К содержанию
РецензированоUZ2026

TISH IMPLANTLARI: IMKONIYATLAR VA XAVFLAR

Umarova Nozimaxon Umidjon qizi

Журнал инноваций нового века · 73 · 7–21 · 2026

Аннотация

This article provides a comprehensive overview of dental implants, a widely used and advanced method in modern dentistry for replacing missing teeth. It outlines the significant benefits of dental implants, including their natural appearance, long-lasting durability, and ability to restore full chewing function without harming adjacent teeth. The article also addresses potential risks associated with implantation procedures, such as surgical complications, risk of rejection by the body, high treatment costs, and the time-consuming nature of the recovery process. The information presented is intended to benefit dental professionals, students, and anyone interested in contemporary medical and dental technologies. https://scientific-jl.com/new 55 77 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Keywords: dental implants, dentistry, implantation, artificial teeth, oral surgery, risks, aesthetics, treatment. Tish yo‘qotilishi nafaqat estetik muammo, balki bemorning umumiy sog‘lig‘i, ovqat hazm qilish jarayoni va psixologik holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, zamonaviy stomatologiyada bu muammoni bartaraf etish uchun samarali yechimlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan eng ilg‘or va keng qo‘llanilayotganlaridan biri — tish implantatsiyasidir. Tish implantlari yo‘qolgan tish o‘rniga maxsus titandan yasalgan moslama o‘rnatish orqali og‘iz bo‘shlig‘i funksiyasini tiklaydi. Bu usul nafaqat tashqi ko‘rinishni tiklaydi, balki bemorga tabiiy tishlar kabi ovqat chaynash, to‘g‘ri talaffuz qilish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash imkonini beradi. Ilgari faqat ko‘chma yoki yarim doimiy protezlar orqali tiklanayotgan tishlar endilikda to‘liq statsionar, uzoq muddatli implantlar yordamida bemorga qulaylik yaratmoqda. Shu bilan birga, har qanday jarrohlik muolajasi singari, implantatsiya ham ma’lum xavf va cheklovlarga ega: organizm implantni rad etishi, infeksiya xavfi, jarayonning yuqori narxi va uzoq tiklanish davri shular jumlasidandir. Mazkur maqolada tish implantatsiyasining zamonaviy stomatologiyadagi o‘rni, uning afzalliklari va imkoniyatlari, shuningdek, ehtimoliy xavf-xatarlari haqida atroflicha ma’lumot beriladi. Shuningdek, bemorlar uchun to‘g‘ri qaror qabul qilishda muhim bo‘lgan jihatlar yoritiladi. Tish implantlarining imkoniyatlari: Tish implantlari bugungi kunda eng ishonchli, zamonaviy va estetik jihatdan qulay bo‘lgan protezlash usullaridan biri hisoblanadi. Quyida ularning asosiy afzalliklari keltirilgan: 1. Tabiiy ko‘rinish va his qilish: Implantlar tashqi ko‘rinishi va funksiyasi jihatidan tabiiy tishlarga juda o‘xshash bo‘ladi. Ular bemorga noqulaylik tug‘dirmasdan og‘iz bo‘shlig‘iga uyg‘unlashadi. Implantsiz bemorlar ba'zida protezlar bilan ovqat chaynashda yoki so‘zlashda qiyinchilik sezsalar, implantlar bunday noqulayliklarni bartaraf etadi. 2. Tishlar strukturasi saqlanadi: Ko‘chma yoki klassik ko‘priklar bilan tiklashda qo‘shni sog‘lom tishlarni qirqish yoki silliqlash talab etiladi. Implantsiya esa faqat yo‘qolgan tishning o‘rnini to‘ldiradi, bu esa qo‘shni tishlarning holatini saqlab qoladi. 3. Og‘iz bo‘shlig‘i funksiyasini to‘liq tiklaydi: Implantlar yordamida bemor avvalgidek ovqatni chaynashi, aniq talaffuzda so‘zlashi mumkin. Bu esa bemorning umumiy hayot sifatini oshiradi. 4. Uzoq umr va bardoshlilik: To‘g‘ri o‘rnatilgan va sifatli parvarishlangan implantlar 10–20 yil, hatto undan ortiq vaqt davomida xizmat qilishi mumkin. Ba’zi hollarda bu umr bo‘yi ham saqlanib qoladi. 5. Suyak atrofiyasi oldini oladi: Tish yo‘qotilgandan so‘ng, jag‘ suyaklari asta- sekin o‘z hajmini yo‘qota boshlaydi. Implantlar esa suyak ichiga joylashtirilgani https://scientific-jl.com/new 55 88 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS sababli, suyak to‘qimasini faollashtiradi va uning parchalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. 6. Estetik va psixologik qulaylik: Tish yetishmovchiligi insonda o‘ziga ishonchsizlik, ijtimoiy cheklanish va estetik komplekslarga sabab bo‘ladi. Implantlar esa bemorning tashqi ko‘rinishini tiklabgina qolmay, uning ruhiy holatini ham yaxshilaydi. Implantlar faqat bitta tishni tiklashda emas, balki bir nechta tish yo‘qotilganda yoki og‘iz bo‘shlig‘ining katta qismini tiklashda ham asosiy tayanch sifatida xizmat qiladi. Bu ayniqsa, to‘liq jag‘ protezlari (total protezlar) beqaror bo‘lib qolgan bemorlarda qo‘l keladi. Implantlar protezni mahkamlab turib, chaynash va so‘zlash funksiyalarini ancha yaxshilaydi. Tish implantatsiyasi 18 yoshdan keyin, ya’ni jag‘ to‘liq shakllangandan boshlab, keksalikka qadar bo‘lgan davrda bemorning umumiy sog‘lig‘iga qarab amalga oshirilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, yosh yoki qarilik implantatsiyaga to‘siq bo‘lmaydi, faqat organizm holatiga e’tibor qaratiladi. Implantlar odatda organizm tomonidan eng yaxshi qabul qilinadigan biokompatibil material — titan yoki titan qotishmalaridan tayyorlanadi. Titan allergik reaksiya chaqirish ehtimoli nihoyatda past bo‘lgan modda hisoblanadi. Shu bois ko‘plab bemorlar uchun

Доказательный фрагмент

«This article provides a comprehensive overview of dental implants, a widely used and advanced method in modern dentistry for replacing missing teeth.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a comprehensive overview of dental implants, a widely used and advanced method in modern dentistry for replacing missing teeth. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dental implants, dentistry, implantation, artificial teeth, oral surgery, Kalit so‘zlar: tish implantlari, xavf, sun’iy tish, jarrohlik, stomatologiya, estetika, davolash., implantatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники