К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIY ADABIY ME’ROSI

Kattaqulova Durdona Oltiboy qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Alisher Navoiy g’azallarining ma’no va mazmunini teran anglab yetish, u bilan faxr-iftixor tuyg’usini his qilish haqidagi fikrlar bayon etilgan. Kalit so’zlar: Adabiyot, san’at, she’riyat, g’azal mulkining sultoni, devon, o’zbek adabiyoti, jonfidolik, hikmatlar, ulug’ shoir, mutafakkir, qit’a, xalq, ma’naviy tanazzul, olam, muqaddima, adabiy ko’prik, syudjet, go’zallik, nafosat, faxr-iftixor, mazmun, ma’no. Alisher Navoiy bobomiz g’azallarining ma’no va mazmunini teran anglab yetish uchun va u bilan faxrlanish tuyg’usi biz kelajak avlodda juda kuchli. Boshimizni baland ko’taramiz, zero, biz shunday buyuk zotning avlodlarimiz. Buyuk mutafakkirimizning tug’ilgan kunlari bizning tug’ilgan kunimizdir. O’zbek adabiyotining, go’zallik va nafosatining tug’ilgan kunidir! G’ayrat va himmat zarur Tuxum yerga kirib, chechak bo’ldi, Qurt jondin kechib ipak bo’ldi. Lola tuxmicha g’ayrating yo’qmi? Pilla qurticha himmating yo’qmi? (,,Badoye ul-bidoya” devonidan) Darhaqiqat, buyuk shoirimizning jonfidolik borasidagi atigi to’rt misradan iborat ushbu nazmiy durdonasiga singdirilgan ma’noning benihoya teran va hayotiyligidan hayratga tushamiz. Biroq, ba’zida trikchilik bahonasida atrofimizdagi kishilarga, (ular xoh begona bo’lsin, xoh yaqinimiz) ularga ko’mak berishga himmatimiz yoxud o’zimiz uchun oshib-toshib yotgan g’ayratimiz ham yetmay qoladi. Qariyb bundan olti asr muqaddam, ulug’ shoirimiz bu hikmatni bitayotganda kun kelib ana shu da’vati avlodlarga yetib borishiga, ular qalbida g’ayrat va himmat tuyg’ularini uyg’otishiga katta umid bog’lagan bo’lsa ne ajab. Albatta, ulug’ shoir ijodini har kim o’z bilimi, saviyasi darajasida idrok qiladi, tushunadi va talqin etadi. Ma’lumki, inson ko’ksidagi qalbining tirikligi, uyg’oqligi boshqa mavjudotlrdan ustundir. Qalbizni uyg’otadigan, bilim nuri bilan boyitib turadigan eng yaxshi vositalardan biri bu badiiy adabiyotdir. Shuning uchun ham qo’liga qalam olib adabiyotga kirayotgan har bir ijodkor buning qanchalik katta https://scientific-jl.com/new 22 77 77 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS mas’uliyat ekanini his etib turadi. Shu mulohazalar asosida yana mumtoz adabiyotimizning muazzam siymolaridan biri Alisher Navoiyga yuzlanamiz. Hazrat Navoiydek zotlar, avvalo, adabiyotning asosiy quroli bo’lgan so’zga shunchaki yo’l- yo’lakay yozib yoki aytilib ketaveradigan oddiy hodisa sifatida qaramaganlar. Har bir nasraning isrofidan saqlangan donishmandimiz, mumtoz adabiyotimiz so’ziga Allohning mo’jizakor ne’mati o’laroq munosabatda bo’lib, uning ham isrofidan tiyilganlar. Navoiy so’z san’ati borasida tug’ma daho ekanini ham e’tirof etardi. Buni u otaxoni Sayid Hasan Ardasherga yozgan she’riy maktubida shunday ifodalagan: Falak ko’rmadi, men kabi nodire, Nizomiy kibi nazm aro qodire. Ne nazme der ersan meni dardnok, Ki har harfi bo’lg’ay ani durri pok. Etar Tengridin ancha quvvat manga, Ki bo’lmas bitiriga fursat manga. Ayni shu maktubida agar Firdavsiy o’z ,,Shohnoma”sini o’ttiz yilda yozgan bo’lsa, men buni o’ttiz oyda yozishim mumkin. Xos ma’noda bo’lsin, iyhom san’atida bo’lsin kunda yuz bayt bitish, men uchun holvadek gap emas deydi. Ki har necha nutq o’lsa hohilsaroy, Bitgaymen o’ttiz yilin o’ttiz oy. Agar xossa ma’no iyhom gar erur Aning bunda yuz bayti xalbom erur. Darhaqiqat, shoirning hali yigitlik chog’larida aytgan ushbu so’zlarini keyinchalik ortig’I bilan bajarganligin I aytib o’tirmasa ham bo’ladi. Oradan yillar o’tib Sulton Husayn Boyqaroning qistovi bilan ,,Xazoyin ul- ma’oniy” kulliyotini tuzar ekan debochasida hammani hayron qoldirib shunday fikrlarni aytib o’tadi: Shoirligi ila shuhra qilib otimni, Zoi qildim she’r ila avqotimni. Emdi tuzayin Tengriga toatimni, Ko’p elga mushavvash etmay abotimni. Qarang bobomiz nima demoqda shoirlik bilan vaqtimizni o’tkazib yuborib, ko’p xalqqa ziyon qilib yuboribman, endi umrimni toat-ibodatda o’tkazaman deb aytadi. Navoiy umri davomida qanchalik ko’p ilmiy-adabiy me’ros qoldirilganligiga qaramasdan kamtarlik qilmoqda. Bunday o’ziga xos kamtarlikNavoiydek zotlarga xos va mos fazilat hisoblanadi. Shoirning so’z haqidagi falsafiy-estetik qarashlari uning ,,Hayrat ul-abror” dostonida ham o’z aksini topgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Alisher Navoiyning o’zi so’z aytishdan maqsad ma’no bo’lishi kerak ekanligini talab qilar ekan, yozganlarida biron ma’no mazmun bo’lmasa-da o’zlarini ahli ma’ni https://scientific-jl.com/new 22 77 88 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS deb da’vo qiluvchi kimsalarni qattiq tanqid qiladi. Lavzlari bemaza tarkibi sust, Nosara ma’ni-yu ado nodurust. Barchasig’a daviyu ma’niyi xos, Xoslarim topmay alardin xolos. Navoiy she’rni Chin go’zaliga o’xshatadi. Mutafakkir ,,Saddi Iskandariy” dostonining muqaddimasida ,, butun olamdan, hatto olamdan tashqaridagi mavjudotlardan ham murod-maqsad odamdir” degan fikrni ilgari suradi. Qizig’i shundaki, Navoiydan bir asr keyin ijod qilgan Uilyam Shekspir drama va sonetlarida aynan Navoiy ilgari surgan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Alisher Navoiy g’azallarining ma’no va mazmunini teran anglab yetish, u bilan faxr-iftixor tuyg’usini his qilish haqidagi fikrlar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Alisher Navoiy g’azallarining ma’no va mazmunini teran anglab yetish, u bilan faxr-iftixor tuyg’usini his qilish haqidagi fikrlar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
devon, she’riyat, san’at, xalq, muqaddima, nafosat, mutafakkir, syudjet, adabiy ko’prik, jonfidolik, ma’no., mazmun, g’azal mulkining sultoni, faxr-iftixor, o’zbek adabiyoti, qit’a, go’zallik, Kalit so’zlar: Adabiyot, olam, ulug’ shoir, ma’naviy tanazzul, hikmatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники