К содержанию
РецензированоRU2026

FARGʻONA VODIYSINING NOYOB DORIVOR OʻSIMLIGI - LEPIDIUM FERGANENSIS L.

LEPIDIUM FERGANENSIS L. · LEPIDIUM FERGANENSIS L. · Yursunova O‘g‘iloy

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Lepidium ferganense L.— многолетнее растение семейства Brassicaceae, эндемичное для Центральной Азии. В данной статье рассматриваются ботаническое описание, химический состав и лекарственные свойства растения. Результаты исследования сопоставляются с другими видами рода Lepidium, оценивая его фармакологический потенциал. Ключевые слова : лист, стебель, корень, цветок, семя, лекарственный, ядовитый, полезный, рост, химия, состав, медицина, растение, анализ, Центральная Азия. Annotation Lepidium ferganense L. is a perennial plant of the Brassicaceae family, endemic to Central Asia. This article examines its botanical description, chemical composition, and medicinal properties. The findings are compared with other Lepidium species to assess its pharmacological potential. Keywords : leaf, stem, root, flower, seed, medicinal, toxic, beneficial, growth, chemistry, composition, medicine, plant, analysis, Central Asia Lepidium ferganense L. — Brassicaceae oilasiga mansub, Markaziy Osiyoda, xususan, Farg‘ona vodiysida tarqalgan noyob o‘simlikdir. Uning ekologik moslashuvchanligi va farmakologik xususiyatlari hali to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu https://scientific-jl.com/new 2222 2222 6666 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS maqolada o‘simlikning morfologik, kimyoviy va dorivorlik xususiyatlari tahlil qilinadi, bu esa uni ilmiy va amaliy jihatdan baholashga yordam beradi. BOTANIK TAVSIFI Lepidium ferganense L.— ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, balandligi 30–60 sm gacha yetadi. Barglari mayda, cho‘zinchoq shaklda, poyaga navbat bilan joylashgan. Gullari oq rangda, to‘pgul shaklida joylashgan, har bir gul to‘rt bargli. Urug‘lari mayda, yassi va jigarrang tusda bo‘ladi. O‘simlik asosan bahor oylarida gullaydi va yozda meva beradi.(1- rasm ) 1- rasm. O'simmikning umumiy koʻrinishi Adabiyotlar tahlilidan shuni bilishimiz mumkunki Lepidium ferganense o‘simligining tarqalish hududi bir nechta olimlar tomonidan o‘rganilgan. Ushbu o‘simlik dastlab 1898-yilda Markaziy Osiyoning Farg‘ona vodiysida aniqlangan. Keyinchalik, uning morfologik xususiyatlari va tarqalish areali bo‘yicha chuqur tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu turni o‘rgangan asosiy tadqiqotchilar: Yasamin Nasseh va Mohammad Reza Joharchi: 2019 yilda bu ikki olim Lepidium ferganense ni Eron florasida birinchi marta qayd etishdi. Ular o‘simlikning morfologik tavsifini, tarqalish xaritasini va boshqa yaqin turlari bilan solishtirishni taqdim etishdi. Ushbu tadqiqot Eronning Razavi Xurosan viloyatida, ayniqsa Kashmar yaqinidagi tog‘li hududlarda olib borilgan. German (2014): Ushbu tadqiqotchi Lepidium ferganense ning morfologik o‘zgaruvchanligini va uning boshqa turlar bilan bo‘lgan o‘xshashliklarini o‘rganib, bu turning keng tarqalganligini va ayrim holatlarda boshqa turlar bilan sinonim sifatida qaralishini taklif qilgan . Botschantzev & Vvedensky (1955): Ular Lepidium ferganense ning umumiy tarqalish hududlarini, jumladan Afg‘onistonni, qayd etishgan, ammo aniq joylashuvlar haqida ma’lumot bermaganlar . https://scientific-jl.com/new 2222 2222 7777 Volume–76_Issue-1_May-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS KIMYOVIY TARKIBI Lepidium turkumiga mansub o‘simliklar tarkibida glukozinolatlar, flavonoidlar, alkaloidlar va yog‘ kislotalari mavjudligi aniqlangan. Masalan, Lepidium sativum urug‘larida linolenik kislota (33%), olein kislota (23%) va β-sitosterol (50%) mavjudligi qayd etilgan. Shuningdek, γ-tokoferol (1500–1900 mg/kg) miqdorida aniqlangan. Lepidium ferganense ning kimyoviy tarkibi to‘liq o‘rganilmagan bo‘lsa- da, uning yaqin turlari asosida yuqoridagi birikmalar mavjud bo‘lishi ehtimoli yuqori. DORIVORLIK XUSUSIYATI Lepidium turkumiga mansub o‘simliklar xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Ular diuretik, antihipertenziv, yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega. Masalan, Lepidium sativum barglari va urug‘lari oshqozon-ichak kasalliklari, nafas yo‘llari muammolari va suyak sinishlarini davolashda ishlatiladi. XULOSA Lepidium ferganense — Markaziy Osiyoga xos, kam o‘rganilgan o‘simlik bo‘lib, uning morfologik va kimyoviy xususiyatlari uni farmakologik tadqiqotlar uchun istiqbolli ob’ektga aylantiradi. O‘simlikning dorivorlik salohiyatini aniqlash uchun qo‘shimcha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Khassanov, F.O., Karimov, A.A. (2020). O‘zbekiston florasidagi Lepidium turkumiga oid o‘simliklar morfologiyasi va ekologiyasi. Toshkent: 2. Nasrullayev, I., Tursunov, B. (2017). Dorivor o‘simliklar kimyosi. Toshkent: Istiqlol nashriyoti. 3. Nabiev, M.M. (2011). O‘simliklar farmakognoziyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti. 4. Al-Snafi, A.E. (2014). "The pharmacological importance of Lepidium sativum – A review." International Journal of Pharmacological Screening Methods, 4(2): 60–65. 5. Ahmad, M., et al. (2016). "Lepidium species: Ethnobotany and pharmacological relevance." Journal of Ethnopharmacology, 180: 193–206. doi:10.1016/j.jep.2016.01.022 https://scientific-jl.com/new 2222 2

Доказательный фрагмент

«Lepidium ferganense L.— многолетнее растение семейства Brassicaceae, эндемичное для Центральной Азии.»

Образец извлечения

Демо-превью

Lepidium ferganense L.— многолетнее растение семейства Brassicaceae, эндемичное для Центральной Азии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
leaf, stem, root, flower, seed, medicinal, toxic, beneficial, growth, tahlil, dorivor, Markaziy Osiyo., Kalit so‘zlar : barg, o‘simlik, o‘sish, foydali, ildiz, kimyo, zaharli, tibbiyot, urug‘, gul, poya, tarkib
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники