Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ERTAGI KARAM YETISHTIRISH XUSUSIYATLARI
Sh.Y.Sadullayeva
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
O‘zbekistonda ertagi karam ko’chatlari respublikamizning markaziy mintaqalarida 10 martgacha, shimoliy mintaqalarida 30 martgacha ekiladi. Dalaga ekish uchun 40–45 kunlik, barglari to’q yashil, ildizlari yaxshi rivojlangan, sog’lom ko’chatlar tanlab olinib, 70×25 (30) sm sxemada ekiladi. Kalit so’zlar. ertagi karam, ko’chat, ekish, ekish usullari, parvarishlash. Kirish. Dunyoda sodir bo’layotgan oziq-ovqat muammosini bartaraf etishda ya’ni xavfsizligini ta’minlashda sabzavot mahsulotlarini ko’paytirish, sifatli va ekologik toza mahsulotlar yetishtirish hozirgi kun dolzarb muammosi hisoblanadi. Aholining sabzavot mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish, yerlardan unumli foydalanish va sabzavot ekinlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini qo’llash zarur. Mamlakatimizning iqlim sharoiti sabzavotlar ichida ertangi karam turlarini yetishtirish, xalqimiz dasturxonidagi sabzavot bilan ko’paytirish muhimdir. Karamli sabzavotlar ichida oqbosh karam ko’p ekiladi, qizil va savoy karamlari esa oqbosh karamga nisbatan kamroq ekiladi. Ushbu karamlar vitamin va mineral moddalarga boyligi jihatidan, inson oziqlanishi va sog’ligiga foydali sabzavotlardan. Oqbosh karam kalsiy va fosfor, mineral tuzlar bilan A, V1, V2, V12 va C vitaminlariga boy bo’lgan sabzavotdir. Ushbu karamlar xom holda iste’mol qilinishi bilan birga tuzlangan va dimlangan holda sevib iste’mol qilinadi. Qizilbosh karam uzoq saqlanuvchanligi bilan tavsiflanib, undan ko’pincha yangiligida salat tayyorlashda foydalaniladi. Oqbosh karam Karamdoshlar (Brassicaceae) oilasiga mansub bo’lib, (Brassica capitata Lizg.) hayotining birinchi yili karambosh, ikkinchi yili esa gulpoya chiqarib gullaydi va urug’ beradi. Ko’chat o’tqazilgach, undan past bo’yli (15-30 sm) yo’g’on va serbarg o’zak hosil bo’lib, uning uchida karambosh shakllanadi. Karam boshida juda katta uchki kurtak joylashgan bo’lib, undan kelgusida gulpoya va meva organlari hosil qilishda sarflanadigan zapas oziq moddalar to’plangan bo’ladi. Karam bosh o’rashi tezpishar navlarda 10-14, kechpishar navlarda 15-20 ta erkin yashil barglar hosil bo’lgach (ekilgandan 2,5-3 oy o’tgach), yangi paydo bo’layotgan barglar yarim bukilgan holda qolaveradi. Bu o’simlikning https://scientific-jl.com/new 22 33 99 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS bosh o’ray boshlashidan dalolat beradi. Karam boshining keyingi o’sishi ichki yangi barglar hosil bo’lishi evaziga borib, ichki barglar tashqi barglarni atrofga itarishi tufayli karam boshi qattiqlashib, zichlashib boradi. Ertapishar chet el Farao G’1, Parel G’1, Balbro G’1, Burbon G’1, Nazomi G’1 duragaylarini ekishga tavsiya etiladi. Yuqorida qayd etilgan duragaylarining tozaligi 98 %, unuvchanligi 85 % dan kam bo’lmagan 1-klass urug’laridan bir gektarga ko’chat olish uchun 350-400 gramm yetarli hisoblanadi. O’zbekistonda barcha karam navlari qatop oralig’ining kengligi 70 sm, o’simliklar oralig’idagi masofa esa navlarga qarab turlicha bo’ladi, ertapisharlari uchun 25-30 sm. Shunda har gektar maydonga 40-57 mingtagacha ko’chat ekiladi. Bitta dalaga karam 3 yilda bir marta ekiladi. Kartoshka, bodring, poliz va dukkakli don ekinlari yaxshi o’tmishdosh. Kechki karamni ertagi kartoshka, sabzi, bodring va kuzgi g’alla-don ekinlaridan bo’shagan yerlarga takroriy ekin sifatida ekib, mo’l hosil o’stirish mumkin. Kuzda PN-4-35, PYa-3-35, PD-4-35 markali pluglar Magnum-350, Arion-460- 410 traktorlariga taqilib tuproq 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Ertangi karam ekiladigan dalalar erta bahorda boronalanib jo’yaklar olinadi kechki karam takroriy ekin sifatida ekiladigan bo’lsa asosiy ekin yig’ishtirib olingach, yer sug’oriladi, yetilgach 22-25 sm chuqurlikda haydaladi, boronalanadi, molalanadi va jo’yak olinadi. O’zbekistonda ertangi karamning ertapishar navlar janubiy mintaqalarda 10.02- 20.02, markaziy mintaqalarda 25.02-10.03, shimoliy mintaqalarda 15.03-30.03 muddatlarda ko’chat o’tqazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ertagi karam hosildorligi yuqori bo’lgani sababli, yerdan oziq moddalar olish va o’g’itlarga talabchanligi jihatidan sabzavot ekinlari orasida birinchi o’rinda turadi. Bo’z tuproqli sharoitda gektariga sof holda 150-200 kg azot, 100-150 kg fosfor, va 75- 100 kg kaliy, o’tloqi va o’tloqi botkoq tuproqlarda esa 120-150, 120-150, 60-100 kg gacha. Shu bilan birga qo’shimcha 20 t/ga go’ng berish mumkin. O’g’itlarni asosiy shudgorlash oldidan barcha organik o’g’itlar, fosforning yillik miqdoridan 70-75, kaliyning 100% solinadi. Ekish oldidan fosforning qolgan (25-30%) qismi va azotning 20-25% beriladi. Birinchi oziqlantirishda yillik azotning 35-40%, o’simliklar bosh o’ray boshlaganida esa ikkinchi oziqlantirishda azotning qolgan qismi beriladi. Ertagi karam ko’chatlar ekib bo’lgandan so’ng tuproq namligiga e’tibor qaratish, talab etilsa sug’orish lozim. Oradan 2–3 kun o’tgach egatlar ko’zdan kechirilib, xato joylarga ko’chat ekiladi. Egatlarning oralarini KRN-2,8A rusumli kultivator bilan 15– 16 sm chuqurlikda kultivasiya qilinib,
Доказательный фрагмент
«O‘zbekistonda ertagi karam ko’chatlari respublikamizning markaziy mintaqalarida 10 martgacha, shimoliy mintaqalarida 30 martgacha ekiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbekistonda ertagi karam ko’chatlari respublikamizning markaziy mintaqalarida 10 martgacha, shimoliy mintaqalarida 30 martgacha ekiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ko’chat, parvarishlash., ekish, Kalit so’zlar. ertagi karam, ekish usullari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025