К содержанию
РецензированоUZ2026

BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA OILA BILAN HAMKORLIKDA OLIB BORILADIGAN ISHLAR

Jamoldinova Madinaxon Abdulxapiz qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash jarayonida oilaning tutgan o‘rni va maktabgacha ta’lim muassasalari bilan olib boriladigan hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Bolaning har tomonlama tayyorlanishida oila muhitining, ota-onaning faolligi, pedagoglar bilan hamkorligi qanday natijalar berishi tahlil qilingan. Bundan tashqari, oilaviy-tarbiyaviy ishlar shakllari, pedagogik maslahatlar va ota-onalarni jalb etish uslublari misollar orqali ko‘rsatib berilgan. Kalit so’zlar: maktabga tayyorgarlik, oila hamkorligi, ota-ona ishtiroki, pedagogik maslahat, maktabgacha ta’lim, bola rivoji, bog‘cha-maktab uzviyligi. Har bir jamiyatning taraqqiyoti yosh avlodning maʼnaviy va intellektual salohiyatiga bogʻliq. Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash – ularning keyingi taʼlim bosqichlarida muvaffaqiyatli bo‘lishining muhim omillaridan biridir. Bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-onalar o‘rtasidagi uzviy hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Oila – bolaning ilk ijtimoiylashuv muhiti bo‘lib, uning shaxsiyati, bilimga munosabati va mustaqil fikrlash qobiliyati asosan shu muhitda shakllanadi. XXI asrda ta’lim sifati va samaradorligi jamiyat taraqqiyotining asosiy mezoniga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan, bolalarni maktab ta’limiga puxta tayyorlash ularning kelajakdagi o‘quv muvaffaqiyatining, ijtimoiy moslashuvchanligining va shaxsiy rivojining kafolati sifatida e’tirof etilmoqda. Dastlabki yillarda oila va maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning ilk ijtimoiylashuvini, axloqiy qadriyatlarini, intellektual va psixologik yetukligini shakllantiradigan asosiy muhit hisoblanadi. 1Psixolog L.S. Vygotskiyning fikricha, bolaning yaqin rivojlanish zonasi – bu uning kattalar yordamida bajara oladigan faoliyat doirasidir. Bu yordam, eng avvalo, oilada boshlanadi. Shu bois, ota-onalarning maktabgacha davrda faol ishtiroki, tarbiyaviy yondashuvi va pedagogik bilimdonligi bolani maktabga tayyorlashda hal qiluvchi omil bo‘ladi. 1. Maktabga tayyorgarlikning mazmuni va vazifalari Maktabga tayyorlov — bu bolaning jismoniy, psixologik, intellektual va ijtimoiy tayyorgarligini nazarda tutadi. Bu jarayonda bola quyidagi ko‘nikmalarni egallashi 1 Karimova V.A. “Bola psixologiyasi”, Toshkent, 2020 https://scientific-jl.com/new 11 11 77 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS zarur: elementar o‘quv malakalari (eslab qolish, tinglash, tushunish); o‘z fikrini to‘g‘ri ifoda eta olish; tartib-intizomga rioya qilish; jamoada ishlash va muomala madaniyati. 2. Oila va maktabgacha taʼlim muassasasi hamkorligining shakllari 2Hamkorlik – ikki tomonlama faoliyat bo‘lib, unda ota-onalar va pedagoglar teng sherik sifatida ishtirok etadi. Muvaffaqiyatli hamkorlik shakllariga quyidagilar kiradi: Kollektiv tadbirlar: “Ota-onalar kuni”, “Farzandimning bir kuni” loyihasi, bolalar ishtirokidagi ochiq saboqlar; Axborotlashgan muhit: Telegram guruhlari, maktabgacha muassasa ilovalari orqali bolalar faoliyatidan doimiy xabardor qilish; Pedagogik klublar: Ota-onalar uchun pedagogik va psixologik seminar-treninglar tashkil qilish, masalan “Tarbiyachi emas, do‘st bo‘ling” mavzusida davra suhbati. 3Shuningdek, UNICEF tavsiyalariga ko‘ra, ota-onalar maktabgacha ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi sifatida qaralishi kerak, ya’ni ular faqat kuzatuvchi emas, balki sherik bo‘lishi lozim. Samarali aloqa — ishonchga asoslangan, o‘zaro hurmatli, muntazam va ochiq bo‘lishi lozim. Oilaviy tarbiya maktabgacha taʼlim muassasalari bilan uyg‘unlikda olib borilgandagina kutilgan natijaga erishiladi. Bu hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: Ota-onalar uchun seminar-treninglar, ochiq eshiklar kuni; Pedagogik maslahatlar va individual suhbatlar; Bolaning rivojlanish dinamikasini kuzatish va tahlil qilishda ota-onalarni jalb qilish; Uy sharoitida o‘quv o‘yinlari tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar. 3. Oila muhitining bolaning tayyorgarligiga taʼsiri Ota-onalarning farzandiga bo‘lgan e’tibori, tarbiya uslubi, muloqot madaniyati hamda oiladagi ijobiy psixologik muhit bolaning maktabga tayyorligi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maktabga borishdan oldin ota-onaning bolaning o‘z-o‘zini boshqarishiga e’tibor qaratishi zarur: vaqtida turish, tartibga amal qilish, o‘yin va dars vaqtini farqlashni o‘rgatish. 4. Pedagog va ota-onalar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish Muvaffaqiyatli hamkorlik uchun pedagog ota-onalar bilan doimiy, ochiq, ishonchli aloqada bo‘lishi lozim. Bu quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: Rivojlanish jurnallari orqali bolaning yutuqlari haqida muntazam xabardor qilish; 2 www.edu.uz — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy sayti 3 UNESCO: “Family involvement in early childhood education” (2018) https://scientific-jl.com/new 11 11 88 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Ota-onalar bilan maslahat kengashlarini tashkil etish; Oila bilan bog‘lanishning zamonaviy texnologiyalaridan (messenger, email) foydalanish. 5. Amaliy tavsiyalar va taj

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash jarayonida oilaning tutgan o‘rni va maktabgacha ta’lim muassasalari bilan olib boriladigan hamkorlikning ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash jarayonida oilaning tutgan o‘rni va maktabgacha ta’lim muassasalari bilan olib boriladigan hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bog‘cha-maktab uzviyligi., oila hamkorligi, pedagogik maslahat, bola rivoji, ota-ona ishtiroki, Kalit so’zlar: maktabga tayyorgarlik, maktabgacha ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники