Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY TARBIYANING O’ZIGA XOS AHAMIYATI
Davlatov Asilbek Ravzatulloyevich
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Maqolada milliy tarbiya, uning ahamiyati, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so’z boradi. Alisher Navoiyning komil inson haqidagi qarashlari qisqacha yuritilgan. Maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: milliy tarbiya, ajdodlarimiz merosi, xulq-atvor, sharqona odob, qadriyat, madaniyat, ma’rifat. Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvoriga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo’rslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo’ya ishlarga zinxor-bazinxor yo’l qo’ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar. Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Quroni karim oyatlari mazmuni, Payg’ambarimiz hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning muhim manbai bo’lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan. Janob Rasululloh (s.a.v) hadislarida: ,,Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanglar!’’, ,,Hech bir ota o’z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi’’, deyilgan. Yana bir hadisda: ,,Mo’min kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir’’, deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o’z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo’lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda ,,Mening bolam’’, ,,Sening bolang’’ deb ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning burchi deb qaralgan. Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillika intilib, ruhiy najot yo’lini qidiradi. Shu orzu-intilish samarasi o’laroq, ma’naviyat bobida beqiyos kashfiyotlar qilingan. Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga yetishini ko’zda tutadi. Komillik bu – insonning yerda qilgan hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan sug’orilishidir. https://scientific-jl.com/new 22 88 00 Volume–75_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asrlar davomida aql-u zakovatga, qomusiy bilim va qobilyatga ega bo’lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy, Al- Forobiy, Abu Ali ibn Sino hamda Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, doimo huriyat va erk sari intildi. Inson koinotdagi barcha mavjudodlar ichida eng ulug’i hisoblanadi. Uning kamoloti oldida aql hayron qoladi, chunki, inson haqiqat haqida o’ylaydi. Kamolot yo’liga chiqish uchun u asta-sekin o’zligini izlaydi. Alisher Navoiy ,,kamol et kasb kim’’ deya da’vat qilganlarida komillik uchun zarur juda ko’p xususiyatlarni nazarda tutgan. Kishi o’zini xirs-ta’ma, nafs, g’aflat, nodonlik singari mayllardan poklamasa, hech vaqt komil bo’la olmaydi. ,,Olam uyi’’ida yashash - uning fuqarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning jahon farzandi mavqeiga ko’tarilishini xohlagan. Xuddi shu mavqeini esa kamolotning oliy cho’qqisi deb bilgan. Navoiy o’z davrida komil insonlarni ,,Ahli ma’ni’’ deb bilgan. ,,Ahli ma’ni” bu fikrli insonlardir. Fikrsiz xaloyiqning ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. Fikrlash – haqiqatni anglashdir. ,,Ahli ma’ni” deganda oqil va dono, kamtar va olijanob, haqiqatparvar va fidoyi kishilarni tushunish kerak. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan insonlarning tafakkuri keng bo’ladi. Chunki, ular aql oddiy so’z va tushunchalardan emas, balki diyonat, adolat, insof, iymon, ishq, dard tuhfalaridan kamol topgan bo’ladi. Inson go’zal xislatlar, yaxshi fazilatlar, nurdek pokiza umidlar bilan komillikka – kamolotga intilib boradi. Hayotning hamma achchiq-chuchugini, bulardan namuna- yu ibrat olib, yashash va yaratish iqtidoriga erishadi. Dunyoda insonga tuhfa etilgan aql ne’mati shunday qudratli kuchki, u bilan odam o’zini istagan holatda tarbiya eta oladi, har qanday azo-uqubatni, har qanday yomonlikni, eng murakkab muammolarni ham aql ne’mati bilan yengadi va hal etadi. Ruhiy kamolot odam qalbida ezgulikning yuksak koshonasini yaratadi. Aql-zakovatning kamoli o’qish, o’rganish, tahlil etish, idora qilish, e’tiqod qo’yish, hayot tajribasini egallash bilan ro’yobga chiqadi. Yosh niholning basavlat daraxtga aylanishi parvarishga bog’liq bo’lganidek, odam bolasining komil inson bo’lib yetishishi uchun uning murg’aklikdan tarbiyalab borishga e’tibor berish lozim. Ma’lumki, bolani layoqatga mos holda o’stirish uchun unda yoshlikdan mehnatsevarlik va ishchanlik ko’nikmasini hosil qilish kerak. Mehnatsevarlik – muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlardir. G
Доказательный фрагмент
«Maqolada milliy tarbiya, uning ahamiyati, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada milliy tarbiya, uning ahamiyati, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifat., Kalit so’zlar: milliy tarbiya, xulq-atvor, ajdodlarimiz merosi, madaniyat, qadriyat, sharqona odob
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025