К содержанию
РецензированоEN2026

SHAXSDA ALTURISTIK XULQ-ATVOR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI

SHAXSDA ALTURISTIK XULQ-ATVOR · RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

This article analyzes the psychological factors influencing the formation and development of altruistic behavior in individuals. It also highlights the importance of social-psychological qualities such as humanism, empathy, and compassion in the progress of society. The research findings confirm that altruistic behavior plays a significant role in both individual and social development. The article presents practical recommendations and psychological approaches for fostering altruistic behavior in individuals. Keywords: altruism, personality, psychological factors, empathy, social behavior, development. Kirish. Bugungi kunda globallashuv, axborot oqimining keskin ortishi va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi inson shaxsida insonparvarlik, o‘zgalarga yordam berish, hamdardlik kabi xulq-atvor shakllarining ahamiyatini oshirmoqda. Shaxsda alturistik xulq-atvorni rivojlantirish nafaqat individual taraqqiyot, balki ijtimoiy muvozanat va https://scientific-jl.com/new 33 55 Volume–74_Issue-2_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS barqarorlikning kafolati sifatida ham e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasida ham mazkur yo‘nalish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ma’naviy barkamolligini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan.[1.3-b.] Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4557-sonli qarorida ham fuqarolarning ma’naviy kamoloti va sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish zarurligi ta’kidlangan. Ushbu yondashuvlar shaxsda ijtimoiy-axloqiy fazilatlarning, xususan, alturistik xulq-atvorning shakllanishini jadallashtirish zaruratini ko‘rsatadi.[2.1-2-b.] Adabiyotlar sharhi Alturizm — bu boshqa insonlarga yordam ko‘rsatish, ularning manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yish tamoyiliga asoslangan ijtimoiy xulq-atvor turi hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alturistik xulq- atvor biologik, ijtimoiy va psixologik omillar ta’sirida shakllanadi[6.525–543-b.]. Masalan, D. Batson tomonidan ilgari surilgan "empatiya-alturizm" nazariyasiga ko‘ra, boshqa odamning azob-uqubatiga empatiya qilish alturistik harakatga turtki bo‘ladi.[4.88-b.] Shuningdek, J. Piagening ijtimoiy-rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, bola ijtimoiy muhitda axloqiy normalarni o‘zlashtirib boradi va bu uning boshqalarga nisbatan mehr-oqibatli bo‘lishini ta’minlaydi.[5.32-b.] Tadqiqot natijalari. Tadqiqotda psixologik kuzatuv, eksperiment, so‘rovnoma va test usullari qo‘llanildi. Respondentlar sifatida 14-17 yoshdagi o‘smirlar orasidan 120 nafar o‘quvchi tanlab olindi. Ularning alturistik xulq-atvori, empatiya darajasi va ijtimoiy ong rivojlanishi Mehrabian va Epstein empatiya o‘lchovi diagnostik testlar orqali o‘lchandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, empatiya darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar alturistik harakatlarni ko‘proq namoyon etadi. Ijtimoiy faol guruhlarda ishtirok etuvchi, ijobiy ijtimoiy muhitga ega o‘smirlar boshqalarga yordam berishga moyilroqdir. Shuningdek, oilaviy munosabatlarda iliqlik va mehr-oqibat mavjud bo‘lgan holatlarda alturistik xulq-atvor kuchliroq rivojlangan. Muhokama. Alturistik xulq-atvor sog‘lom jamiyatni qurishda muhim omil hisoblanadi. Ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaydi, Ko‘ngillilik, xayriya va yordam tizimlarini rivojlantiradi, Psixologik salomatlikka ijobiy ta’sir qiladi (baxt hissi, hayotdan mamnunlik. Natijalar alturistik xulq-atvorning psixologik jihatdan shakllanishida empatiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir, axloqiy qadriyatlar va shaxsiy tajribaning ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Oila, maktab va jamiyatning bu boradagi roli beqiyosdir. Tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, alturizmga asoslangan tarbiya usullari orqali yosh avlodda insonparvarlik, ijtimoiy mas’uliyat, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirish mumkin. https://scientific-jl.com/new 33 66 Volume–74_Issue-2_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Xulosa. Shaxsda alturistik xulq-atvorni rivojlantirish ijtimoiy-psixologik muhit, empatik qobiliyatlar va shaxsiy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq. Yoshlarda ushbu fazilatlarni rivojlantirish uchun tizimli psixologik yondashuv va ijtimoiy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda sog‘lom ijtimoiy munosabatlar, barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiladi. Shaxsda alturistik xulq-atvorni rivojlantirishda muhim bo ‘lgan tavsiyalar. 1. Ta’lim jarayonida alturizmga yo‘naltirilgan dasturlarni joriy etish – maktab va kollej darajasida o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat va empatiyani rivojlantirishga qaratilgan sinf soatlari, ijtimoiy loyihalar va klublar tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. 2. Oila muhitida mehr-oqibatli munosabatlarni rag‘batlantirish – ota-onalarga alturistik xulq-atvorni rivojlantirishda ularning o‘rni muhimligini tushuntirish maqsadida psixolo

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the psychological factors influencing the formation and development of altruistic behavior in individuals.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the psychological factors influencing the formation and development of altruistic behavior in individuals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
altruism, personality, psychological factors, empathy, social, rivojlanish., psixologik omillar, empatiya, ijtimoiy xulq-atvor, shaxs, Kalit so‘zlar: alturizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники