К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARDA O‘PKA VA BRONXLARNING RIVOJLANISH NUQSONLARI

RIVOJLANISH NUQSONLARI · Abdullayeva Xilolaxon Ibrohimjon qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarda o‘pka va uning kasalliklar, bronxlarning rivojlanish nuqsonlari va kasallik turlari, bolalarda yosh doirasida uchraydigan gestatsiya davri va undagi jarayonlar, nafas yo‘llari va umurtqa pog‘onasida kechadigan o‘zgarishlar, o‘pka va bronxlar rivojlanishini kuzatib borish uskunalari, yurak va nafas yo‘llari kasalliklari sabablari va ushbu turdagi kasalliklarning ba’zi turlariga to‘xtalib o‘tilgan va bu jarayonning davolash usullari va metodikasi keltirilgan. Kalit so‘zlar: Bronx, kasallik, o‘pka, bolalar, chaqaloq, nafas, ageneziya. Bolalarda o‘pka va bronxlar rivojlanish nuqsonlari va anomaliyalari - embrional rivojlanish davrining ikki bosqichida noto‘g‘ri shakllanishi natijasida yuzaga keladi, ya’ni gestatsiya davrining 3-6 haftasi oralig‘ida birlamchi ichakdan traxeya divertikuli ajralishi va shakllanishining buzilishi; gestatsiya davrining 6—16 haftasi oralig‘ida distal bronxlarning hosil bo'lishi va shakllanishining buzilishi natijasida o'pka-bronx tizimida tug‘ma nuqson hamda anomaliyalar vujudga keladi. Chaqaloq va kattalar nafas olish a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasida o‘ziga xos bo‘lgan farqlar mavjud. Nafas yo‘llarining hilpillovchi epiteliy bilan qoplanishi gestatsiya davrining 6-16 haftasiga to‘g‘ri keladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda havo almashinuvi respirator bronxiolalarning shingilsimon xaltachasida kechadi. Nafas olish a’zolarining anatomik strukturasi shakllanishi (bronxiolalar, alveolyar, yo‘lakchalar, alveolyar daraxt) bola hayotining 18-oyigacha davom etadi. Postnatal rivojlanishi davomida 20 mln alveola bilan tug‘ilgan chaqaloqning alveolalari soni 8 yoshligida 300 mln atrofida bo‘ladi. Chaqaloq traxeyasi bola vazni va o‘pka hajmiga nisbatan noproporsional bo‘lib, qisqa va keng bo‘ladi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida o‘pka hajmi qariyb 30 martaga kattalashadi. Shuning uchun bolalarda nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, xususan distal qismlarining yallig‘lanishi bronxiolit va o‘pka shishi tez rivojlanadi[1,2]. Chaqaloq ko‘krak qafasi kattalar ko‘krak qafasidan shakli bilan farq qiladi, kattalarning ovalsimon shaklli ko‘krak qafasiga nisbatan ularning ko‘krak qafasi doira shaklini eslatadi, bu esa ko‘krak ekskursiyasi imkoniyatlarini chegaralaydi. Ularda qovurg‘a ikki, ya’ni tog ‘ay va suyak qism dan iborat. Qovurg‘alar gorizontal joylashgan bo‘lib, qovurg‘a tog‘aylari to‘sh suyagi bilan bir tekislikda yotadi. Qovurg‘alar nisbatan elastikligi, qovurg‘alararo mushaklaming funksional imkoniyatlari chegaralanganligi nafas olganda va nafas chiqarganda nafas hajmini https://scientific-jl.com/new 77 66 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS to‘liqligini ta’minlay olmaydi. Nafas olish, nafas hajmi asosan diafragmaning ekskursion faoliyati bilan bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun chaqaloqlarda abdominal xirurgik muolajalar, ichaklar parezi nafas olish faoliyatiga tez va nojo‘ya ta ’sir qiladi[3]. Ageneziya va aplaziya. O‘pkaning yoki bir vaqtning o‘zida bosh yoki drenajlovchi bronxning yo‘qligi ageneziya deyiladi. Aplaziya deganda esa, shakllangan yoki rudimentar bosh bronxborligi butun o‘pkaning yoki uning bir qismi yo‘qligi tushuniladi. Ikki tomonlama o‘pka ageneziyasi yoki aplaziyasi bilan tug‘ilgan bolalar hayot kechira olmaydi. Bu nuqsonlar boshqa rivojlanish norasoliklari bilan birga (yurakning tug‘ma nuqsonlari, qizilo‘ngach atreziyasi, diafragma churrasi, Botallov yo‘lining bitmay qolishi) uchraydi[4]. Ageneziya bilan kasallangan bemorlarda o‘limning sababi o‘pka infeksiyasi hisoblanadi. O‘ng o'pkasida ageneziya rivojlangan bolalar о‘limi kо‘proq kuzatiladi. Chunki chap o‘pkada yallig‘lanish jarayoni tez rivojlanadi. Ba’zi kuzatishlarga ko‘ra o‘pka ageneziyasi bilan tug‘ilgan bemorlar uzoq umr ko‘rishi ham mumkin. O‘pka nuqsonining klinik ko‘rinishi birlamchi pnevmomerlar bo‘linishining to‘xtash darajasi bilan aniqlanadi. O‘pka ageneziyasining klinikasida ko‘ks a’zolarining surilishi natijasida yurak va nafas faoliyatining buzilishlari kuzatiladi. Bemor hansirashdan shikoyat qiladi. Ko‘zdan kechirilganda ko‘krak qafasida asimmetriya (nafas olganda shu yarmining orqada qolishi kuzatiladi), ko‘ks a’zolari o‘pkaning nuqsoni rivojlangan tomonga suriladi. Yurak bu holatda vertikal o‘q atrofida buralgan bo‘ladi[5]. Sog‘lom о‘pka kengaygan ko‘krak qafasining ikkinchi yarmiga o‘tadi va mediastinal churrani hosil qiladi. Mediastinal churra ustida ko‘krak qafasining yuqorigi va medial qismlarida nuqsonli rivojlangan о‘pka tomonda nafas shovqinlari eshitiladi. Diagnostikasi — klinik, rentgenologik va bronxoskopik tekshiruv natijalarga asoslanib qo‘yiladi. Ularning ichida bronxoskopiya, bronxografiya, angiopulmonografiya, kompyuter tomografiya(KT) va magnit-rezonansli tomografiyasi (MRT) muhim o‘rin tutadi. Rentgenologik tekshirilganda (qovurg‘alararo) kasallangan tomonda qovurg‘alar oralig ‘ining torayishi, diafragm a pardasi yuqori joylashgani, ko‘krak qafasining shu sohasi qorong‘ilashgani kuzatiladi. Rentgenologik tekshirishda klinik bel

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarda o‘pka va uning kasalliklar, bronxlarning rivojlanish nuqsonlari va kasallik turlari, bolalarda yosh doirasida uchraydigan gestatsiya davri va undagi jarayonlar, nafas yo‘llari va umurtqa pog‘o…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarda o‘pka va uning kasalliklar, bronxlarning rivojlanish nuqsonlari va kasallik turlari, bolalarda yosh doirasida uchraydigan gestatsiya davri va undagi jarayonlar, nafas yo‘llari va umurtqa pog‘o… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Bronx, nafas, kasallik, chaqaloq, ageneziya., bolalar, o‘pka
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники