Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
G‘ARBIY O‘ZBEKISTONDAGI O‘RTABULOQ MAYDONIDAGI RIF YOTQIZIQLARI TARKIBI VA HOSIL BO‘LISHIGA QARAB BOG‘LAM(PACHKA) TAVSIFI
BOG‘LAM(PACHKA) TAVSIFI · Bo‘riyev Sardor Sayfullaevich
Журнал инноваций нового века · 1 · 2026
Аннотация
Hozirgi paytda ko‘pchilik marjon turlarining yoshini yarus va hatto yarus osti qatlamlariga to‘g‘ri kelishini aniqlash va ularni nafaqat qo‘shni kesmalar bilan solishtirish, balki bir-biridan uzoq hududlardagi kesmalar bilan ham taqqoslash imkoni tug‘ildi. Kalit so‘zlar: Marjon, Oksford, kimerij, polip, organogenli detrit, kalkarenit jins, oxaktosh, krinoideylar, mshankalar. DESCRIPTION OF THE LINKAGE(PACHKA) DEPENDING ON THE COMPOSITION AND FORMATION OF REEF DEPOSITS IN THE MIDDLE LANE IN WESTERN UZBEKISTAN Annotation: At present, it was possible to determine the age of most coral species to coincide with the layers of the yarus and even under the yarus and compare them not only with neighboring cuts, but also with cuts in regions far from each other. Keywords: Coral, Oxford, chimeric, polyp, organogenic detritus, calcarenite genus, oxactoch, crinoideans, mshankas. Karbonat formatsiyasidagi yotqiziqlarda turli xil oxaktosh uyumlarini (biogerm, biostrom, rif) hosil qilishda marjonlar muxim o‘rin egallaydi. Boshqa organizmlar bilan birgalikda rif oxaktoshlarini hosil qilishda, ularning oksford va kimerij asrida tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Marjon qoldiqlarini o‘rganish asosida hozirgi paytda Buxoro-Xiva regionidagi karbonat rifli formatsiyasining stratigrafik jixatdan bo‘limlarga bo‘lish va rif yotqiziqlarining yoshini aniqlashga imkon yaratdi. Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin-yaqingacha Janubiy va G‘arbiy O‘zbekistondagi yuqori yura davri karbonat formatsiyasi yotqiziqlarida uchraydigan marjonlarga biostratigrafik jixatdan uncha ahamiyat berilmas edi. Lekin, ilmiy adabiyotlar tahlili natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Tetis dengizida rif vujudga kelishi oksford va kimerij asrlariga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi. 1-bog‘lam. Fatsial tahlil natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, O‘rtabuloq maydonidagi 1-bog‘lamning hosil bo‘lishi, tarkibi va tuzilishiga ko‘ra pastki qatlamlardan keskin farq qiladi. Maydonning ba’zi joylarida (9,13,18,24,26,28- quduqlar) marjon poliplarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan. Eng muhimi shundaki, Organik detritli oxaktoshlar uyumini siniq bo‘laklar tashkil qilgan bo‘lib, orasida ham muhim o‘rin egallaydi. Marjon polip qoldiqlari har xil, siniq bo‘laklarda 28-quduqdan olingan kern namunalarida ko‘plab uchraydi. Bular, asosan organogenli detrit hisoblanib, hajmi 0,1 dan 2m gacha, ba’zan 5 m gacha boradi. Ular https://scientific-jl.com/new 88 55 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS orasidan marjon polip qoldiqlarining siniq bo‘laklari topilib, quyidagi avlodlari aniqlandi. 19-quduqda mazkur jins tarkibi davom etadi, biroq ular bir qadar yaxshi navlangandir. Bog‘lam qalinligi 30-40 m gacha o‘zgarib turadi, marjonlarning keng rivojlangan maydonlarida (28-quduq) u maksimal darajaga yetgan (60m). 2-bog‘lam, O‘rtabuloq maydonining 18, 24, 28-quduqlarda bog‘lam qatlamlari organogen-siniqli va detritli oxaktoshlar ko‘rinishidadir. Bu jinslar gohida pelitomorfli va bug‘simondir. Jins ushoqlariniig hajmi 0,1 dan 5 km gacha, ular orasida marjonlar ko‘p, gastropoda va ikki tabaqali mollyuskalar ham mavjud. Ushoqlar orasida marjonlarning katta qismi ajralib turadi. 26-quduq kesimida quyidagi marjon polip avlodi vakillari aniqlandi: Microsolena sp., Comoseris sp., Thecosmilia sp , Calomopbylliopsis sp. Bog‘lam yotqiziqlari e qalinligi 35 dan 40 metrgacha o‘zgarib turadi. 3-bog‘lam. 24, 18 - quduq kesimlarida O‘rtabuloq maydonining rudit va kalkarenit jinslariga o‘xshash organogenli siniq jinslar ko‘pdir. Siniq jinslar bir xil kattalikda, ancha yaxshi xillangan, ularning hajmi 2-3 mm ga yetadi. O‘rtabuloq maydonining 24, 26, 18 - quduqlarida ular ko‘proq, 28-quduqda esa kamroqdir. Marjon polip siniqlaridan quyidagi turlar aniqlangan. Marjon poliplardan tashqari, bog‘lamda gastropodalar, braxiapodalar, krinoideylar, mshankalar va boshqa aniqlab bo‘lmaydigan organizm qoldiqlari ham bor. Ular bilan bir qatorda ba’zi qatlamlar orasida tosh yemiruvchilarning izlari ham kuzatilgan (18-quduq). Bog‘lamning qalinligi 30-50 m. https://scientific-jl.com/new 88 66 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Marjonlarning O‘rtabuloq maydonlaridagi kesmalarda tarqalishi 4-bog‘lam. Bu bog‘lam yotqiziqlari organogenli ushoq, detritli va serkesak oxaktoshlardan tashkil topgan. Siniqlarning hajmi asosan 2 mm, ba’zan yirikroqlari (2 sm gacha) ham uchraydi. Kesak (delvaklar) hajmi 0,05-1 sm. Detrit-ignatanli, pelesipod, ostrakoda, foraminifera va boshqa qazilma organizmlardan tashkil topgan. 24-quduqda kript okristali oxaktoshlarning qavat-qavat katlamlari kuzatilgan. Bog‘lam qatlamlari juda qo‘pol teksturalidir. 26-quduq kesmasidan marjon poliplar aniqlangan. Yemiruvchi organizm qoldiqlari ham e’tiborga molikdir mazkur bog‘lam 19- quduqda mayda-mayda oxaktoshlar ko‘rinishida uchraydi. Bog‘lam qalinligi 50-60 m, umuman rif yotqiziqlari qalinligi 160 (9-quduq) - 225 m (24-quduq) orasida o‘zgarib turadi. Mazkur material taxlili shuni ko‘rsatadiki, rif yo
Доказательный фрагмент
«Hozirgi paytda ko‘pchilik marjon turlarining yoshini yarus va hatto yarus osti qatlamlariga to‘g‘ri kelishini aniqlash va ularni nafaqat qo‘shni kesmalar bilan solishtirish, balki bir-biridan uzoq hududlardagi kesmala…»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi paytda ko‘pchilik marjon turlarining yoshini yarus va hatto yarus osti qatlamlariga to‘g‘ri kelishini aniqlash va ularni nafaqat qo‘shni kesmalar bilan solishtirish, balki bir-biridan uzoq hududlardagi kesmala… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Coral, Oxford, chimeric, polyp, organogenic detritus, calcarenite, kimerij, oxaktosh, kalkarenit jins, polip, Kalit so‘zlar: Marjon, Oksford, krinoideylar, mshankalar., organogenli detrit
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026