Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OQ KEMA ASARIDA MIFOLOGIYA VA RAMZLAR TASVIRI
Raxmatova Xurshida Eshmaxammat qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Maqolada Chingiz Aytmatovning naqadar mohir ekanligi taʼkidlanadi. "Oq kema" asarida mifologiya va ramzlardan juda oʻrinli foydalanilgan oʻrinlari aytib oʻtiladi. Maqolada qahramonning xarakteriga tavsif berilgan. ANNOTATION The article emphasizes how talented Chingiz Aitmatov is. The places where mythology and symbols are used very appropriately in the work "The White Ship" are mentioned. The article describes the character of the hero. Kalit soʻzlar: ”Oq kema”, Chingiz Aytmatov, xarakter, bola, Moʻmin chol, Jamila. Juda ham koʻplab kitobxonlar qalbini zabt etgan yozuvchi Chingiz Aytmatov chinakam isteʼdod egasidir. U yozgan asarlari dunyoning turli burchaklariga ham yetib borgani bejiz emas, albatta. Bu asarlardagi qahramonlar oddiy odamlar orasida uchrovchi kishilardir. Bilamizki asarda xarakter masalasi juda jiddiy. Aynan shu jihat asarning butun mohiyatini belgilaydi desam mubolagʻa boʻlmas. Xarakterga tavsif beradigan boʻlsak “Xarakter tasviri asarning mazmunini “badiiy axborot”ga aylantiradi. Xarakterning bir xususiyati bunga xizmat etadi: xarakter hayotiy haqiqatni aniq hissiy shaklda aks ettiradi, ya’ni asar mazmuni xarakter tasviri tufayli hayotiy aniqlik kasb etadi va shu bilan birga bizning hislarimizga ta’sir etish xususiyatiga ega bo‘ladi”.[3] Qahramonga faqat ijobiy va salbiy jihatlar berish orqali xarakter bera olmaymiz. Lekin Chingiz Aytmatov bu masalada juda mohir. Uning birgina ''Oq kema'' asarida uchrovchi Moʻmin chol xarakteri ham yozuvchining naqadar noyob isteʼdodga egaligidan dalolatdir. Balki bunga uning bolaligi oʻtgan muhit ham sababchidir. Uning “Yuzma-yuz”, “Asrga tatigulik kun”, “Jamila” kabi asarlari ham juda mashhur. Yozuvchi qirgʻiz xalqi nomini, odatlarini asarlari orqali olamga yoydi deyishimiz ham mumkin. Uning asarlari orasida "Oq kema" asari men uchun ,,shoh asarʼʼdir. Sababi uning qahramoni - bola. Yana qanday bola deng- orzu qilishdan toʻxtamaydigan, Shoxdor ona bugʻu ertagiga ishongani kabi umid qilishdan tolmaydigan, jasur, atrofdagi nopokliklarga tushuna olmay joni halak, butun hayotini moʻjiza qutqarishiga ishongan bola! Yana qanday bola deng- kimsasiz, yolgʻiz, hammadan berkitib shiroljinlar panasida yigʻlab oluvchi bola. Ota-onasi yoʻq, toʻgʻri ular borku lekin buni unutishgan: xuddi hamma singari. https://scientific-jl.com/new 55 55 Volume–74_Issue-2_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Chingiz Aytmatov asarlarida mifologiya ham juda yaqqol namoyon boʻladi. Bunda voqealar yunonlarnikidek samoda emas, balki yerda - odamlar orasidadir. Qahramonlar koʻpincha tush koʻrib, yoki nimagadir aylanib qolib yoki boʻlmasa boshqa jihatlar bilan oʻz orzusiga yetishishga umid bogʻlaydi. Asardagi bola ham baliqqa aylanib oq kemaga- oʻz orzulariga yetishmoqchi. Oq kema ham bunda ramz. Uning rangidan ham bilishimiz mumkinki u bolaning qalbi, orzulari singari oppoq. U poklik, orzularni ushaltiruvchi majoz boʻlsa, shu oʻrinda bolani bu kattalarning chirkin hayotidan olib ketuvchi hamdir. Uning yetimligini doim yodiga soluvchi, “ogʻzidan oq it kirib, qora it chiquvchi” buvidan, moʻmingina otasini erining xatosi uchun qargʻaydigan qizdan, butun hayotini johillik qamrab olgan Oʻrozqulning yonidan olib ketuvchi “oq kema”. Asarda bundan tashqari “tuya”, ”tank”, “egar” kabi nomlar toshlar ham bor. Bular bolaning doʻstlari. Ularning yonida oʻynaydi, oʻzining bola ekanligini his etadi. Bola zararli oʻtlarni esa oʻziga dushman deb biladi va ular bilan “olishish”da toʻxtamaydi. Shiroljinlar esa uning koʻz yoshlarini berkitadi, bola ularni yaxshi koʻradi. Axir u 7yoshli bolakay. U nega bekitib yigʻlashi kerak? Uning yoshida boʻlar-boʻlmasga ham ota-onasiga xarxasha qilish, yigʻlash tabiiy holat edi aslida. Lekin bola oʻz navbatida “bola” emas. U oʻyinqaroq va shoʻx emas. Uni atrofdagi odamlar shu koʻyga solgan. Uni ulgʻaytirib qoʻyishgan. Bu asarda qahramonlar qismati juda ayanchli deyish ham mumkin. Hammaga yaxshilik qiluvchi, ertaklarga ishonib, uni bolaga soʻzlab beruvchi Moʻmin cholning el orasida hurmati yoʻq. Uni hamma “san”lab gapirishi, hattoki qoʻpol hazillar qilishi" ham mumkin. U hech kimdan gina qilmaydi. Yozuvchi uni "kamdan kam uchraydigan baxtli odam" deyishi ham shundan.Uning topganlari ham sarob. Yolgʻiz oʻgʻli, tirgagi halok boʻlgan, ayoli oʻgʻlining dardida kuyib olamdan oʻtgan, hozirgi xotini boʻlsa uni hurmat qilish qayoqda deysiz uni qargʻashdan boʻshamaydi.Katta qizi farzandga zorligi uchun kunda eridan kaltak yesa, kichik qizi farzandi qadriga yetmay uni tashlab shaharga ketadi. Ular yashaydigan xoʻjalikda 3 oila bor. Ular ogʻir sharoitda yshashsada hayotlarini oʻzgrartirish uchun harakat ham qilishmaydi, balki koʻnikib qoʻya qolishgan. Bola boʻlsa maktabga boradi. Uni bobosi har kuni juda uzoq masofaga maktabga olib borib keladi. U bolaning birdan -bir gʻamxoʻri. Uni ertaklarga, orzularga ishontirib boruvchi inson. Ammo ming afsuski aynan shu qahramonning oʻzi bolani orzularidan ayirishga majbur. U ona bugʻuni oʻldirib oʻzining oʻtmishini ham bolaning kelaja
Доказательный фрагмент
«Maqolada Chingiz Aytmatovning naqadar mohir ekanligi taʼkidlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Chingiz Aytmatovning naqadar mohir ekanligi taʼkidlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xarakter, Chingiz Aytmatov, Kalit soʻzlar: ”Oq kema”, Jamila., bola, Moʻmin chol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025