К содержанию
РецензированоUZ2026

OILAVIY VA MAKTABGACHA MUHITNING BOLA TASHABBUSKORLIGIGA TA’SIRI

TASHABBUSKORLIGIGA TA’SIRI · Madaminova Dilxazina Farxodjon qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bola shaxsining shakllanishida muhim omil bo‘lgan oilaviy va maktabgacha ta’lim muhitining o‘rni, ayniqsa bolaning tashabbuskorlik xususiyatlarini rivojlantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda bola tashabbuskorligining mohiyati, unga ta’sir etuvchi psixologik va pedagogik omillar, oilaning tarbiyaviy uslublari hamda maktabgacha muassasada yaratiladigan sharoitlarning ahamiyati yoritiladi. Amaliy tavsiyalar orqali bolalarda tashabbuskorlikni shakllantirishga ko‘maklashuvchi yondashuvlar taklif etiladi. Kalit so’zlar: bola tashabbuskorligi, oilaviy muhit, maktabgacha ta’lim, shaxs rivoji, ijtimoiylashuv, tarbiya, pedagogik yondashuv. Kirish. Bola shaxsining har tomonlama kamol topishi, uning ijtimoiy hayotga faol kirib borishi va mustaqil fikrlovchi inson sifatida shakllanishi ko‘p jihatdan unga ta’sir ko‘rsatuvchi muhitlarga bog‘liq. Oilaviy muhit — bolaning ilk ijtimoiy tajriba orttiradigan makoni bo‘lib, unda shakllangan ilk ko‘nikmalar, hissiyotlar va xulq-atvor belgilarining bola tashabbuskorligiga ta’siri beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim muassasalari esa bolani jamiyatga tayyorlovchi muhim bo‘g‘in bo‘lib, unda mustaqil fikrlash, harakat qilish, ijodiy yondashuvlar singari qobiliyatlar rivojlanadi. Maqolada aynan mana shu ikki asosiy muhit — oila va maktabgacha ta’lim muhitining bola tashabbuskorligiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. 11. Bola tashabbuskorligining mazmuni va ahamiyati Tashabbuskorlik — bolaning mustaqil harakat qilishi, yangi g‘oyalarni ilgari surishi, vazifalarni hal etishda faol qatnashishga tayyorlik darajasidir. Psixologik nuqtai nazardan bu sifat bolaning faolligi, ijodiy fikrlashi, muammolarni hal eta olishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tashabbuskorlik bolaning ijtimoiy hayotga moslashishida, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim rol o‘ynaydi. 2. Oilaviy muhitning ta’siri 2Oila — bola uchun birinchi va eng muhim ijtimoiy muhitdir. Oilada shakllanadigan psixologik muhit, ota-onalarning tarbiyaviy yondashuvi va bolaga bo‘lgan munosabati uning tashabbuskor yoki passiv shaxs sifatida shakllanishida hal 1 Zokirova N.(2022).”Tashabbuskor bolani qanday tarbiyalash mumkin?”//Maktabgacha ta’lim amaliyoti,15-18-betlar 2 Mustafoyeva,D. (2023). “Bola shaxsini shakllantirishda oila va bog’chaning o’rni”//Pedagogik innovatsiyalar jurbali, 27-32-betlar https://scientific-jl.com/new 11 11 44 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qiluvchi omillardandir. Quyidagilar muhim rol o‘ynaydi: Ota-onaning bola fikriga nisbatan ochiqligi; Mustaqil qaror qabul qilishga undovchi sharoitlar; Ijobiy rag‘batlantirish tizimi; Tashabbusni jazolash emas, rag‘batlantirish. Ba’zi oilalarda esa qat’iy nazorat, doimiy tanqid va tashabbuslarni bostirish bolada passivlik, o‘ziga ishonchsizlik, qo‘rqoq xarakter shakllanishiga sabab bo‘ladi. 3. Maktabgacha ta’lim muassasasi muhitining ta’siri Maktabgacha muassasalarda yaratiladigan ta’lim-tarbiyaviy muhit, pedagoglarning yondashuvi va tashkil etilgan faoliyat turlari bolaning tashabbuskorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Erkin o‘yinlar, rolli mashg‘ulotlar, ijodiy topshiriqlar, guruhiy ishlarda bolaning shaxsiy g‘oyasi bilan ishtirok etishi uning tashabbusini rag‘batlantiradi. 3O’yinlar bolalarni tarbiyalaydi. Maktabgacha tarbiya yoshida o’yin bolaning jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega. O’yin bolalar bog’chasining ta’lim-tarbiyaviy ishida alohida o’rin tutadi. Bu o’yin paytida bolaning kattalarga bevosita bog’liq bo’lmasligi, ko’proq mustaqillikka ega bo’lishi bilan belgilanadi. O’yinga bolalar o’z hohishlari bilan uyushadilar, mustaqil ish ko’radilar, o’z niyyatlarini amalga oshiradilar. Masalan, o’quv faoliyatida tarbiyachi mashg’ulotlar mavzusi va mazmunini belgilaydi, bir stol atrofida kimning kim bilan o’tirishini, umumiy topshiriqni kimning kim bilan birgalikda bajarishini aniqlaydi. O’yinda esa boshqacha- bu yerda bola ko’p narsani o’zi belgilay oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar o’yinlarning mustaqillik harakterini e’tirof etish tarbiyachini o’yinlariga rahbarlik qilishdan ozod etmaydi. Bolalar o’yinda darhol mustaqillikka erishmaydilar. Ular 5 yoshga qadam qo’yganlaridan keyingina faoliyatning o’yin usullarini egallaydilar, bu usullardan bemalol mustaqillik bilan foydalana boshlaydilar. Tarbiyachi kichkintoylarning o’yinlarida faol ishtirok etishi, ularga o’ynashni “o’rgatishi” kerak. Maktabgacha tarbiya yoshdagi katta bolalarning o’yinlarga rahbarlik qilish kichkintoylarning o’yinlariga boshchilik qilishdan farq qiladi. Boshqa vosita va metodlarni talab etadi. Bolalarning ortib borayotgan mustaqilliklarini, o’ynayotgan bolalar jamoiasining kuchlari va imkoniyatlarini hisobga olish zarur. O’yinlarning har-xil turlarida bolalar jismoniy va psixik jihatdan taraqqiy etadilar. Hozirgi zamon maktabgacha tarbiya pedagogikasida o’yinga bolalar hayotini yo’lga qo’yish shakli deb qaraladi. O’yin yordamida bolalar o’rtasida muayyan munosabatlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bola shaxsining shakllanishida muhim omil bo‘lgan oilaviy va maktabgacha ta’lim muhitining o‘rni, ayniqsa bolaning tashabbuskorlik xususiyatlarini rivojlantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bola shaxsining shakllanishida muhim omil bo‘lgan oilaviy va maktabgacha ta’lim muhitining o‘rni, ayniqsa bolaning tashabbuskorlik xususiyatlarini rivojlantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
oilaviy muhit, tarbiya, pedagogik yondashuv., shaxs rivoji, ijtimoiylashuv, maktabgacha ta’lim, Kalit so’zlar: bola tashabbuskorligi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники