Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH 1-SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSIDA 5E MODELINI QO‘LLASH
L.B.Irisova
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
В этой статье показано, как использовать модель 5Е на уроке читательской грамотности в начальных классах. В данном учебнике приведен пример темы "Книга - источник знаний, товарищ ученика." Ключевые слова: модель 5Е, грамотность чтения, engage, explore, explain, elaborate, evaluate, аплодисменты, небо, книга, шедевр, цель, практика. Annotation: This article shows how to apply the 5E model in an elementary 1st grade reading literacy lesson. This textbook provides an example of the topic "Book is the source of knowledge, the student's friend." Keywords: 5E model, reading literacy, engage, explore, explain, elaborate, evaluate, applause, sky, book, masterpiece, goal, practice. 5E modeli ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undovchi, ularning bilimini kengaytirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik yondashuvdir. Bu model asosan ilmiy tadqiqotga asoslangan fanlarni o‘rgatishda qo‘llaniladi, ammo boshqa fanlar uchun ham moslash mumkin. 5E modeli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1.Engage (jalb qilish) Bu bosqichda bolalarni darsga qiziqtirish va mavjud bilimlarni aniqlash, ya’ni o‘quvchi ong ostidagi bilimlarni yuzaga chiqarish asosiy maqsaddir. Maqsad: O‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish hamda ularning diqqat e’tiborini o‘rganilayotgan bilimga qaratish. Amaliyot: Savol-javob metodini hosil qilish, ochiq savollar berish. Qiziqarli videoni ko‘rsatish. Mavzuga oid muammoni muhokama qilish. 2.Explore (o‘rganish) O‘quvchilar o‘zlari guruh bo‘lib, yoki yakka holda mavzuni tushunishga harakat https://scientific-jl.com/new 22 00 11 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS qiladi. Bu bosqichda ular o‘qituvchi o‘rtaga tashlagan muammoga yechim izlaydilar yoki savollarga yakka holda o‘z ong osti fikrlarini bildiradilar. Maqsad: Tadqiqot va kuzatuv orqali yangi bilimlarni bolalarning o‘zlari topsin. Amaliyot: Guruh bilan muammoni muhokama qilgan holda yechim izlasin. O‘quv darsligidan foydalanib ma’lumotlarni tahlil qilsin. O‘yin yoki loyihalar orqali bilimlarni o‘rgansin. 3.Explain (tushuntirish) O‘quvchilar o‘rtaga qo‘yilgan muammoga o‘z yechimlarini aytadi va tushuntiradilar, o‘qituvchi esa ularning yechimlariga aniqlik kiritadi hamda to‘ldiradi. Maqsad: O‘rganilgan bilimlarni so‘z bilan ifodalash va tushuntirish, ya’ni o‘quvchilarga yetkazib berish. Amaliyot: Dars mavzusini tushuntirish va asosiy atamalarni tanishtirish. 4.Elaborate (takomillashtirish) O‘rganilgan bilimlarni chuqurlashtirish hamda ularni amalda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Maqsad: Yangi bilimlarni turli ko‘rinishda qo‘llash orqali ularni mustahkamlash. Amaliyot: O‘rganilgan bilimga asoslangan mashqlarni yechish, qo‘shimcha topshiriqlar bajarish. Real hayotga oid vaziyatlar bilan bog‘liq topshiriqlar berish. Yangiliklar yaratish (masalan, o‘qish savodxonligi darsida ijodkorlik qilish). 5.Evaluate (baholash) O‘quvchilarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi. Maqsad: O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash. Amaliyot: Testlar, savollar orqali bilimini tekshirish. Pedagog o‘z portfolio yoki taqdimotlarini baholash, o‘zini-o‘zi baholash hamda muhokama qilish. Mavzu: Kitob – bilim bulog‘i, O‘quvchining o‘rtog‘i 1.Engage. O‘quvchilarga “Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik” video roligi qo‘yib beriladi. (2 daqiqalik) O‘quvchilar videoni ko‘rib bo‘lganidan so‘ng, ularga quyidagicha savol beriladi: Bu video nima haqida ekan? Nega “Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik” deb yozilyapti? 2.Explore. Bu savollarga javob toppish uchun uch guruhga bo‘linadi va ularga uch daqiqa vaqt beriladi. 3.Explain. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng o‘qituvchi guruhlar javobini tinglaydi va ularning javoblariga aniqlik kiritadi, topishmoq keltirilib, bugungi mavzu nima haqda ekanligini o‘quvchilardan so‘raydi, ular topishmoqning javobi orqali mavzu nomini topadilar, bugungi mavzuni yoritishga o‘tiladi. Mavzuni tushuntirishda kitob haqida ma’lumot beriladi, Po‘lat Mo‘minning “Kitob – hammabop” she’ri ifodali aytib beriladi hamda uning ma’no mazmuni yoritiladi. Integratsiyalash orqali aynan https://scientific-jl.com/new 22 00 22 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS shu sinf o‘quvchilari o‘tayotgan hamma fan nimalar haqida ma’lumot berishi qisqacha aytib o‘tiladi, masalan, matematikada hisoblash, tabiiy fanda yashab turgan olamimiz, tarbiya fanida odob-axloq, texnologiyada turli xil narsalarni yasash, jismoniy tarbiyada sport o‘yinlari va h.k. (15 daqiqa ) 4.Elaborate. Bu bosqichda innovatsion metoddan foydalanamiz, ya’ni “O‘YNA, CHAPAK CHAL O‘quvchilar ikki guruhga ajratiladi va o‘qituvchi tomonidan kitob haqida qo‘shiq qo‘yiladi. O‘quvchilar joylarida tik turgan holda qo‘llarini yuqoriga qilib, shamol holatida harakatlantirib, chapak chalib raqsga tushadilar. Bu vaqtda o‘qituvchi har bir guruhga (kitobli konvert yasalgan bo‘lib, uning ichida o‘quvchilarga mavzuga doir mantiqiy, tanqidiy hamda kreativ fikrlashlariga doir savollar tuzilgan varaqchalar mavjud
Доказательный фрагмент
«В этой статье показано, как использовать модель 5Е на уроке читательской грамотности в начальных классах.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье показано, как использовать модель 5Е на уроке читательской грамотности в начальных классах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 5E model, reading literacy, engage, explore, explain, elaborate, Kalit so‘zlar: 5E modeli, evaluate, osmon, o‘qish savodxonligi, amaliyot., kitob, chapak chal, maqsad, durdona
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024