К содержанию
РецензированоRU2026

CHAQALOQLIK VA GO’DAKLIK DAVRIDA BOLANING JISMONIY VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: NAZARIY TAHLIL VA AMALIY AHAMIYATI

Avazbekova Xurshida Ulug’bek qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

В статье рассматриваются психологические особенности изменений, происходящих в младенчестве и детстве, а также физическое развитие, происходящее в эти периоды. Были проанализированы стадии младенчества и детства, а также выделены уникальные характеристики каждой стадии. В конце статьи сделаны выводы по теме и даны практические рекомендации. Ключевые слова: Младенчество, психическое развитие, физическое развитие, теория Эльконина Inson hayotidagi eng muhim bosqichlaridan biri bu — chaqaloqlik davridir. Bu davr bolaning umri davomidagi psixologik va jismoniy rivojlanishining poydevorini tashkil etadi. Ayniqsa, hayotning dastlabki oylari mobaynida bolaning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati shakllana boshlaydi, sezgi a’zolari rivojlanadi, hissiy holat va reaksiya shakllari paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, tananing umumiy o‘sishi, mushaklar https://scientific-jl.com/new 44 55 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS faoliyati, harakatlar muvofiqligi kabi jismoniy rivojlanish jarayonlari ham jadallashadi. Mazkur maqolada chaqaloqlik davrida yuz beradigan psixologik va jismoniy o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Chaqaloqlik va go’daklik davrining bosqichlari alohida o‘rganilib, ularning har birida kuzatiladigan asosiy xususiyatlar va bu bosqichlarda bolaning sog‘lom rivojlanishini ta’minlovchi omillar tahlil qilinadi. Bolaning ona qornida bo’lgan paytdan ya’ni homila paydo bo’lgan davrdan tug’ilib, 1 yoshga yetgan yoshi chaqaloqlik davri deb ataladi. Chaqaloq 1 yoshga to’lgan davri esa go’daklik davri hisoblanadi. Homiladorlik (lot.graviditas.)- ayol organizmining maxsus holati bo’lib, uning reproduktiv a’zolarida rivojlanayotgan embrion mavjudligidir. Ona qornida rivojlanish o’rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga bo’linadi: 1. Zigota bosqichi(1-2 haftalik) 2. Embrion bosqichi(3-8 hafta) 3. Homila bosqichi(9-38 hafta) Zigota - urug‘langan tuxum hujayra bo‘lib, ona bachadoniga joylashguncha bo‘lgan ilk bosqichni tashkil etadi. Embrion davrida chaqaloq shakllanishni boshlaydi. Asosiy tana qismlari - miya, yurak, orqa miya, qo‘l-oyoqlar va ko‘zlar shakllana boshlaydi. Homila bosqichida esa homila shakllanib bo‘lgan a’zolarini rivojlantiradi va mukammallashadi. Homiladorlikning birinchi haftasida embrion qobig’i kattaligi 10 mm ga yetadi, ikkinchi oyning oxirida 3 martta, to’rtinchi oyning oxirida 30 martta kattalashadi. To’qqizinchi oyning oxirida 470 mm bo’ladi. Homila vazni tez ortadi. 3 oylikda 20 g, 6 oyligida 600-700 g, 9 oyligida 2400-2500 g dan ortiq bo’ladi.Shuningdek, bu davrda bolaning tana vazni va bo’yi keskin o’sib boradi, asosiy a’zolar faoliyati rivojlanadi va mushaklar, harakat tizimi faollashadi. Shu bois bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davri deb yuritiladi. Bola hayotining har bir oyi — uning jismoniy va psixik imkoniyatlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davrdir. Masalan, ikki yoki uch oylik bola yangi tug‘ilgan chaqaloqdan sezilarli darajada farq qiladi, uch yoshli bola esa o‘z rivojlanishi jihatidan bir yoshli bolaga nisbatan ancha yuqori bosqichda turadi. Psixolog D.B. Elkonin nazariyasiga ko‘ra, chaqaloqlik davridan go‘daklik hamda ilk bolalik davriga o‘tishda o‘ziga xos psixologik xususiyatlar kuzatiladi. Jumladan: -Ko‘z va quloq orqali diqqatni muayyan obyektga qaratish qobiliyati shakllana boshlaydi. Bu, o‘z navbatida, bolaning harakat faoliyatida muhim o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi — harakatlar asta-sekin xulq-atvor shakllariga aylana boshlaydi. -Atrof-muhitdagi obyekt va subyektlarga yo‘naltirilgan alohida qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. -Katta yoshdagi insonlarga nisbatan ifodalanuvchi emotsional reaksiyalar https://scientific-jl.com/new 44 66 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS bolaning yangi ehtiyojlarga ega bo‘la boshlaganini bildiradi. -Kattalar bilan muloqot qilish ehtiyoji bolaning psixik rivojlanishining asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi. Xulosa Chaqaloqlik va go‘daklik davri — inson hayotidagi eng muhim, poydevor bosqichlardan biridir. Bu davrda bolaning jismoniy o‘sishi bilan bir qatorda psixik rivojlanishi ham jadal kechadi. Ayniqsa, D.B. Elkonin nazariyasiga ko‘ra, bolaning psixik faolligi, harakat faoliyati, idrok va muloqot ehtiyoji aynan shu davrda shakllanadi. Ularning atrof-muhitga, ayniqsa, katta yoshdagilar bilan muloqotga ehtiyoji ortadi, bu esa kelgusidagi shaxsiy rivojlanishining asosini tashkil etadi. Ilmiy manbalarda keltirilishicha, chaqaloqlik davrida bolaning tanasi, miyasi va reflekslari tez sur’atlarda shakllanib boradi. Bu davrda bola tashqi muhitga sezgir bo‘lib, har qanday yondashuv va ta’sirga nisbatan kuchli javob qaytaradi. Go‘daklik davrida esa bola o‘z harakatlarini muvofiqlashtira boshlaydi, atrofni idrok etish darajasi ortadi va ilk nutq alomatlari paydo bo‘ladi. Shunday ekan, bu davrlarda bolaning jismoniy va psixik ehtiyojlariga mos muhit yaratish, sog‘lom tarbiya va emotsional

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются психологические особенности изменений, происходящих в младенчестве и детстве, а также физическое развитие, происходящее в эти периоды.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются психологические особенности изменений, происходящих в младенчестве и детстве, а также физическое развитие, происходящее в эти периоды. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Infancy, psychological development, physical development, psixologik rivojlanish, go’daklik, Elkonin nazariyasi., Kalit so’zlar: Chaqaloqlik davri, jismoniy rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники