К содержанию
РецензированоUZ2026

REABILITOLOGIYA VA SPORT TIBBIYOTI FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Xamroyeva Durdona Maxmud qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Reabilitologiya, sport tibbiyoti fani bo‘lajak shifokorlarga inson hayoti davomida o'tkazilgan kasalliklar, jarohatlar natijasida ortirgan yoki tug'ma bo'lgan nuqsonlar natijasida yoqotilgan funksiyalarni tikash, bemorlarni ijtimoiy hayotga moslashuvchanligini va hayot sifatini oshirish, klinik fikrlash, axoli orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, kasallik va uning belgilariga asoslangan xolda bemorlarga to‘g‘ri tashxis quyish va reabilitatsiya muolajasi samaradorligini tekshirish uchun zamin yaratib beradi. Bundan tashqari reabilitologiya, sport tibbiyoti fani talabalar nazariy bilimlarini chuqurlashtirib bemor holatini to'g'ri baholashni, asosiy va yondosh kasalliklarni inobatga olgan holda bemorlarga to'g'ri reabilitatsiya xaritasini tuzishni o‘rgatadi. Reabilitologiya, sport tibbiyoti fanini o‘qitishda zamonaviy interaktiv usullardan foydalanish talabalar bilimini oshirishda va olingan bilimlarini amaliyotda qo‘llashga muxim axamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: innovatsiya, faoliyat,ta’lim, sifat, klinik, laboratoriya, diagnostika, texnologiya XXI asrda pedagogdan o‘z kasbiy malakasini muttasil takomillashtirib borish bilan birga innovatsion pedagogik texnologiyalar yaratish, ularni ta’lim jarayonida qo‘llashga layoqatli bo‘lish talab etilmoqda. Pedagogning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi kasbiy malakasining eng muhim ko‘rsatkichiga aylandi. Pedagogning innovatsion faoliyati ijodiy izlanishlari, ta’lim shakli va mazmunini takomillashtirish yo‘lidagi ilg‘or g‘oyalar yaratish, yangiliklar kashf etish salohiyatini namoyon qiladi. Innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida o‘quvchi-talabalarda ham yaratuvchilik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash ta’lim maqsadlariga o‘z izlanishlari, ongli ijodiy munosabat orqali erishish layoqatini tarkib toptirish ko‘zda tutiladi. Ta’limning interfaol metodlari – bu shaxs psixologiyasi, o‘quv psixologiya, kattalar pedagogikasining eng yangi tamoyillariga asoslangan mashq va treninglar orqali o‘tadigan ta’lim metodidir. Interfaol metodlarda ishtirokchi shaxsi asosiy markazda bo‘ladi. Trening jarayonida uning layoqat va sifatlari rivojlantiriladi. Faol o‘qitish — bu, eng avvalo, faol deb atalgan o‘qitishning yangi shakllari, usullari va vositalaridir. O‘qitish jarayonlarini faollashtirishda texnik vositalardan kompleks va maqsadli foydalanish katta ahamiyatga ega, biroq o‘quv jarayonida asosiy narsa — bu talabani faolligi, professional bo‘lish istagidir. Faol usullar talabalarning https://scientific-jl.com/new 77 00 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS barcha auditoriya mashg‘ulot turlarini qamrab oladi. Talabalarni faol o‘qitishning shakllanishi — bu bilish faoliyatini rivojlantirish vositalaridan biridir. Amaliyotda muammoli va rivojlantiruvchi o‘qitish qo‘llanilishi natijasida “faol” deb atalgan usullar paydo bo‘ldi. Pedagogika nuqtayi nazaridan, talabalarning bilish faolligini rivojlantirish vositasi sifatida faol o‘qitish usullarini quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin: dasturlashtirilgan o‘qitish usullari, muammoli o‘qitish usullari, interaktiv (kommunikativ) o‘qitish usullari. Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchidan, odatda kitoblardan o‘qilgan yoki allaqachon ma’lum bo‘lgan haqiqatlarning bayon qilinadigan passiv shakliga qaraganda, ancha ko‘proq faollik va ijodkorlik talab etiladi. Interaktiv usullar eng katta nafaqat o‘qituvchilik, balki tarbiyaviy ta’sirga ham ega bo‘ladi, agar o‘qituvchi muhokama jarayoniga nafaqat ilmiy asoslangan fikrlar, balki shaxsiy munosabatini, axloqiy pozitsiyasini ham bildirsa. Talabalar muhokamasida o‘qituvchining ishtirok shakllari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin hech qachon o‘z fikrini tiqishtirish emas, balki masalan, muammoli savollar orqali talab qilinadigan mahsuldor fikrlash va ijodiy haqiqat izlash orqali bo‘lishi kerak. O‘qituvchi o‘z fikrini faqat talabalarning fikrlaridan xulosa chiqarish va xatoli fikrlarni asosli ravishda rad etish tarzida bildiradi. Biroq, bu pozitsiya talabalar fikri bilan mos kelishi mumkin, chunki ular o‘qituvchining yo‘naltiruvchi savollari natijasida paydo bo‘lgan. Aynan shu tarzda nazariy masalalar muhokamasining mazmunli, intellektual-bilish tomonini yo‘naltirish, hamda birgalikda mahsuldor faoliyatni tashkil qilish, shu orqali talabalarning shaxsiy pozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatish, ularning o‘quv faoliyatini o‘quv- tarbiyaviy faoliyatga aylantirish mumkin. Faol o‘qitish usullari talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida faol fikrloviy va amaliy faoliyatga undaydi. Faol o‘qitish usullarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi shuni anglatadiki, o‘qitish oldida quyidagi yangi vazifalar turibdi: talabalarni bilim bilan ta’minlashdan tashqari, bilim olishga bo‘lgan qiziqish va qobiliyatlarni, ijodiy fikrlash, mustaqil aqliy mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. Faol o‘qitish oddiy o‘qitishdan farq qiladi, chunki u talabalar fikrloviy faoliyatini faollashtiradi, bu faollashtirishni talabalar xohishidan qat’i nazar maxsus sharoitla

Доказательный фрагмент

«Reabilitologiya, sport tibbiyoti fani bo‘lajak shifokorlarga inson hayoti davomida o'tkazilgan kasalliklar, jarohatlar natijasida ortirgan yoki tug'ma bo'lgan nuqsonlar natijasida yoqotilgan funksiyalarni tikash, bemo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Reabilitologiya, sport tibbiyoti fani bo‘lajak shifokorlarga inson hayoti davomida o'tkazilgan kasalliklar, jarohatlar natijasida ortirgan yoki tug'ma bo'lgan nuqsonlar natijasida yoqotilgan funksiyalarni tikash, bemo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
diagnostika, ta’lim, klinik, Kalit so‘zlar: innovatsiya, laboratoriya, texnologiya, faoliyat, sifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники