К содержанию
РецензированоUZ2026

BAXTLI SHAHZODA NEGA BAXTLI EDI?

O`rolova Dinora

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Maqolada mashhur yozuvchi Oskar Uayldning “Baxtli shahzoda” ertagi o`qib tahlil qilindi. Unda haqiqiy baxt nima ekanligi, sof insoniy tuyg`ular, do`stlik, sevgi-muhabbat, yaxshilik kabi fazilatlar o`rganib chiqildi. Shu bilan birga yozuvchi ertak orqali davr haqida nimalarni ochib bergani tahlilga tortildi. Kalit so`zlar: “Baxtli Shahzoda”, yaxshilik, baxt, boylik, jamiyat va davr, siyosiy tuzum. Ertaklar yaxshilikka yetaklar. To`g`ri, bir necha yillar avval ertak o`qishni juda yaxshi ko`rardim. Biroq keyinchalik katta asarlarni o`qishni boshlaganimda ertaklar men uchun qiziq bo`lmay qoldi. Shunday qilib, ertak o`qimaganimga ancha bo`lgandi. Bir kun o`zining she’rlari va nasriy asarlaridan tashqari ajoyib uslubda yozilgan ertaklari bilan ham mashhur bo`lgan yozuvchi Oskar Uayldning “Baxtli shahzoda” ertagi qo`limga tushib qoldi. Uni o`qiganimda o`ziga xos samimiylik bilan yozilgan bu ertak nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham birdek ta’sirli va qiziqarli ekanini tushundim va bu menda o`zgacha taassurot qoldirdi. Ertak haqida qisqacha bayon qiladigan bo`lsam, u shahar o`rtasida bunyod qilingan baxtli shahzoda haykali tasviri bilan boshlanadi. Haykal hamma yog`i oltin bilan qoplangan edi va shaharchadagi hamma insonlar ushbu haykalga havas qilar va undan ilhomlanishardi. Kunlar soviy boshlaganda qamishga oshiq bo`lib Misrga uchib ketayotgan do`stlaridan qolib ketgan bir qaldirg`och vaqt o`tib undan zerikishni boshlaydi va uni sevmasligini anglab yetadi. Misrga qarab yo`lga chiqqan qaldirg`och yo`lda bir shaharda to`xtaydi va u yerdagi Baxtli Shahzoda haykalini makon tutib u bilan do`stlashadi. Haykal qaldirg`ochdan bir kecha qolishini iltimos qiladi va uning yordamida ko`plab odamlarga o`zining qimmatbaho a’zolari orqali yordam beradi. So`ng qaldirg`och ham ketish fikridan qaytadi va haykal bilan birga qoladi. Ammo u qishning sovug`iga bardosh berolmay bir kuni jon beradi. Qaldirg`och o`lganida Baxtli Shahzodaning ham qalaydan yasalgan yuragi ikkiga bo`linib ketadi. Qimmatbaho toshlari va oltinlari bilan birga avvalgi husnini ham yo`qotgan haykal shahar hokimi tomonidan buzib tashlanadi va boshqa haykal qurishga qaror qilishadi. Ertakning bosh maqsadi insonlarni yaxshilik qilishga undash bo`lsa-da, unda jamiyatdagi ko`plab illatlar tanqid ostiga olingan. Shu bilan birga, yozuvchi ertakda XIX-XX asrlarda Buyuk Britaniya tarkibiga kirgan Irlandiyadagi siyosiy tuzum hamda ijtimoiy ahvolni ham qalamga olgan. Yozuvchining bermoqchi bo`lgan g`oyalaridan https://scientific-jl.com/new 88 22 Volume–74_Issue-2_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS biri insonlar baxtni boylik, o`yin-kulgudan iborat deb o`ylashlari edi. Buni “hayotdan alamzada bo`lgan bir odam”ning nutqida ko`rishimiz mumkin: “Qarang-a, dunyoda to‘la baxtga erishgan kimsa ham bor ekan, bu juda quvonarli hol!”1 Uning istehzo va alam bilan aytgan ushbu gaplari jamiyatdagi ko`pchilik insonlar baxtsiz ekanligiga ishoradek go`yo. U bu gaplarni faqatgina Shahzodaning oltin bilan qoplangan gavdasi, zabarjaddan qilingan ko`zlari va qilichidagi qimmatbaho la`lga qarab aytgan edi. O’zi Baxtli Shahzoda rostdan ham baxtlimidi? Bunga qahramonning o`zi shunday javob beradi: “Chindan ham baxtli edim, agar baxt o‘yin-kulgidangina iborat bo‘lsa, albatta”. Shahzoda tiriklik vaqtida saroyda yashab vaqtini o`yin-kulgi bilan o`tkazar va atrofidagi narsalarning hammasi go`zal edi u uchun. O`zi bu haqda: “Bog‘ni baland devorlar o‘rab turardi; uning ortida nimalar borligini so‘rash esa xayolimga ham kelmasdi”.-deydi. Demak, u shunchaki o`zining muammolarsiz hayoti bilan ovvora bo`lib atrofidagi, tashqi olamdagi insonlarning g`am-anduhli hayotidan bexabar qolgan edi. Bu bilan yozuvchi kayf-u safoga berilgan, o`z saroylarida faqat o`yin-kulgu, hashamdorlik bilan ovora bo`lib oddiy xalq hayoti bilan qiziqmaydigan, hatto devorning ortida nima borligini xayoliga ham keltirmaydigan qirollarni tanqid qilgan. “Mana, endi o‘lganimdan so‘ng, meni shunday yuksak joyga o‘rnatishdiki, bu yerdan turib shahrimning hamma g‘urbat va ayanchlarini yaqqol ko‘rib turibman va garchi yuragim endi qalaydan bo‘lsa ham, yoshimni tiyib turolmayapman”. Yozuvchi ertakdagi qahramonlarning xarakteri, ularning ichki dunyosini qahramon nutqi orqali ochib beradi. Baxtli Shahzodaning yuqoridagi nutqida ham uning sof va ezguliklarga to`la qalbi, beg`ubor va insoniylikka to`la xarakteri yaqqol aks etadi. Baxtli Shahzoda shunday fazilatlarga ega ekan, endi ertakning yana bir bosh qahramoni qaldirg`och qanday obraz edi? Dastavval, u go`zal kapalakning ortidan quvlab bir qamishzorga duch kelib qoladi va bir qamishga oshiq bo`ladi. Shu qamishzor bilan ovunib to`dasidan ham qolib ketadi. Shu yerda Qaldirg`ochning go`zallikka, tashqi qiyofaga oshnoligi seziladi. Uning shaharga kelganida aynan oltin haykalni o`ziga boshpana qilib tanlashi ham buni isbotlaydi. Xatto uning: “Meni kutib olish uchun shaharda tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim”.-degan gaplaridan uning xarakterida birozgina manmanl

Доказательный фрагмент

«Maqolada mashhur yozuvchi Oskar Uayldning “Baxtli shahzoda” ertagi o`qib tahlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada mashhur yozuvchi Oskar Uayldning “Baxtli shahzoda” ertagi o`qib tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamiyat va davr, baxt, boylik, siyosiy tuzum., Kalit so`zlar: “Baxtli Shahzoda”, yaxshilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники