doy navlarining o‘g‘itlashga ta’sirchanligini o‘rganish borasida tajribalar olib borildi. Dala tajribalari Qashqadaryo viloyati uchun xos bo‘lgan Qarshi tumanidagi Don va dukakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining tajriba dalasida o‘tkazildi. Tajriba dalasining tuprog‘i och tusli bo‘z tuproq, mexanik tarkibi o‘rta soz, kam sho‘rlangan sizot suvlar 2-2,5 metr chuqurlikda joylashgan, kam minerallashgan (2,5-3g/l ) iborat. O‘tmishdosh g‘o‘za. O‘suv davrida tuproqdagi namlik tuproq cheklangan dala nam sig‘imining 70% dan kam bo‘lmagan holda ushlab turildi. Tajriba maydoni tuprog‘i tarkibida gumus miqdori 0-30sm qatlamda 0,918% ni, 30-60 sm da 0,660% , tuproq tarkibidagi yalpi azot muvofiq holda 0,018%; va 0,055 % , yalpi fosforning miqdori 0,105%; 0,065% va yalpi kaliy miqdori 1,90;1,83% ni, harakatchan azot miqdori 4,6 va 2,3mg/kg, harakatchan fosfor mos ravishda 43,0 va 30,0 mg/kg, almashinuvchi kaliy miqdori 118,0; 113,0 mg/kg ni tashkil qildi. Tajribada, andoza sifatida Davlat reestriga kiritilgan Krasnodar-99 navi standart qilib olindi. Tadqiqotlarimizda, yumshoq bug‘doyning istiqbolli navlari G‘ozg‘on, Elomon, Yaksart, Hisorak, Bunyodkor, Farovon va Barhayot navlari qo‘yidagi variantlarda 1)Nazorat (o‘g‘itsiz); 2)N P K 3) N P K 4) N P K 90 60 30 135 75 45 180 90 60 kg\ga joylashtirildi. O‘simlikning bo‘yi uning yotib qolishga chidamliligi bilan bevosita bog‘liq ko‘rsatkich hisoblanadi. Bizning tadqiqotlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha nazorat (o‘g‘itsiz) variantda barcha navlarda o‘simlik bo‘yi nisbatan past bo‘lishi kuzatildi. Standart nav Krasnodar-99 ga nisbatan faqat Hisorak navining bo‘yi 0,2 sm ga past bo‘ldi. Qolgan barcha navlarning bo‘yi standart Krasnodar-99 ga nisbatan 7,0 sm dan https://scientific-jl.com/new 66 22 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 16,9 sm gacha yuqori bo‘ldi. Ma’dan o‘g‘itlarning qo‘llanilishi bilan o‘simlik bo‘yining oshganligi kuzatildi. N P K kg/ga qo‘llanilganda nazorat variantiga nisbatan barcha navlar bo‘yicha 90 60 30 o‘simlikning bo‘yi standart nav Krasnodar-99 da 60,8 sm dan 53,2 sm ga Barhayot navida 81,8 sm ga gacha oshganligi kuzatildi. Boshqa navlarda ham nazoratga nisbatan o‘simlikning bo‘yi oshib bordi. Tajribamizda eng baland o‘simliklar N P K kg/ga 180 60 30 o‘g‘it berilgan variantda yuqori bo‘lganligi kuzatildi va navlarga bog‘liq holda 95,6 sm dan 108,3 sm gacha o‘zgarib bordi. Tajribamizda navlarga va qo‘llanilgan ma’dan o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq holda boshoqning uzunligi, 1 ta boshoqdagi don vazni va donlar soni ham o‘zgarib bordi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki ma’dan o‘g‘it me’yorlarining oshib borishi bilan boshoq uzunligi, 1 ta boshoqdagi don soni va vazni ko‘paydi. Ma’dan o‘g‘it me’yorlarining oshib borishi bilan barcha navlarda hosildorlikning oshib borganligi aniqlandi. N P K kg/ga qo‘llanilgan 90 60 30 paykalchalarda navlar bo‘yicha hosildorlik (Krasnodar-99)da 53,7 s/ga , (Hisorak) da 64,7 s/ga bo‘lga

Доказательный фрагмент

«The widespread introduction of improved intensive technologies based on optimizing irrigation and feeding regimes for obtaining a stable, abundant, and high-quality harvest of winter grain crops on irrigated lands, in…»

Образец извлечения

Демо-превью

The widespread introduction of improved intensive technologies based on optimizing irrigation and feeding regimes for obtaining a stable, abundant, and high-quality harvest of winter grain crops on irrigated lands, in… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
variety, biological, agrotechnology, cost, climate, timing, feed, Kalit so’zlar: nav, muddat, kasallik, zararkunanda, agrotexnologiya, iqlim, ozuqa, sifat, tannarx, biologik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники