К содержанию
РецензированоUZ2026

BUXORO-XIVA NEFT-GAZ XAVZALARIDAGI KARBONAT RIFLI FORMATSIYASINING YOSHINI ANIQLASHDA MARJON BOG‘LAMLARNING AHAMIYATI

BOG‘LAMLARNING AHAMIYATI · Bo‘riyev Sardor Sayfullaevich

Журнал инноваций нового века · 1 · 2026

Аннотация

Karbonat formatsiyasi yotqiziqlarining yuqori qismi Janubiy- G‘arbiy Hisor tog‘i etaklariniig boshqa territoriyalarida 30-130 metrga yetadigan qalin qatlamli pelitomorf oxaktoshlar hosil qilib ularning orasida gil-alevrolitli oxaktoshlarning qatlamchalarni uchratish mumkin. Kalit so‘zlar: Rifogen qatlam, g‘ovurdoq, antiklinal, karbonat formatsiya, ammonitlar, rif, Onkolit va detritlar, paleobasseyn, rudistlar, gastropodalar. THE IMPORTANCE OF CORAL LIGAMENTS IN DETERMINING THE AGE OF THE CARBONATE REEF FORMATION IN THE BUKHARA-KHIVA OIL AND GAS FIELDS. Annotation: The upper part of the carbonate formation beds of the southwestern Mount Hissor skirts, forming thick-layered pelitomorph oxactoshes that reach 30-130 meters in other territories, among which layering of chalk-aleurolite oxactoshes can be found. Keywords: Rifogenic layer, pore, Anticline, carbonate formation, ammonites, reef, Oncolite and detritus, paleobassein, rudists, gastropoda. Karbonat formatsiyasining yuqori qismi Kuhitong tog‘dagi kesimi namunasida I.Y.Mixeev va N.K.Fortunatova ma’lumotlarini hisobga olgan holda, hamda S.T.Xusanovning izlanishlari natijasida yotqiziqlarni uchta bog‘lamga (pachkaga) bo‘lish mumkin. 1. Oxaktoshlar asosan to‘q kulrang bo‘lib, qatlami to‘lqinsimon va tarkibida qisman gillar uchraydi. Qalinligi 30-40 metr. 2. Rifogen qatlami yotqiziqlari asosan biogermlarning bir-birining ustma ust qaytarilishidan tashkil topgan bo‘lib, ayrim kesimlarda gilli pelitomorf oxaktoshlar qatlami uchraydi. Ulardan Perisphinctes ex gr. elisabechae Riaz., P. cf. tizianiformis Chof. ammonitlari avlodlarining vakillari aniqlangan, qalinligi 70-80 m. 3. Pelitomorf, qalin qatlamli kulrang oxaktoshlar. Qalinligi 50-110 m. Uchta bog‘lamning (pachkaning) umumiy qalinligi 150-230 m. Ularning ustki qismida gips https://scientific-jl.com/new 88 00 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS yotqiziqlari qoplagan. Kesimning kuzatilgan qismi ko‘zdan kechirilganda, uning tarkibi Kuhitong tog‘ining shimoliy riflarida qalin qavatli va pelitomorfdi oxaktoshlar aralashganligi kuzatiladi. Markaziy g‘ovurdoq antiklinallaridan g‘arbdagi kesimlardagi qatlam yotqiziqlarida 3-bog‘lam to‘liq biogerm va riflarni tashkil qilgan organik oxaktoshlarga aylanadi. Ulardan ko‘plab aktiv rif quruvchi marjon poliplar kompleksi aniqlangan. Yuqorida aytganimizdek, 3-bog‘lam yotqiziq-g‘ovurdoq antiklinalida yaxlit rif qatlamlariga aylanib, ular asosan marjon poliplar, rudistlar va suv o‘tlaridan tashkil topgan tub jinslar bo‘lib ularning ochilib qolgan yuzasini juda ko‘p geolog olimlar tomonidan o‘rganilgan (Omonniyozov, 1971; Ilin va boshqalar, 1976; Akromxo‘jaev va boshqalar, 1978; Rusakov, 1984, 1987). G‘ovurdoq yaxlit rifining kesimi litologik- petrografik tarkibi va hosil bo‘lish jarayonlari, hamda, marjon poliplarning tarqalishiga ko‘ra, to‘rt bog‘lamga ajratish mumkin (pastdan yuqoriga qarab). 