Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISHSIZLIK SABABLARI VA UNI HAL QILISH YO‘LLARI
Ismoilov Shohnur Ozod o’g’li
Журнал инноваций нового века · 333– 358 · 2021
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. So‘nggi yillarda ishsizlik darajasi sezilarli pasaygan bo‘lsa-da, texnologik o‘zgarishlar, demografik o‘sish va mehnat migratsiyasi kabi omillar hali ham muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2021-yilda 9,6% bo‘lgan ishsizlik 2024-yilga kelib 5,8% gacha tushgan. Bu hukumatning bandlikni oshirishga qaratilgan islohotlari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishilgan yutuqdir. Biroq, hududiy tafovutlar va texnologik taraqqiyot tufayli ba’zi kasblar yo‘qolmoqda, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratish zaruratini oshiradi. Maqolada ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha samarali strategiyalar, jumladan, ta’lim tizimini isloh qilish va zamonaviy kasblarga moslashish kabi yo‘nalishlar taklif etiladi. Kalit so‘zlar: ishsizlik, bandlik, mehnat bozori, texnologik o‘zgarishlar, iqtisodiy islohotlar, O‘zbekiston. 1.Kirish: Hozirgi kunda ishsizlik nafaqat alohida shaxslar, balki butun jamiyat uchun dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ishsizlik tushunchasi Xasanov N.N. va boshqalarning tarifiga ko’ra, bu iqtisodiy faol aholining bir qismi munosib ish topa olmaganda yuzaga keladigan jarayondir. Ishsizlik inson manfaatlariga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biridir. Ko‘plab odamlar uchun ishini yo‘qotish oilasining turmush darajasining pasayishiga, shaxsiy hayotdagi tangliklarga va inson ruhiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi iqtisodiy hayotda ishchiga bo’lgan talab unga bo’lgan taklifdan kamligini sababli ishsizlik yuzaga keladi. Iqtisodiyotda umumiy talab va taklif muvozanati buziladi, bozor talabining pasayishi mehnatga bo‘lgan ehtiyojning ham kamayishiga olib keladi. Natijada, ishchi kuchining bir qismi ortiqcha bo‘lib qoladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, malakasiz mehnatga ehtiyoj kamayadi. Iqtisodiyotda ishsizlik sabablarini o‘rganishning asosiy maqsadi – bandlikni yaxshilash orqali mamlakatda mehnat kuchini kengaytirish va aholining turmush darajasini yanada oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir. Bu esa puxta tuzilgan https://scientific-jl.com/new 11 55 88 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS strategik qadamlar va islohotlarni talab qiladi. 2.Adabiyotlar sharhi: Ishsizlik va bandlik masalalari ko’pgina olimlar ilmiy izlanishlarida o’z aksini topgan. Jumladan, Sh.M.Ortiqov(2024) xorijiy mamlakatlarda bandlikni ta’minlash masalalarini statistik tahlilni amalga oshirgan bo’lsa, N.X.Turopova(2023) O’zbekistonda ishsizlikning hududlar taqsimotida o’rganib, tahlil qilgan. Hojiqulova F.D., Eshquvvatov O.(2023),Karimov J.(2022) lar izlanishlarida mehnat bozoriga sun’iy intellektning tasirini tadqiq etganlar. Ishsizlikka umumiy ta’sir etuvchiomillar va yechimlarni, shuningdek, O‘zbekistonda o‘tgan yillarda sodir bo‘lgan ishsizlikka oid ayrim holatlar va ularga qo‘llanilgan yechimlar, hozirgi paytda sodir bo‘layotgan ishsizlikning sabablari va ularni bartaraf etishga yondashilgan yechimlarni ilmiy asoslab beradi. (A.Shomurodov,2023, S.Muxamedov,2025) Shu bilan birga, Karimova(2022), Hasanova M.(2024) tomonidan olib borilgan tadqiqot O‘zbekiston yoshlarida ishsizlik sabablarini o‘rganib, malaka va ta’lim tizimining mehnat bozoriga mos emasligi natijasida yoshlar orasida ishsizlik kuchayishini ta’kidlagan. Doniyorova F.(2018), Turg‘unboyeva D.(2024), Cyberleninka.ru. (2024) lar esa ishsizlikning oshishiga asosiy sababi tashqi migratsiya bilan bog’liq deb hisoblaydi. Arthur H.Goldsmith(1996) ishsizlikning ruhiy salomatlik va ijtimoiy munosabatlarga ta’sirini o‘rganib, uzoq muddatli ishsizlikning insonlarning ruhiy va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qilishini aniqlashgan. Shuningdek, Usmonova V.B. fikricha, ishsizlik darajasi oshgani sari, jinoyatchilik va oilalarda notichlik ham oshib boradi. Musurmankulova G.(2024), Raxmatullayeva Sh. va Sadriddinova S.(2024) fikrlariga ko’ra, yoshlarni texnologiyalar rivojlanishi bilan mos keladigan yangi kasblarga o‘qitish, davlatda ishchilarning malakasi oshishiga sababchi bo’ladi. Shuningdek, yoshlar va ishsizlar uchun bepul yoki subsidiyalangan kasb-hunar kurslarini tashkil etish. (X.D.Aliyev, 2022) Mazkur tadqiqotlarning natijalari, ulardagi ilmiy asoslangan takliflar, amaliy tavsiyalar va xulosalarga qo’shilgan holda aytish joizki, aholini ish bilan bandligi ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni yechish va bu bo’yicha statistik tahlillarni amalga oshirgan holda masalani hal etishning tashkiliy, iqtisodiy va institutsional jihatlarini ilmiy jihatdan yanada tadqiq etish, shuningdek innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish lozim. 3.Tadqiqot metodologiyasi: 3.1. Tadqiqot ma’lumotlari Ushbu maqola aniq va foydali xulosaga kelish maqsadida faqatgina ishonarli va rasmiy manbalardan World Bank, Stat.uz saytlari ma’lumotlaridan foydalanadi. https://scientific-jl.com/new 11 55 99 Volume–75_Iss
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekistonda ishsizlik muammosi chuqur tahlil qilinib, uning sabablari va hal qilish yo‘llari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: ishsizlik, O‘zbekiston., mehnat bozori, bandlik, texnologik o‘zgarishlar, iqtisodiy islohotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025