Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK VA FORS TILLARIDA KO‘PLIK KATEGORIYASINING MORFOLOGIK VA SEMANTIK QIYOSIY TAHLILI
Mohizarbegim ERGASHEVA · Ilmiy rahbar: D.S. Saidoripova
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
This article provides a comparative analysis of the morphological and semantic aspects of the plural category in uzbek and persian languages. The plural forms, their grammatical features and semantic functions in Uzbek and Persian are compared. The comparison identifies similarities and differences between the two languages. Keywords: plural, -lar (form of plural in uzbek language), نآ ،اه (plural forms in persian language, morphology, semantics, uzbek language, persian language, comparative analysis, grammatical adverbs. O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga, fors tili esa eroniy tillar guruhiga mansub. Bu ikki tilning ildizi, grammatik tuzilishi va so‘z yasalishi bir-biridan farqlanadi. O‘zbek tilida agglutinatsiya — ya’ni qo‘shimchalar orqali ma’no va grammatik vazifani ifodalash keng tarqalgan bo‘lsa, fors tilida esa flektiv (so‘z ichidagi o‘zgarishlar) uslub hukmron. Fors va o‘zbek tillarida ko‘plik kategoriyasini tahlil qilish nafaqat bu tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini, balki ularning o‘xshashlik va farqlarini ham ochib beradi. Ko‘plik shakli tilning asosiy morfologik tuzilmalardan biri bo‘lib, har bir tilda o‘ziga xos qonuniyatlarga ega. Xususan, o‘zbek tilida 2 xil son shakli mavjud: birlik va ko‘plik shakli. Birlik shakli shunchaki shu so‘zni qo‘llash orqali ifodalansa, ko‘plikni ifodalash uchun -lar qo‘shimchasidan foydalaniladi. Masalan: Gul (1 dona) – gullar (birdan ortiq) Kitob (1 ta) – kitoblar (birdan ortiq) Bir qarashda o‘zbek tilida har qanday so‘zning oxiriga -lar qo‘shimchasini qo‘shib, ko‘plik hosil qilinaveradigandek tuyuladi, ammo uning uchun ham ma’lum bir shartlar mavjud. Avvalo, bu affiks ot turkumidagi so‘zlar yoki otlashgan so‘zlarga https://scientific-jl.com/new 11 44 00 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qo‘shiladi. Sifat, ravish kabi so‘z turkumlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bu qo‘shimchani ishlatib bo‘lmaydi. Qolaversa, ot turkumidagi so‘z sanaladigan ot bo‘lishi kerak. Aks holda unga qo‘shilgan -lar o‘zining ko‘plik ma’nosini yo‘qotib, tur, xil, nav ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Olma – olmalar (Olma so‘zi sanaladigan ot va bu yerda -lar qo‘shimchasi olmaning birdan ortiq ekanligini bildiryapti.) Un – unlar; suv – suvlar; Do‘konga unlar va suvlar keldi. (Gapdagi un va suv so‘zlari sanalmaydigan ot hisoblanadi va ularga qo‘shilgan -lar affiksi bir nechta tur, navini ifodalaydi.) Bundan tashqari, o‘zbek tilida narsa-buyumning birdan ortiqligini ifodalash uchun bir nechta, bir qancha, ko‘p kabi birliklar ham ishlatiladi, lekin bu birliklar aniq miqdorni ko‘rsatmaydi. Narsa-buyumning aniq miqdorini bilish uchun sonlardan foydalaniladi. Beshta qalam, sakkizta xonadon kabi… Umuman olganda, O‘zbek tilida otlarning ko‘plik shakli bitta qo‘shimcha, ya’ni -lar qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi. Bu qo‘shimcha jonli, jonsiz predmet nomlariga ham qo‘shilaveradi: kitoblar, odamlar va h.k.1 Fors tilida esa bu biroz farqlidir. Ya’ni qo‘shimchalar va ularning qo‘llanilishi uchun asosli qoidalar mavjud. Lekin har ikkala tilda ham otlar ikki xil son shaklga ega: birlik shakli va ko‘plik shakli. Otlarning ko‘plik formasini yasash uchun ikki xil qo‘shimchadan foydalaniladi. Ulardan biri -hā qo‘shimchasi, ikkinchisi esa -ān qo‘shimchasidir. Bu ikkala qo‘shimcha -ān va -hā o‘zbek tilidagi -lar qo‘shimchasiga teng keladi, lekin ularning ishlatilishi biroz farq qiladi. هدافتسا مه »نآ« زا یهاگ .تسا »اه« عمج تملاع ،یسراف نابز رد عمج تملاع نیرتفورعم :هتکن .دوش یم (Tarjimasi: Fors tilidagi eng mashhur ko‘plik belgisi -hā ko‘plik belgisidir, ba’zida -ān ham ishlatiladi.) 2 1. ān – نا. Bu qo‘shimcha jonli predmet nomlariga qo‘shiladi. Masalan: Erkaklar – mardān نادرم =نا +درم Ayollar – zanān نانز =نا+نز 2. hā – اه. Bu qo‘shimcha universal hisoblanib, asosan, jonsiz predmet nomlariga qo‘shiladi. Masalan: Daftarlar - daftarhā اهرتفد=اه+رتفد Ba’zi hollarda –ناān ko‘plik qo‘shimchasi o‘rniga ko‘proq -اهhā qo‘shimchasi ishlatilishi mumkin, ya’ni -اهhā jonli predmet nomlariga ham qo‘shilaveradi. Bu hodisa hozirgi paytda ناān qo‘shimchasi o‘rnida ko‘proq -اه qo‘shimchasining ishlatilishi bilan izohlanadi. Lekin ba’zan ularni bir-biri bilan almashtirish mumkin 1 A.Quronbekov. Fors tili. Darslik. T,. 2006. 2 D.Saidoripova. Fors tilidan grammatik mashqlar to‘plami. O‘quv qo‘llanma. T., 2025. https://scientific-jl.com/new 11 44 11 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS emas, aks holda ma’no o‘zgarib ketadi. Masalan: ]رسsar]-bosh ]نارسsarān]-boshliqlar ]اهرسsarhā]-boshlar3 Bundan tashqari, -ān ko‘plik qo‘shimchasi ayrim juft tana a’zolari nomlariga ham qo‘shilishi mumkin. Masalan: Lablar – [labān] – بل – نابل Ko‘zlar – [češmān] – مشچ – نامشچ Ammo oyoq, qo’l kabi so‘zlarga -ān emas, balki -hā qo‘shimchasi qo‘shiladi: Qo‘llar – [dasthā] – تسد – اهتسد Oyoqlar – [pāhā] – اپ – اهاپ Agar o‘zbek tilida tana a’zolariga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa, ma’noni yanada kuchaytirib, bo‘rttirish ma’nosi ifodalanadi: Boshim og‘rib ketdi. Boshlarim og‘rib ketdi. (Ma’no kuchaygan) Sen
Доказательный фрагмент
«This article provides a comparative analysis of the morphological and semantic aspects of the plural category in uzbek and persian languages.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comparative analysis of the morphological and semantic aspects of the plural category in uzbek and persian languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- plural, -lar (form of plural in uzbek language), نآ ،اه (plural forms in, ها، آن, Kalit so‘zlar: ko‘plik, qiyosiy tahlil, semantika, -lar, grammatik qo‘shimchalar., fors tili, morfologiya, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024