1-bog‘lam. Oxaktoshlar asosan kulrang bo‘lib, marjon poliplar rudistlar va har xil organizm qoldiqlaridan tashkil topgan. alohida-alohida uncha katta bo‘lmagan biogermlar hosil qilib birinchi tepasidan boshqasi qoplab turadi. Ushbu bog‘lam yotqiziqlaridan quyidagi marjon polip turlari aniqlandi: Heiio-coenia abichi Babaev,Stylosm.ilia suevica Becker,Cryptocoenia cf. limbata (Goidfuss) va boshqalar. Rudistlar esa Diceras avlodiga tegishli bo‘lib, birinchi marta izlanish olib borilayotgan territoriyadan, faqat g‘ovurdoq yaxlit rifining I,II, va III borg‘lamlari yotqiziqlardan topildi (7-rasm). Bog‘lam yotqiziqlarini sinchiklab qarab chiqqanimizda, marjon polip va rudistlardan tashqari, ko‘plab ikki tabaqali mollyuskalar, gastropodalar va aniqlanishi qiyin bo‘lgan boshqa organizm qoldiqlarini uchratish mumkin. Ularning oralarini asosan detrit va onkolitlar to‘ldirib turadi. Bog‘lamning qalinligi 20-25 metr. 2-bog‘lam. Kulrang oxaktoshlar qatlami qalin bo‘lib, kesimda ko‘plab marjon polip va suv o‘tlari hamda rudistlarni uchratish mumkin. Marjon poliplardan quyidagi turlari aniqlandi: Thecos-milia cartieri Ko‘u, Dermoseris delgadoi Kobu va yangi marjon polip turi Cyatopora babaevi Khusanov. Bog‘lam tarkibidagi jinslar xuddi oldingi bog‘lamdagilarga juda o‘xshab ketadi. Ularda ham gastropodalar, ikki tabaqali mollyuskalar va boshqa xil hayvonot va o‘simlik dunyosi vakillari rif ko‘rishda yordamchi vazifani bajaruvchilar uchraydi. Onkolit va detritlar bilan aralashib 20-30 metrli yaxlit tana hosil qilishgan. 3-bog‘lam. Kulrang, marjon poliplari, suv o‘tlari va rudistlarning qoldiqlaridan hosil bo‘lgan qalin qavatli oxaktoshlardan tashkil topgan. Ba’zida mayda, siniq jins bo‘laklaridan hosil bo‘lgan yupqa qatlamchalarni uchratish mumkin, Bu bog‘lamda quyidagi marjon polip vakillari uchraydi: Calauiopbylliopsis kurvakarensis Babaev, Pleurophyllia trichotomade Fromentel va boshqalar. Bog‘lam qalinligi 12-18 metr. 4-bog‘lam. Kulrang, massivli, marjon polip va suv o‘tlari ko‘plab uchraydigan https://scientific-jl.com/new 88 11 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW C

Доказательный фрагмент

«Karbonat formatsiyasi yotqiziqlarining yuqori qismi Janubiy- G‘arbiy Hisor tog‘i etaklariniig boshqa territoriyalarida 30-130 metrga yetadigan qalin qatlamli pelitomorf oxaktoshlar hosil qilib ularning orasida gil-ale…»

Образец извлечения

Демо-превью

Karbonat formatsiyasi yotqiziqlarining yuqori qismi Janubiy- G‘arbiy Hisor tog‘i etaklariniig boshqa territoriyalarida 30-130 metrga yetadigan qalin qatlamli pelitomorf oxaktoshlar hosil qilib ularning orasida gil-ale… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rifogenic layer, pore, Anticline, carbonate formation, ammonites, ammonitlar, rudistlar, antiklinal, paleobasseyn, rif, g‘ovurdoq, gastropodalar., Onkolit va detritlar, karbonat formatsiya, Kalit so‘zlar: Rifogen qatlam
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники